Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
Andezitlar - plagioklaz, avgit va rogovaya obmankadan tashkil topgan
jins. Zichligi 2200-2800 kg/m 3 , siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60–240 MPa. Andezit kislota ta’siriga va issiqqa chidamli. Qurilishda asosan kislotalar ta’siriga chidamli betonlar uchun yirik to’ldirgich sifatida hamda kislota saklaydigan hovuz devorlarini qoplashda ishlatiladi. Traxitlar – zichligi kamroq bo’lgan jins. Zichligi 2200 kg/m 3 , siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 50–100 MPa. Rangi och sariq yoki kulrang. Ular devor ashyolari hamda betonlar uchun to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Vulqon tufi - pushti yoki binafsha rangda uchraydigan, zichlashib va yopishib qolgan vulqon kulidan iborat g’ovakdor tog’ jinsi. Zichligi 1100–1300 kg/m 3 , siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 8–12 MPa va issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 0,3–0,4. Qurilishda, asosan, devor ashyolari (bloklar) sifatida ishlatiladi. Tuf chiqindilari esa yengil betonlar uchun to’ldirgich sifatida foydalaniladi. Trasslar – zich vulqon tufi turlariga kiruvchi jins. Ular yuqori zichlikka (2500– 2800 kg/m 3 ) va mustahkamlikka (800–1500 kg/sm 2 ) ega. Mayda holatida trasslar pudtsolan sementlarini olishda faol gidravlik qo’shilma sifatida ishlatiladi. Tufli lava – vulqondan otilgan yuqori haroratdagi suyuq lava tomchilari, vulqon kuli va qumlar bilan aralashgan holda tezda sovigan g’ovak shishasimon jinsdir. Tufli lavaning xossalari vulqon tufidan kam farq qiladi. U ham qurilishda devor ashyolari va betonlar uchun yengil to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Pemza - shishasimon serg’ovak yengil jins. U vulqondan otilgan mayda lava tomchilarining havoda sovishga ulgurmay o’zaro yopishib qolishidan hosil 207 bo’lgan. Tarkibida kremniy (75 % gacha) va alyumin oksidi bor. Och sariq rangda bo’ladi. Pemzaning zichligi 300–600 kg/m 3 , siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,4–4 MPa. Sovuqqa chidamli va issiqlikni kam o’tkazadigan ashyo. Uning kukuni bog’lovchi moddalar uchun faol qo’shilma, qumi esa yengil beton va qorishmalar uchun to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Kamchatka, Armaniston va Kavkaz hududlarida pemza zaxiralari ko’p. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling