Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
27.2. Geologik xaritalar.
Geologik xaritalar geologik tuzilishlarni gorizontal tekisligiga proektsiya- sidir. Geologik xaritalarga qarab, u yoki bu jinslarni tarqalish maydonlarini, ularni yotish sharoitlarini, qatlam dislokatsiyalarini va boshqa geologik jarayonlarni aniqlasa bo’ladi. 194 Hamma geologik xaritalar ikkiga: tub jinslar va to’rtlamchi qatlamlar xaritalariga, to’rtlamchi qatlam tagida yotadiganlar, ya’ni to’rtlamchi qatlamgacha hosil bo’lgan qatlamlar xaritalariga bo’linadi. Geologik - litologik xarita va to’rtlamchi davr xaritasi ustida to’xtalib o’tamiz. To’rtlamchi yotqiziqlar yer yuzasini butunlay qoplab olib, tub jinslarni inson ko’zidan yashiradi. To’rtlamchi yotqiziqlar xaritasida turli yo’llar bilan hosil bo’lgan jinslarning rejada joylashuvi va litologik tarkibi ko’rsatiladi. Muhandislik- geologik xaritalar jinslar haqida ma’lumotlarni aks ettirishi lozim. Lekin bir maydon yoki xududning jinslari turli masshtabli xaritalarda turlicha ko’rsatilishi mumkin. Mayda masshtabli xaritalarda faqatgina sistema, bo’lim, bo’lim osti yoki yaruslar - katta o’lchamli yirik stratigrafik bo’linmani ko’rsatish mumkin. Geologik - litologik xaritalar olib borilgan geologik tekshirishlarning eng muhim xujjatlaridan biridir. Geologik - litologik xarita oddiy topografik xarita bo’lib, unda turli geologo - litologik jinslarning tarqalishi, ularning uyulish sharoitlari va geologik rasmga tushirishda olingan boshqa ba’zi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’ladi. Geologik - litologik xarita geologik elementlarning yer yuzasida qanday tarqalgani tekislikda shartli belgilar (bo’yoq yoki shtrix litologiyasi) bilan aks ettiriladi. Geologik - litologik xaritani o’qiy bilish geologik ta’limning muhim elementidir. Har bir geologik xaritada qabul qilingani kabi geologik - litologik xaritada ham barcha shartli belgilarning ro’yxati va ularning izohi o’sha xaritada ko’rsatiladi. Shartli belgilar jadvali xaritaning biror bo’sh burchagiga joylashtiriladi. Geologik - litologik xaritalar har xil masshtabda tuziladi, ya’ni qo’yilgan maqsadni hal qilishga asoslanib masshtab tanlanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling