Mundarij a kirish I bob. Jamiyatga nisbatan formatsion yondashuvlar tahlili


II bob Jamiyat rivojlanishining svilizatsion tahlili


Download 142.5 Kb.
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1475614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bo`ronov Akobir Baxtiyarovich

II bob Jamiyat rivojlanishining svilizatsion tahlili


2.1 Svilizatsiya va madaniyat tushunchasi

"Svilizatsiya - eng katta madaniyatga ega bo'lgan mohiyatdir. U insonlarga xos bo'lgan, ularni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan eng yuqori darajadagi madaniy tuzumdir"7


Tamaddun yoki sivilizatsiya — jamiyatning rivojlanganlik darajasini koʻrsatuvchi tushuncha, madaniyat, fan, texnika, din va jamiyatning boshqa sohalarini oʻz ichiga olib, ularda yuz bergan rivojlanish va katta o'zgarishlarning yuz berishi bilan belgilanadi. Tamaddun inson jamiyatining ongli ekanligiga urgʻu berib, uni boshqa har qanday ongsiz jamiyatdan farqlaydi.
„Sivilizatsiya“ soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan maʼnolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan "varvarizim"¹ga(snoska) qarama-qarshi g'oyas sifatida ,yaqin vaqt — ikki asr oldin kiritilgan boʻlib, tafakkur va erkinlik hukmron boʻlgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qoʻllanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi. Jamiyat taraqqiyotini sivilizatsiya nuqtai-nazaridan oʻrganishda sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi muhim oʻrin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat sivilizatsiyani ajratib ko'rsatadilar:
1.Davomiylik muddati 30-35 asrni oʻz ichiga olgan neolit davri;
2.davomiylik muddati 20-23 asrni oʻz ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri);
3.davomiylik muddati 12-13 asrni oʻz ichiga olgan antik davr (temir asri);
4.davomiylik muddati 7 asrni oʻz ichiga olgan erta feodal davri;
5.davomiylik muddati 4,5 asrni oʻz ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr;
6.davomiylik muddati 2,5 asrni oʻz ichiga olgan industrial davri;
7.davomiylik muddati 1,3 asrni oʻz ichiga olgan yuqori industrlashish davri.
Bu qayd qilingan bosqichlardan koʻrinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar va yondashuvlarni aralashtirish holatiga yoʻl qoʻyilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan. Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi. Madaniyat tushunchasi kishilarning umumiy hayot kechirish jarayoniga aloqador, svilizatsiya esa ulkan madaniyat birligidir. Bu tushunchalar biror jamiyat shakllanishda muhim rol o'yanagan omadli avlod vakillari yaratgan qarashlar va tuzilmalar, normalar va qadriyatlarni o'z ichiga oladi. Brauderning fikriga ko'ra, svilizatsiya ulkan madaniy o'choqdir. Shuningdek, uni madaniy xarakteristkalar va fenomenlarning kolleksion to'plami deb atashadi.
Sivilizatsiyaga erishish, shubhasiz, madaniyatning biron-bir darajasiga erishish, madaniyat esa, o’z navbatida, insoniyatning sivilizatsiyaga erishganlik ko’rsatkichidir. Madaniyat va sivilizatsiya elementlari insoniyat tarixining juda uzoq davrlariga borib taqaladi: insoniyat yovvoyilikka qarshi madaniyatni, varvarlikka qarshi sivilizatsiyani yaratdi. Yovvoyilik va varvarlik bir ma’noli tushunchalar emas: yovvoyilik insoniy mohiyatdan begonalashish, nooqilona emas, balki instinktiv ravishda faollik ko’rsatishdir; varvarlik — mavjud ijtimoiy tartib, me’yor, qoida, qonun va axloqni tan olmaslik, yovuzlik, bosqinchilik va tajovuzkorlik ifodasidir.
Madaniyat — ta’lim-tarbiya bilan, ijtimoiy talablarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya davlatning paydo bo’lishi, jamiyat a’zolarida fuqarolik tuyg’usi, davlat qonunlariga nisbatan hurmat xissining shakllanishi bilan bog’liqdir. («Sivilizatsiya» atamasining inglizcha «fukarolikka oid» degan ma’noni anglatishi ham bejiz emasdi.
Voller Steyn svilizatsiyani jahonda mavjud barcha urf-odatlar va madaniyatning bir namunasi sifatida ko'radi. Bu mavzuda bir qancha tarixiy fenomenlar mavjud. Devson nazaryasiga ko'ra, svilizatsiya madaniy yaratuvchanlikning asosidir, ammo Durxem va Meus svilizatsiyani davlatlarni bir biridan ajratib turuvchi vosita deb hisoblaydi. Shpengler uchun esa Svilizatsiya madaniyatning o'zgartirib bo'lmaydigan taqdiridir. Uning tashqi va ichki holatlari esa insoniyat rivojlanishinining qanday kechishiga bog'liq. Xulosa qilib aytganda, svilizatsiyaning omadli yakunlanganini va shu zaylda davom etganini kuzatish mumkin. Madaniyat esa svilizatsiyaning asl mohiyatidagu bosh mavzusidir. Svilizatsiya bu keng madaniyatga nisbatan kengroq tushuncha deb hisoblayman. Bitta svilizatsiyaning ichida bir nechta madaniyatlar bo'lishi mumkin. Misol uchun yer yuzidagi dastlabki svilizatsiya Qadimgi Sharqda paydo bo'lgan deb qaraladi. Qadimgi Sharq etibor qilyabsizmi uning ichiga qaysi madaniyatlar borligini sizga aytib o'taman. Birinchisi Misr-Milloddan avvalgi 4mingyiliklar deb oladigan bo'lsak, ularning qo'shnilari Nubiya, Liviya, Mesopatamiya, uning ichida Shumer, Akkad, Bobil kabi madaniyatlarning borligi so'zimni isbotidir. Yana shuni takidlash joizki, svilizatysiyaning mohiyatida madaniyat yotadi. Negaki, u siz svilizatsiya yuzaga chiqmaydi. Madaniyatlarning rivojlanishi, birinchi navbatda, o'sha jamiyatda yashayotgan insonlarning ongining o'sishi, atrof-muhitga nisbatan dialektik yondashuvlari va jamiyatini rivojlantirishga oid mafkura va g'oyalarning paydo bo'lishi bilan kechadi. Ularning natijasida Fan paydo bo'ladi. Insonlar bu dialektik aloqadorlikda yashayotgan ekan ,albatta, fanga ehtiyoj sezadilar. Misol o'rnida Misrliklar Nil daryosining toshish vaqtini ham aniq o'lchagan ? Qanday deysizmi? Nil sohilida dehqonchilik qiladigan aholi Nil timsohlarining tuxum qo'yishidan, Nilda suv satxining ko'tarilishi yoki tushishini bilganlar. Timsohlar suv toshadigan paytda tuxumini baland joylarga qo'yishar ekan ,aksi bo'lsa pastroq havzalarga tuxum qo'yisharkan.
Bu va shunga o'xshash kuzatishlar Qadiimgi Misrda dehqonchilik ilmi(Agrar) hozirgi kunda Maktab darsliklarida o'tilayotgan Zoologiya fanini paydo bo'lishiga sabab bo'lgan deyishimiz mumkin. Yana bir haqiqat borki, biz svilizatsiya va madaniyat tushunchasining ma'nolarini alashtirib yuboramiz. Ko'pchilik olimlar, minoy svilizatsiyasini yoki Mohenjadaro va Xarrapa svilizatsiyalarini zavolga yuz tutib vayron bo'ldi deb takidlaydilar.Ha , bu fikrga qo'shilaman, ammo svilizatsiyaning yo'q bo'lib ketishi uchun ,avvalo, madaniyat yo'qolishi kerak deb hisoblayman. Misol tariqasida Misr svilizatsiyasi, Misrnii milloddan avvalgi 525-yilda bosib olgan Kambiz II davrida ham mavjud bo'lgan. Ammo madaniyati o'zgargan bo'lishi mumkin, svilizatsiya emas. "Sivilizatsiya to'xtagandek tuyulishi mumkin, ammo u juda uzoq vaqt davomida mavjud bo'ladi: ular rivojlanadi, moslashadi, ularning o'ziga xosligi, o'ziga xos mohiyati -bu uzoq tarixiy davomligidandir"8 deb takidlaydi Samuel Handington.

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling