Muhim xavfsizlik qoidalari


Download 43.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.08.2017
Hajmi43.87 Kb.
#13590

4

MUHIM XAVFSIZLIK QOIDALARI

•  OGOHLANTIRISH: Buyumning 

barqaror bo’lmagan holati tufayli 

xavfli vaziyatlar yuzaga kelishiga yo’l 

qo’ymaslik uchun uni joyashtirish 

yoki mustahkamlash ishlab 

chiqaruvchining yo’riqnomasiga 

muvofiq bajarilishi kerak.

•  OGOHLANTIRISH: buyumning 

shamollatish tuynuklari hech nima 

bilan yopilib qolmasligini nazorat 

qiling.


•  OGOHLANTIRISH: sovitish konturi 

trubkalariga zarar yetkazmaslikka 

harakat qiling.

•  OGOHLANTIRISH: muzdan tushirish 

jarayonini tezlashtirish uchun ishlab 

chiqaruvchi tavsiya etganlardan 

tashqari, biron mexanik, elektr yoki 

kimyoviy vositalardan foydalanmang.

•  OGOHLANTIRISH: agar elektr 

uskunalari ishlab chiqaruvchi 

tomonidan maxsus ma'qullangan 

uskunalar sirasiga kirmasa, ulardan 

uskuna ichida foydalanmang va 

saqlamang. 

•  OGOHLANTIRISH: suv ta’minot 

tizimiga bevosita ulanmagan 

muz tayyorlash moslamalari /suv 

dispenserlari faqat ichimlik suvi bilan 

to’ldirilishi kerak.

Informatsiya: Mazkur uskuna tarkibida 

xlorftoruglerodlar yo‘q. Sovituvchi 

konturda R600a (HC) sovitish agenti bor.

•  Izobutanli (R600) uskunalar: izobutan - 

bu tabiiy gaz bo‘lib, ekologiyaga salbiy 

ta'sir ko‘rsatmaydi, ammo yoqilg‘i 

hisoblanadi. Shuning uchun sovitish 

konturi trubkalariga zarar yetmasligiga 

qarab turing. Agar zarar yetgan 

trubkalardan gaz chiqayotgan bo‘lsa, 

ayniqsa ehtiyot bo‘ling.

•  S-pentan izolyatsiya ko‘pigida 

ko‘piklantiruvchi modda sifatida 

ishlatiladi va yonuvchan gaz 

hisoblanadi. . Buyumni utillashtirish 

jarayoniga alohida e’tibor bering.

•  Mazkur uskuna maishiy va shunga 

o‘xshash sharoitda, masalan

  –  magazin yoki idoralarda xodimlar 

uchun mo‘ljallangan oshxonalarda;

  –  fermerlik xo‘jaliklarida, 

mehmonxona, motel mijozlari uchun 

yoki uy-joy tipidagi xonalarda;

  –  ertalabki nonushta beriladigan kichik 

mehmonxonalarda; 

  -  catering and similar non-retail 

applications;

•  Ushbu buyumda yonuvchan 

moddalar bo’lgan aerozolli ballonlar 

kabi portlashdan xavfli moddalarni 

saqlamang.

•  Mazkur uskunadan 8 va undan 

katta yoshli bolalar, shuningdek 

jismoniy, sezish va aqliy qobiliyati 

cheklangan yoxud bilim va ko‘nikmasi 

yetishmaydigan shaxslar ham 

foydalanishi mumkin, qachonki ular 

tajribali shaxs qarovi ostida bo‘lsalar 

yoki uskunadan xavfsiz foydalanish 

borasida yo‘riqnoma olgan bo‘lsalar 

va mumkin bo‘lgan xavfni anglab 

yetsalar. 

•  Bolalar kattalarning qarovisiz uskunani 

tozalashlari va unga qarashlari 

mumkin emas.

•  Bolalar buyum ichida yopilib qolishi va 

nafasi qaytib o’lishi mumkin bo’lgan 

vaziyatga yo’l qo’ymaslik uchun, 

ularga buyum ichida o’ynashga yoki 

bekinishga ruxsat bermang.

•  Rozetkaga, yoki rozetkaga kirishda 

davlat xavfsizlik standartlariga muvofiq 



55

o’rnatilishi mumkin bo’lgan ko’p 

qutbli ulagichga oson yetib borish 

imkoniyatini ta’minlab, buyumni 

tarmoqdan o’chirish zaruriyatini ko’zda 

tutish lozim.

•  Buyumni yerga tutashtirish uyasiga 

ulash: buyum tasdiqlangan yerga 

tutashtirish tizimiga tegishlicha tarzda 

ulangan bo’lishi kerak.

•  Bir/ko’p liniyali adapterlardan yoki 

uzaytirgichlardan foydalanmang.

•  O‘rnatish chog‘ida uskuna elektr 

ta'minoti simiga zarar yetkazmasligiga 

e'tibor bering.

•  Buyumning elektr ta’minot simidan 

tortmang.

•  Uskunani o‘rnatish uchun ikki yoki 

undan ortiq kishi kerak.

•  Baxtsiz hodisalarga yo’l qo’ymaslik 

uchun, buyumni o’rnatish va unga 

xizmat ko’rsatish, shu jumladan 

elektr ta’minot kabelini almashtirish 

malakali mutaxassis tomonidan ishlab 

chiqaruvchining yo’riqnomasiga va 

mintaqada amal qilgan xavfsizlik 

qoidalariga muvofiq bajarilishi kerak. 

Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada 

ma'sus ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, 

uskunaning biron qismini ta'mirlash 

yoki almashtirish taqiqlanadi.

ATROF MUHITNI HIMOYA QILISH CHORALARI

1. O’rab-qadoqlash

Qadoqlash materiallari 100 foiz ikkilamchi qayta 

ishlanadi, bu to‘g‘risida maxsus belgi dalolat beradi 

. Utillashtirish mahalliy qonunchilikka muvofiq 

o’tkazilishi kerak. O’ram materiallarini (polietilen 

paketlar, polistirol detallar va hokazo) bolalar yetib 

bora olmaydigan joyda saqlang, chunki ular ehtimoliy 

xavf manbai hisoblanadi.



2. Buzish uchun yuborish /Utillashtirish

Buyum qayta ishlanadigan materiallardan foydalanib 

ishlab chiqarilgan.

Mazkur uskuna 2012/19/EC -sonli Elektr va elektron 

uskunalarni utilizatsiya qilish bo‘yicha Yevropa 

Direktivasi talablariga muvofiq markirovkalangan. 

Ushbu buyumni to’g’ri utillashtirib, Siz atrof muhitga 

va insonlarning salomatligiga ehtimoliy salbiy ta’sir 

etishning oldini olasiz.

Buyum ustida yoki unga ilova qilingan hujjatlarda 

 

belgisi ushbu buyum maishiy chiqindi emasligini 



hamda u elektr va elektron uskunalarni yig’ish va uni 

qayta ishlash markaziga utillashtirish uchun yuborilishi 

kerakligini bildiradi.

Buyumni buzish uchun yuborishda, undan elektr 

ta’minot simini kesib oling, bolalar ichiga kirib 

olmasligi va ichida yopilgan bo’lib qolib ketmasligi 

uchun eshiklarini va tokchalarini yechib oling.

Buyumni buzish uchun topshirish ixtisoslashtirilgan 

markazlarda va mahaliy utillashtirish qoidalariga 

muvofiq bajarilishi kerak; buyum bolalar uchun 

ehtimoliy xavf manbai bo’lgani uchun, uni hatto bir 

necha kunga ham qarovsiz qoldirmang.

Ushbu buyumga xizmat ko’rsatish, uni ta’mirlash va 

utillashtirish to’g’risida qo’shimcha ma’lumot olish 

uchun, mahalliy ofisga, maishiy chiqindilarni yig’ish 

xizmatiga yoki Siz buyumni sotib olgan do’konga 

murojaat qiling. 

Muvofiqlik deklaratsiyasi 

•  Ushbu buyum oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash 

uchun mo’ljallangan va (CE) № 1935/2004 sonli 

Reglamentga muvofiq tayyorlangan.

•  Ushbu buyum quyidagilarga muvofiq ishlab 

chiqilgan, tayyorlangan va sotilgan:

  - 2006/95/CE "Past kuchlanish" Direktivasi (73/23/

CEE va uning keyin kiritilgan tuzatishlarining o’rnini 

bosuvchi) xavfsizlik maqsadlari;

  - "EMС" 2004/108/EC Direktivasinig xavfsizlik 

talablari.


66

EHTIYOT CHORALARI VA UMUMIY TAVSIYALAR

O‘RNATISH

•  Pol qoplamasiga (maslan, parketga) zarar 

yetkazmaslik uchun uskunani ehtiyotlik bilan joydan 

joyga ko‘chiring.

•  Uskuna issiqlik manbaidan uzoqda turishi lozim.

•  Buyumni uning vaznini ko’tarish uchun yetarlicha 

mustahkam bo’lgan pol to’shamasining ustida, 

shuningdek uning kattaligiga va vazifalariga mos 

bo’lgan joyda joylashtiring.

•  Uskuna jadvalda ko‘rsatilgan iqlim toifasiga muvofiq 

harorat quyidagi doirada saqlanadigan joylarda 

ishlatish uchun ishlab chiqilgan. Agar uzoq vaqt 

ko‘rsatilgan diapozon tashqarisidagi haroratda 

saqlanadigan bo‘lsa, uskuna kerakli tarzda ishlay 

olmaydi.

Климаттык классы

Тышкы абанын 

температурасынын (°C)

SN

10 dan 32 gacha



N

16 dan 32 gacha

ST

16 dan 38 gacha



T

16 dan 43 gacha

•  Buyumning tamg’alanishida ko’rsatilgan ish 

kuchlanishi uyingizda ishlatiladigan kuchlanishga 

mos kelishiga ishonch hosil qiling. 

XAVFSIZ FOYDALANISH

•  Ushbu buyum yoki boshqa har qanday elektr 

buyumning yonida benzin, yonuvchan suyuqliklarni 

yoki gazlarni saqlamang va ulardan foydalanmang. 

Ularning bug’lari yong’in yoki portlashga sabab 

bo’lishi mumkin. 

•  Sovuqlik akkumulyatoridagi (ba'zi modellarda) 

moddalarni (zaharli emas) yutmang. 

•  Muz kubiklari yoki muzqaymoqlarni (eskimo/mevali 

muz) sovitish kamerasidan olingani zaxot iste'mol 

qilmang, chunki bu muzlashga sabab bo‘lishi 

mumkin.


•  Ventilyator qopqog‘i ichida havo filtri bo‘lgan 

uskunalar uchun - bu filtr faqat sovutkich ishlab 

turganda o‘rnatilishi lozim.

•  Buyumga xizmat ko’rsatish yoki uni tozalash 

yuzasidan har qanday harakatlarni bajarishdan avval, 

uni elektr ta’minot tarmog’idan o’chiring.

•  Sovitish kamerasi yangi oziq-ovqat mahsulotlarini 

saqlash uchun, muzlatish kamerasi esa - muzlatilgan 

oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, yangilarini 

muzlatish va muz kubiklari tayyorlash uchun 

ishlatiladi. 

•  Suyuqlik solingan shisha idishlarni muzlatish 

kamerasida saqlamang, ular yorilib ketishi mumkin.

•  Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqsiz, sovutkich yoki 

muzlatish kamerasining ichki yuzalari bilan bevosita 

kontaktda saqlamaslikka harakat qiling.

•  "Uskuna ichidagi chiroq maishiy uskunalar uchun 

maxsus mo‘ljallangan va uydagi xonani umumiy 

yoritishga yaramaydi (EC 244/2009-son qaror)".

Ishlab chiqaruvchi yuqoridagi maslahatlarga va 

ehtiyot choralariga rioya qilmaslik natijasida 

yuzaga kelgan insonlarning yoki hayvonlarning 

shikastlanishi uchun, shuningdek mulkiy zarar 

uchun javobgar bo’lmaydi.

Buyumdan eng yaxshi foydalanish maqsadida, 

ichida buyumning ta’rifi va foydali maslahatlar 

bo’lgan foydalanish yo’riqnomasini diqqat bilan 

o’qib chiqing.

Ushbu yo’riqnomani keyinchalik foydalanish uchun 

saqlab qo’ying.

1. Buyumni o’ramidan ochishdan keyin uning 

shikastlanmaganligiga va eshiklari tegishlicha 

tarzda yopilishiga ishonch hosil qiling. Har qanday 

shikastlanish to’g’risida buyum yetkazib berilganidan 

keyin 24 soat ichida sotuvchiga bildirish lozim.

2. Uskunani yoqishdan oldin sovitish agenti konturi 

to‘liq ishga yaroqli ekaniga ishonch hosil qilish 

uchun kamida ikki soat kuting.

3. Foydalanishdan avval buyumning ichini yuvib 

chiqing.


BUYUMDAN FOYDALANISHDAN AVVAL

7

•  Buyumni quruq, yaxshi shamollatiladigan xonada va 

to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlaridan panada bo’lgan 

joyda, yuqori harorat manbalaridan uzoqda (isitgichlar, 

plitalar va hokazo) o’rnating. Zarurat bo‘lsa, izolyatsiya 

qiluvchi paneldan foydalaning. 

•  Tegishli ventilyatsiyani ta'minlash uchun uskunani 

o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomaga rioya qiling. 

•  Orqa tomondan ventilyatsiya yetarlicha bo‘lmasligi elektr 

energiyasi iste'molini ko‘paytiradi va sovitish unumini 

pasaytiradi. 

•  Kamera ichidagi harorat xonadagi haroratga, eshik necha 

marta ochib-yoplishiga, shuningdek uskuna qayerga 

o‘rnatilganiga bog‘liq. Harorat belgilanayotganda ushbu 

omillar inobatga olinishi lozim. 

•  Issiq oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni uskunaga 

solishdan oldin sovitish kerak. 

•  Ventilyatorni (agar bor bo‘lsa) oziq-ovqat mahsulotlari 

bilan yopib qo‘ymang. 

•  Oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘yayotganda sovutkichning 

eshigi,ayniqsa muzlatish kamerasining eshigi to‘g‘ri 

yopilyaptimi, yo‘qmi, tekshirib ko‘ring. 

•  Eshikni ochish sonini imkon qadar kamaytiring. 

•  Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini muzdan tushirish 

uchun ularni sovitish kamerasiga qo‘ying. Muzlatilgan 

mahsulotlarning past harorati sovutkichdagi mahsulotlar 

harorati pasayishiga yordam beradi. 

•  Uskuna maxsus bo‘linmalarga (yangi oziq-ovqat 

mahsulotlari uchun kamera, bo‘linma, nol-kamera va h.k.) 

ega bo‘lishi mumkin. Qator hollarda, agar bu muyyan 

uskunaning bukletida maxsus aytib o‘tilmagan bo‘lsa, 

ekvivalent unumdorlik xususiyatlariga erishish uchun 

ularni olib qo‘yish mumkin.

•  Sovitkich tokchalarining joylashishi elektr ta'minotidan 

foydalanish samaradorligiga ta'sir qilmaydi. 

Mahsulotlarni shunday joylashtirish kerakki havo bemalol 

aylansin (masalliqlar biriga zich turmasligi, masalliqlar 

bilan orqa devor orasida masofa saqlanishi kerak). 

•  Muzlatilgan masallqlarni saqlash uchun joyni 

kengaytirish uchun savatchani chiqarib qo‘yish mumkin, 

agar bor bo‘lsa Stop Frost tizimi o‘chirilishi kerak; bunda 

elektr energiyasi ta'minotida o‘zgarish bo‘lmaydi.

•  Zarar yetgan zich yopish moslamasi imkon qadar tez 

almashtirilishi kerak. 

•  •Elektr energiyasi iste'moli toifasi yuqori bo‘lgan 

uskunalar yuqori samarali dvigatel bilan ta'minlangan 

bo‘lib, ular elektr energiyasini kam iste'mol qilgan holda 

uzoq vaqt ishlaydi.



ELEKTR ENERGIYASINI TEJASH BO‘YICHA MASLAHATLAR

Ogohlantirish – ushbu buyum yerga tutashtirilishi lozim d

Saqlagichlarni almashtirish

Agar ushbu buyumning ta’minot vilkasi 13 amperli BS 1363A 

eruvchan saqlagich bilan jihozlangan bo’lsa, uni almashtirish uchun 

A.S.T.A. bilan tasdiqlangan, BS 1362 turidagi saqlagich kerak bo’ladi. 

Almashtirish quyidagicha bajariladi:

1.  Saqlagichning qopqog’ini (A) oching va saqlagichni (B) chiqarib oling.

2.  Boshqa 13A saqlagichni qo’ying.

3.  Uni vilkaning ichiga o’rnating.

Bu muhim:

Saqlagichni almashtirishda, uning qopqog’i qaytadan o’rnatilishi kerak, agar u yo’qolgan bo’lsa, ehtiyot qismi 

o’rnatilmaguncha vilkadan foydalanish kerak emas.

Ehtiyot qismlari o’rnatiladigan detalning rangiga yoki vilkaning asosidagi o’yilgan yozuvning rangiga ko’ra 

aniqlanadi.

Yangi saqlagich qopqog’ini mahalliy elektr tovarlar do’konida sotib olish mumkin.



Faqat Irlandiya Respublikasida foydalanish uchun

Ko’p hollarda Buyuk Britaniya yuzasidan keltirilgan ma’lumot qo’llanishi mumkin, lekin shuningdek uchinchi 

tipdagi, 2 ta kontaktli, yerga tutashtirilgan vilkalar va rozetkalar ham ishlatiladi.

Rozetka / vilka (ikkala davlatda haqiqiy bo’ladi)

Agar vilka Sizning rozetkangizga mos kelmasa, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish xizmati bilan, keyingi yo’l-

yo’riqlarni olish uchun bog’laning. Vilkani mustaqil almashtirishga urinmang. Ushbu amallar malakali mutaxassis 

tomonidan ishlab chiqaruvchining yo’riqnomasiga va mintaqada amal qilgan xavfsizlik qoidalariga muvofiq 



bajarilishi kerak.

FAQAT BUYUK BRITANIYa VA IRLANDIYa UChUN ELEKTR TARMOG’IGA ULANISh

Download 43.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling