Mundarij a kirish I bob. Jamiyatga nisbatan formatsion yondashuvlar tahlili
Download 142.5 Kb.
|
Bo`ronov Akobir Baxtiyarovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- M U N D A R I J A Kirish………………………………………………………………………...3-6
- 1.1.Jamiyatning mohiyati va uning asosiy sohalari .................................7-13 1.2 Formatsiya-Jamiyatning muayyan tarixiy tipi…………………….13-19
- 2.2. Jamiyatning Svilizatsion tahlilining oziga xosligi……………..... 24-28 Xulosa…………………………………………………………...………..29-30 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati…………………………………….31-32
- K I R I SH Mavzuning dolzarbligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIsHARQ SVILIZATSIYASI VA TARIXI fakulteti kurs ishi Mavzu: jAMIYATga nisbatan FORMATSION VA SVILIZATSION YONDASHUVLAR TAHLILI Bajardi: “Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi talabasi,Bo`ronov Akobir Baxtiyor o`g`li Ilmiy rahbar: “Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi katta o`qituvchisi, Sulaymonov Jasur Baxtiyorivich Ushbu kurs ishi har bitta jamiyatning yuksalishida, taraqqiy etishida,jamiyatda mavjud bo`lgan bir nechta yondashuvlar jumladan formatsion va sivilizatsion talqinida jamiyatning moddiy va manaviy jihatidan rivojlanishi,jamiyatlarning bir-biri bilan bog`liqligi va ularning o`rtasidagi o`zaro tafovutlarini aniqlash,ularning davrlar mobaynida o`sishi yoki jamiyatlarning tanazzulini ochib berishdan iborat. TOSHKENT 2023 M U N D A R I J A Kirish………………………………………………………………………...3-6 I bob. Jamiyatga nisbatan formatsion yondashuvlar tahlili …………………………,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,…………………………………7-19 1.1.Jamiyatning mohiyati va uning asosiy sohalari .................................7-13 1.2 Formatsiya-Jamiyatning muayyan tarixiy tipi…………………….13-19 II bob. Jamiyatga nisbatan svilizatsion yondashuvlar tahlili………....20-28 2.1. Svilizatsiya va Madaniyat tushunchasi ……………………………20-24 2.2. Jamiyatning Svilizatsion tahlilining o'ziga xosligi……………..... 24-28 Xulosa…………………………………………………………...………..29-30 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati…………………………………….31-32 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Bugun biz yashab turgan, yon atrofimizdagi odamlar bilan muloqot qilgan, insonlar o'rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, manaviy va siyosiy jihatdan aloqadorliklarni taminlab kelayotgan bu muhit nima degan savol sizda hech tug'ilganmi? Yoinki, o'tmishda mavjud bo'lgan quldorlik, kapitalistik va shunga o'xshash "hayotni" siz nima deb atagan bo'lar edingiz?... Jamiyat-bu tushuncha har birimizning ongimizga begona bo'lmasa kerak, nazarimda. Jamiyat so'zining lug'aviy manosiga to'xtalsak, u tarixiy taraqqiyotning ma'lum bosqichida moddiy boyliklar yaratishning muayyan usullari va muayyan ishlab chiqarish munosabatlari bilan xarakterlana-digan ijtimoiy munosabatlar majmui degan ma'noni anglatibgina qolmay Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar natijasida quriladigan bir katta sistemadir. Bugungi kungacha insoniyat qancha jamiyatlarni ko'rmadi, Ibtidoiy, urug'chilik, quldorlik, feodal, kapitalistik, industrial-bular hammasi biz insoniyat yashab o'tgan jamiyatlardir. Xolbuki, har bir faylasuf olim jamiyatni tahlil qilar ekan,albatta, ular o'rtasidagi bog'liqliklar va farqlarni o'zaro taqqoslashi tabiiy holdir. Jamiyatlarni o'zaro mintaqalar bo'yicha olib qarash qadimdan Sharq va G'arb jamiyati degan nomda kechgan va bu hozir ham kechmoqda. Shu o'rinda bir savol tug'iladi, nega kishilik jamiyatining aynan kapitalistik jamiyatidan boshlab G'arb (Yevropa) jamiyatida yuqori darajalik o'sish yuz berdi-yu, sharq(Osiyo) jamiyatlarida turg'unlik hukm surdi? Aynan ushbu kurs ishinig maqsadi ham Yevropa va Osiyo jamiyatlarining formatsion va svilizatsion yondashuvda ular o'rtasidagi rivojlanish va tushishlarning sabab oqibatlarini o'rganishga bag'ishlanadi. O'tmishda mavjud bo'lgan jamiyatlar tarixi bosib o`tilgan bosqich sifatida qaralib, uni o`rganish hozirgi davrda katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu jumaldan bugun Biz, O'zbekiston yoshlari yevropa jamiyatlarining falsafiy otalari hisoblangan Arastudan tortib Karl Marksgacha, Suqrotdan tortib Fredgacha, ularning manaviy merosini qay darajada o'rganyabmiz, ularning fikrlari, g'oylari bugun rivojlangan Yevropa jamiyatini qurmadimi? Mana shunday savollarni o'ziga bergan har bir inson borki, u bugungi jamiyatimiz yetishtirgan eng yaxshi meva desam adashmayman. Shu o'rinda birinchi Pezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov «Fidokor» gazetasi muxbirining savollariga javob beraganliklarini yodga olsak, u kishi quyidagilarni ko`rsatib o`tgan edi: «Dunyo tan olgan ko`p ulug` faylasuflarning asarlari hanuzgacha o`zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g`oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Sokrat va Platon, Nisshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon chet el faylasuflarining kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o`zbek tilida chop etish nahotki mumkin bo`lmasa? Mana, misol uchun Freydning nazariy qarashlari, pragmatizm va ekzistensializm g`oyalari, Berdyaev va boshqalarning falsafasini o`rgansak, foydadan xoli bo`lmaydi` Biz ko`p masalalarda g`arb faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualizm, egoizm qarashlarini ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin. Lekin ularni hisobga olishimiz, keraklisini e`tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur”1. Darhaqiqat, buyuk mutafakkirlarning falsafiy qarashlarini o`rganish doimo dolzarb masala bo`lib qoladi.. Download 142.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling