Muhandislik geologik tadqiqotlar
Muhandislik - geologik rayonlashtirish
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27.4. Muhandislik geologik hisobot
Muhandislik - geologik rayonlashtirish. Muhandislik - geologik rayon-
lashtirish sharoitlarga qarab, territoriyalarni qismlarga (regional oblastlar, rayonlar va boshqalarga) ajratish mumkin. Maxsus xaritalar qurilishning konkret turlariga yoki inshootlariga nisbatan tuziladi. Ular qurilish territoriyasining muhandislik- geologik sharoitini baholash va muhandislik - geologik hodisalarni oldindan aytish uchun zarur. Muhandislik - geologik xaritalar masshtabi ulardan ko’zda tutilgan maqsadga bog’liqdir: 1) Umumiy (yoki sxematik) muhandislik - geologik xarita katta joylar uchun tuzilib, masshtabi 1:500000 va undan mayda bo’ladi. Bunday joylarning muhandislik - geologik sharoiti umuman beriladi. Bunday xaritalar respublika yerlarini planlashtirishda tuziladi; 2) O’rtacha muhandislik - geologik xarita masshtabi 1:200000 dan to 1:100000 gacha alohida gidrotexnikaviy inshootlar, sanoat korxonalari, aholi punktlari qurilishini loyihalashda bog’lashga asoslangan; 3) Yirik (1:10000 va undan katta) masshtabli xaritalardan shahar territoriyasidagi qurilishda, konkret sanoat ob’ektlari qurilishini loyihalashda foydalaniladi. 27.4. Muhandislik geologik hisobot Muhandislik – geologik hisobot muhandislik - geologik qidiruv ishlari hisobotidir. Hisobot mazmuni va hajmi loyihalash bosqichiga bog’liq bo’ladi. Hisobot to’rtta qismdan; umumiy, maxsus, grafika qismidan va muhandislik - 197 geologik qisqacha yozma bayonotidan iborat bo’ladi. Hisobot mazmuni va hajmi loyihalash bosqichiga bog’liq bo’ladi. Hisobotning umumiy qismida tadqiqotlarning maqsadlari, vazifalari, tarkibi, bajarilgan ishlarning hajmi va xarakteristikasi, ishtirok etgan shaxslar, tekshiruv rayoni joylashgan yer va bajarilgan ish vaqti ko’rsatiladi. Hisobotning birinchi bobida qurilish maydonining fizikaviy geografik sharoitlarini tushuntiruv yozuvlari berib o’tiladi. Ikkinchi bobida uni geologik va muhandislik – geologik nuqtai nazardan o’rganilganligi, geologik tuzilishining xarakteristikasi, tektonikasi, gidrogeologik sharoiti, fizikaviy - geologik jarayonlar sodir bo’lishligi yoritilgan bo’lishligi lozim. Hisobotning maxsus qismida qurilish maydonining konkret uchastkasining muhandislik - geologik xarakteristikasi, bu uchastkadagi gruntlarning fizikaviy - mexanik xususiyatlari, mazkur qurilishga tadbiq qilinadigan mustahkamlik xususiyatlari, geodinamik jarayonlarni binoning qurilishi va ekspluatatsiyasiga ta’siri, bu jarayonlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tavsiyanomasi ko’rsatiladi. Hisobotning mustaqil qismi chizma va ba’zan jadval materiallaridan tashkil topadi. Hisobotning chizma qismi turli xaritalar, geologik - gidrogeologik qirqimlar, kolonkalar va boshqalardan iboratdir. Matnli qismda o’tkazilgan dala va laboratoriya materiallarining turli jadval ko’rinishi, yer osti suvlari va geodinamik jarayonlarning kuzatuvlarini, gruntning mustahkamlik xossalari hisobotlari jadvallari keltiriladi. Hisobot xulosa bilan tugaydi va foydalanilgan adabiyot va materiallar ko’rsatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling