Mundarij a kirish I bob. Jamiyatga nisbatan formatsion yondashuvlar tahlili


Formatsiya -jamiyatning muayyan tarixiy tipi


Download 142.5 Kb.
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1475614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bo`ronov Akobir Baxtiyarovich

1.2.Formatsiya -jamiyatning muayyan tarixiy tipi

Formatsiya so'zining lug'aviy ma'nosi o'zbek tilida - biror narsaning muayyan taraqqiyot bosqichi, pogʻonasiga mos keluvchi tipi, tuzilishi degan ma'noni beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya kishilik jamiyati taraqqiyotidagi muayyan ishlab chiqarish usuli va unga bogʻliq ishlab chiqarish, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar, xuquqiy meʼyorlar va mafkura bilan xarakterlanadigan tarixan shakllangan bosqich, davr (quldorlik, feodalizm, kapitalizm). Ijtimoiy formatsiya nazaryasining asoschis Karl Marksdir.


Uning asosiy ilmiy yutuqlaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularni tashkil etuvchi elementlar, formatsiyalarning almashuv sabablari to‘g‘risida ta’limot yaratdi. U uch yirik (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani) ijtimoiy taraqqiyot bosqichini ko‘rsatib berdi.
1.Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo‘lgan jamoa.
2.Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy mulkchilikka
asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish usuli.
3.Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat..
Arxaik formatsiya -inson mavjud bo'lishidan boshlab, uning rivojlanib, tabaqalarga ,malum bir sinfga ajralguncha davom etgan, ya'ni shu davrlar oralig'ida hukmron bo'lgan. Taxminan aytishim mumkinki, arxaik formatsiya Paleolit davrining boshidan oxirgi eng so'ngi nuqtasi bronza davrigacha davom etgan deb olishimiz mumkin .Negaki Milloddan avvalgi 3-ming yilliklarda davlatlar paydo bò'la boshlagan. Bu sinfiy tabaqalanishning natijasidir. Arxaik formatsiya eng qadimgi jamiyatlar,u bo'lishi mumkin ibtidoiy jamoa tuzumi, urug'chilik, quldorlik shu uchta eng dastlabki kishilik jamiyatlarni o'z ichiga oladi.
2. Iqtisodiy(ikkilamchi )formatsiyaning ko'rinishini qanday tushunish mumkin? Buning asosiy xususiyati shundaki, unda xususiy mulkchilika ko'roq etibor qaratiladi. Yani bu tizimda Qul-Xojasi, Patritsiylar-pleybeylar, dehqon-kadivar, seneor-vassal, feodal-ijarachi va hokazolar ko'rinishida turli xil davlatlarda turlicha ko'rinishda mavjud bo'lgan. Mulkning egasi hisoblangan odam o'z yeriga qullarini, xizmatkorlarini ishlatishi bu sinfiy jamiyat, tabaqalanishdan kelib chiqqan Ishchilar sinfi va ish beruvchilar sinfi kabi ko'rinishda namoyon bo'lgan. Karl Marksning yuqorida keltirilgan jamiyatga nisbatan bu ikkita formatsion yondashuvi chuqur o'ylab korilganda bir tomondan to'g'ri. Negaki, Marks kishilik jamiyatini formatsion jihatdan to'g'ri talqin qilgan edi. Uning iqtisodiy formatsiya deb atayotgan jamiyat tuzulishi qolgan ikkitasiga qaraganda ko'proq rivojlanishda kechdi. Bugungi rivojlangan jamiyatlar ham Marksning ushbu ta'limotining mahsuli.
Kommunistik formatsiya Marks talqinida jamiyatning eng oliy ko'rinishi hisoblanadi, buning sababi shundaki bunday jamiyatda tabaqalanish va sinfiy jamiyat degan tushuncha bo'lmaydi. Odamlar nasl nasabda, boylikda va boshaqa narsalarda teng bo'ladi unda davlat, prezident,vazirlar va boshqa mansablar bo'lmasligi kerak dweb tushundim. Negaki, bu mansablar jamiyatda mavjud bo'lsa agar ,jamiyatda sinfsizlik mavjud bo'lmaydi. Karl Marksning bu nazaryasi -Utopiya, sharq allomalaridan Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asarining g'oyasiga o'xshab ketadi. Kommunizm qurish xuddiki dengizda baliqlar bor-u lek, suv yo'qqa o'shaydi. Misol uchun SSSR 1922-yil tashkil topgan bo'lsada 1991-yil parchalanib ketgunicha Kommunizim qura olmadi. Nega? Birinchidan, jamiyatda hamma insonlarning istak-mayli bir xil emas. Bir inson boy bo'lishni xohlasa, shu maqsadda ko'proq ishlaydi, u kambag'al, ishlamaydigan, tayyoriga-ayyor kun ko'radigan odam bilan bir xil hayot kechirishni istamaydi. Ikkinchidan, Jamiyatda mutloq tenglik va adolatni ta'minlab bo'lmaydi. Xolbuki, kommumizim adolat va tenglik ustiga quriladi. Misol uchun ishchi o'z ishini qilsa shunga yarash maosh to'lanadi. Ammo bu ishchini ishini undan 100 karra ko'proq bajaradigan texnologiya mavjud. Bu holda ishchining ishiga bo'lgan talab so'na boshlaydi natijada ishchi ishsiz qoladi. Bu ijtimoiy adolatsizlik sifatida ishchilar qo'zg'oloniga olib keladi. K.Marks ta’limotiga ko‘ra, bir formatsiyadan ikkinchisiga o‘tish sotsial inqilob orqali amalga oshadi, ya’ni «kapitalizm qobig‘i portlaydi», eski ishlab chiqarish munosabatlari yemirilib, sotsial tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi. Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapitalistik munosabatlar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirsa, keyinchalik bu munosabatlar iqtisodiy o‘sishning «kishaniga»aylanadi, zamon talabiga javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko‘ra kapitalizm halokatga yuz tutadi. Chunki u o‘zining ichki ziddiyatlarini yechishga qodir emas. Uningcha, kapitalizm o‘rniga dolzarb muammolarni yecha oladigan, sanoat tsivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish imkonini beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak. K.Marks ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag‘allikni stixiyali bozor iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblangan bo‘lsa, kelajakda bo‘ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik asosida tashkil etilagan bo‘lishi, yagona reja bo‘yicha ishlashi kerak. Uning tasdiqlashicha bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja bo‘yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni
amalga oshirish uchun imkon tug‘iladi»3. Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, kapitalizmning muqarrar halokati to‘g‘risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi sinflar o‘rtasida daromadlar taqsimotining bozor printsipi buzilganligida emas, balki bu tizimning to‘la ish bilan bandlikni ta’minlay olmasligi, mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va urishlarga bo‘lgan moyilligi hisoblanadi. U sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb atadi. K.Marks nazariyasiga binoan, kommunizm – ishlab chiqarish vositalari bir butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo‘lgan sinfsiz tuzumdir. Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo‘lgan qat’iy ishonchi, eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar nazariyasiga asoslanadi. U o‘zini klassiklarning davomchisi hisoblagan holda, haqiqatan ham iqtisodiy o‘sish muammosi bilan, xususan, farovonlikning va daromadlarning o‘sishi, hamda daromadlarning mehnat, kapital va yer egalari o‘rtasida, ya’ni sinflar o‘rtasida taqsimlanish muammosi bilan shug‘ullandi. Lekin uning sinflar nazariyasidagi markaziy g‘oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga qadar o‘tgan hamma jamiyatlar tarixi, - deb yozadi K.Marks, – sinflar kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchchik va krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi zolim va mazlum o‘rtasida doim antagonizm bo‘lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq birbiriga qarshi kurash olib bordi; bu kurash har safar butun jamiyatni inqilob asosda boshqatdan qurish bilan yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy halokati bilan tugadi». Markscha, o‘zining kuchayib borayotgan ziddiyatlari bilan kapitalistik jamiyat ham istisno hisoblanmaydi: turmush darajasi muttasil pasayib boryotgan sanoat ishchilari sinfi kapitalizm «go‘rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning bashorati to‘g‘ri chiqmaganligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Kapitalizm yangi real hayotga moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay oldi. Marksning kommunsitik g'oyalarini men insoniyatning eng qadimgi ibtidoiy jamo davriga o'xshatdim. Bunga asos sifatida u kommunizmni- ishlab chiqarish vositalari bir butun umumxalq mulki ekanligi va jamiyatning barcha a'zolari ijtimoiy jihatdan teng deb bergan tarifidan oldim. Endi bu tarifni yodga olamiz: "Mehnat qurollari umumiy bo'lgan, hamma birgalikda mehnat qiladigan, turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi- ibtidoy to'da"4 deb nomlanadi.
Ishlab chiqaruvchi vositalar - mehnat qurollari, ijtimoiy jihatdan tenglik - hammaning birgalikda mehnat qilishi bu ikkala tarif bir xil ,nazarimda. Bu fikrimni quydagi manba ham isbotlaydi:..
"Marks nazariyasi ibtidoiy jamoani o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra ibtidoiy kommunizm yoki ibtidoiy ishlab chiqarish usuli deb atagan ". (snoska)Shu davrlarda odamlar asosiy faoliyati ov qilish, yig'ish va baliq ovlash bo'lgan guruhlarga birlashtirilgandi. Ularning iqtisodiy tizimi xususiy mulk tushunchasi bo'lmagan holda kooperatsiyaga asoslangan edi. Ov qilish uchun ishlatiladigan asboblar ham, olingan mahsulotlar ham teng taqsimlanardi, chunki bu dushmanlik sharoitidan omon qolishning eng yaxshi usuli edi. Ushbu o'zini o'zi ta'minlash ijtimoiy sinflar yoki har qanday davlat mavjud emasligini anglatardi.
Formatsion nazariya K.Marks nomi, u ishlab chiqqan jamiyat haqidagi ta’limot bilan bog`liq. Umuman olganda, Marks o`z davridagi global tasavvurlarga, xususan, Xegelning umumiy qonuniyatlar hamda yagona yo`nalishga ega bo`lgan jahon tarixi haqidagi g`oyalarga ergashgan edi. Bu tasavvurlar tarixga materialistik yondoshuv asosida qayta ishlab chiqilgan bo`lib, unga ko`ra insoniyat tarixi tabiiy, o`z ichki qonuniyatlariga ega bo`lgan, ya’ni kishilar ongiga bog`liq bo`lmagan holda sodir bo`ladigan formasiyalarning almashinish jarayonidan iborat. Formasiya deganda qandaydir empirik jamiyat (ingliz, fransuz yoki boshqa) geopolistik hamjamiyat (Sharq, G`arb) emas, balki jamiyat ijtimoiy tuzilmasining negizini tashkil etuvchi umumiyat tushuniladi. Ya’ni, formasiya – jamiyatning muayyan tarixiy tipidir. Har bir formasiyaning asosini o`ziga xos ishlab chiqarish usuli tashkil etib, uning strukturasida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish qurollari, ularning rivojlanish darajasi va xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan bog`liq bo`lib, ishlab chiqarish munosabatlari siyosiy, huquqiy ustqurmaga, shuningdek, ijtimoiy ongning boshqa shakllariga nisbatan asos, bazis rolini o`ynaydi.
Formasion ta’limotga ko`ra, jamiyat quyi shakldan yuqori shakllarga, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyati orqali feodalizmga, undan kapitalizmga hamda eng oliy maqsad, insoniyatning «oltin» asri kommunizmga qarab harakat qiladi. Bir formasiyadan ikkinchisiga o`tish yangi ishlab chiqarish kuchlari va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlari o`rtasidagi ziddiyatlar hamda ixtiloflar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy inqilob orqali sodir bo`ladi.
XIX asrning oxiri – XX asr o`rtalariga kelib, formasion ta’limot nafaqat ijtimoiy nazariya bo`libgina qolmay, balki kuchli e’tiqodga tayangan mafkuraviy ta’limot darajasiga ko`tarildi. Rossiyada 1917- yil Oktyabr inqilobi va ayniqsa, 1945 yildan so`ng, «real sosializm»5 deb atalmish mamlakatlarning rasmiy mafkurasiga aylandi. Ayni paytda marksizmning tanqidi G`arbning bu mamlakatlarga qarshi yo`naltirilgan mafkuraviy kurashining muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib qoldi. Sosialistik tizim inqirozga yuz tutgandan so`ng formasion ta’limot tanqidi ayniqsa postsosialistik makonda yanada kengroq va keskinroq tus oldi. U bir qator xususiyatlarga ko`ra tanqid qilinadi. Xususan, u o`ziga xos G`arbiy Evropa tarixini butun jahon tarixiga ko`chirish asosida ishlab chiqilganligi; ijtimoiy-iqtisodiy omilning rolini mutlaqlashtirgan holda, boshqa omillar, ayniqsa, jamiyatning ma’naviy sohasi ahamiyatini qashshoqlashtirib, uni faqat antogonistik6 sinflar manfaatlari in’ikosi sifatidagina qaralgani; tarixiy bilishda uni asossiz ravishda yagona evristik konsepsiya rolini bajaradi, degan xulosalari shular jumlasidandir. Hozirgi zamon tarixini, kapitalizm rivoji istiqbollarini anglashda, formasion ta’limot xulosalarining haqiqatga mos kelmasligi, «real sosializm» mamlakatlarida amalga oshirilgan keng qamrovli sosialistik tajribaning muvaffaqiyatsiz intihosi makrsistcha tarixiy konsepsiyaning tanqidida hal etuvchi argument bo`ldi. Xullosa o'rnida aytishim mumkinki, Formatsiya bu insoniyatning mavjud bo'lishidan boshlab bugungi kunga qadar mavjud bo'lgan jamiyatlarning muayyan davrga asoslangan ko'rinishidir. Misol uchun hozir post-insdustrial jamiyatda yashayabmiz bir kun kelib bu jamiyat ham bundan keyingi keladigan jamiyat aytaylik robo-texnologiya jamiyati uchun bir formativ basis bo'ladi. Karl Marks shu talqinda haqli edi..Nima uchun inqiloblar bo'ladi? Nima uchun jamiyatlar bir xili boyroq bir xili kambag'alroq bo'ladi? Nima uchun ko'p davlatlar rivojlangan bo'ladi ,boshqalari, aksincha degan savollar shu paytgacha hammamizda mavjud bo'lgan. Karl Marks buni bir jamiyatdan ikkinchisiga o'tilayotganda albatta "qurbon"lar bo'ladi degan.

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling