Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Geologik tuzilishlar - hosil bo’lish sharoiti, tarkibi, tog’ jinslari (gruntlar) 
yotish sharoiti, ularni darzbardoshligi, tektonika xususiyatlari, geodinamik 
hodisalar, ularni hosil bo’lish sabablari, omillarni inshoot turg’unligiga ta’siri. 
Gidrogeologik sharoitlar – grunt suvlarini joylashish chuqurligi, ularni 
rejimi, minerallashganlik darajasi. 
 


185 
24.2.Gruntlarning fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlari.
Gruntni qurilish materiali sifatida bahosi. 
Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining vazifasi va umumiy ko’zlangan 
maqsadi turli muhandislik inshootlari uchun umumiydir. Ammo inshootning turiga 
qarab, muhandislik - geologik qidiruv ishlari yo’nalishi va ko’rinishlari ma’lum 
xususiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. 
Har qanday qurilish loyihasi bir necha bosqichlarda olib boriladi: 
Texnikaviy – iqtisodiy doklad; 
Loyihaviy topshiriqlarni tuzish; 
Texnikaviy loyihani ishlab chiqish. 
Oxirgi ikki bosqich odatda - texnikaviy - ishchi loyihalashga mujassam-
lanadi. TIL - bosqichida - arxiv, fond va adabiyot materiallarini tabiiy sharoit 
haqidagi ma’lumot asosida qurilishni texnikaviy imkoniyati, iqtisodiy va ekologik 
jihatlari ko’rib chikiladi. Bu bosqichda maxsus muhandislik - geologik qidiruv 
ishlari kamdan - kam olib boriladi. Odatda maxsus muhandislik - geologik
qidiruv ishlari yirik inshootlar qurishda yoki murakkab tabiiy sharoitlarda olib 
boriladi. 
Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining loyihaviy topshiriq qismi, TIL 
bosqichida ko’zda tutilgan “tanlovli” uchastkalarda bajariladi. Ishdan maqsad eng 
maqbul muhandislik - geologik sharoitli maydonni tanlab olishdir. Muhandislik - 
geologik qidiruv ishlari ma’lumotlari asosida, loyihalashning bu bosqichida 
inshootning asosiy yordamchi elementlarni joylashtirishni, poydevorning turi va 
konstruktsiyasini tanlab olishlari, yer ishlarini ishlab chiqarish texnologiyasini eng
ratsional usullarini tanlab olishlari mumkin. Bu bosqichda dala muhandis-geologik 
qidiruv ishlari o’tkazilib, asosiysi, muhandislik - geologik s’yomkadir. Texnikaviy 
va texnikaviy - ish loyihaviy bosqichda muhandislik - geologik qidiruv ishlari 
tugallangan tanlangan uchaskada olib borilib, faqat inshoot chegarasi hududlarida 
olib boriladi. Asosiy e’tibor gruntlarning fizikaviy - mexanik xususiyatlarini 
o’rganishga qaratilgan bo’lib, bundan ko’zlangan maqsad inshootning, qiya
joylarni turg’unligini hisoblashdir. Ulardan tashqari, ishchi chizmasi bosqichida, 


186 
bu davrda boshlanayotgan qurilish jarayonida kelib chiqadigan muhandislik-
geologik masalalariga aniqliklar kiritiladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling