218
30. MUHANDISLIK - GEOLOGIK XARITALAR HAQIDA
TUSHUNCHA
Geologik xaritalar va kesimlar. Muhandislik - geologik s’emka va
burg’ilash quduqlarini o’tish va tog’ lahmlarini o’tish ishlarini tugatgandan keyin,
geologik xaritalar va kesimlar
tuziladi, ular qurilish masalalarini yechishda asosiy
va zaruriy xujjat xisoblanadi. Xaritalar yirik qurilishlar belgilangan katta
maydonlar uchun tuziladi. Kesimlar xar qanday qurilishlar uchun tuziladi.
Geologik xaritalar geologik tuzilmalarni gorizontal yuzaga proektsiyasini
ko’rsatadi. Bu xaritalar bo’yicha u yoki bu
jinslarni tarqalash maydonlari, ularni
yotish sharoitlari va x.k. haqida bilish mumkin. Geologik xaritalarni tuzishda
tegishli masshtabdagi topografik xaritalar ishlatiladi.
Hamma xaritalar tub jinslar xaritalari va to’rtlamchi
yotqiziqlar xaritalariga
bo’linadi.
To’rtlamchi yotqiziqlar yer yuzasini deyarli yaxlit qoplama bilan yopgan,
tub jinslarni (yoki boshqacha aytganda to’rtlamchigacha bo’lgan jinslarni) odam
ko’zidan yashirgan. To’rtlamchi yotqiziqlar xaritalarida hosil bo’lishi har xil
(daryo, muzlikda va x.k.) va turlicha litologik tarkibli jinslarni planda joylashuvini
ko’rsatish qabul qilingan.
Tub jinslar xaritalari to’rtlamchi yotqiziqlarni ostida yotgan va to’g’ridan-
to’g’ri kuzatishdan yashiringan tog’ jinslarini (yotish
xususiyatlari, litologik
tarkibi va x.k.) ko’rsatadi.
Tub jinslarni geologik xaritalari orasida bir nechta turlari ajratiladi:
stratigrafik, litologik, litologik - stratigrafik.
Undan tashqari, xar xil maqsadlarda
maxsus xaritalar tuziladi, ular
orasida muhandislik - geologik, gidrogeologik va
qurilish materiallarii xaritalari alohida o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: