Mundarij a kirish I bob. Jamiyatga nisbatan formatsion yondashuvlar tahlili


Jamiyatning svilizatsion tahlilining o'ziga xosligi


Download 142.5 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1475614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bo`ronov Akobir Baxtiyarovich

2.2 Jamiyatning svilizatsion tahlilining o'ziga xosligi

Jamiyat va svilizatsiya bu ikki tushuncha qadimdan hozirgacha bir birini rivojlantirib, bir birining ichida yashaydi. Rivojlangan jamiyat har tomonlama, u xoh madaniy bo'lsin, xoh iqtisodiy, siyosiy bo'lsin,albatta, svilizatsiyani yuzaga keltiradi. Shu o'rinda svilizatsion yondashuv nima sababdan yuzaga keldi degan savol bugungi kun o'quvchilari uchun qiziq. Gumanitar ta’limda, XXI asr avlodlarining dunyoqarashini shakllantirishda insoniyat jamiyatining o’tmishi, buguni va kelajagini, jahon va lokal sivilizatsiyalar taqdirini qayta anglash markaziy o’rinni egallaydi. Bu sharoitda tarixiy jarayonni formatsion yondashuv asosida talqin qilishning bir yoqlamaliligi ayniqsa, bo’rtib namoyon qilish kuchayib borayotgan sharoitda. Yangi yondashuv vujudga keldi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o’rinli bo’lmaydi. Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo’llarini tanlashga o’rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo’ylab formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig’maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o’ziga xosligi va betakrorligi yo’qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi. Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha, nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.


Ma’lumki, formatsion yondashuv ob’yektiv ravishda mavjud bo’lgan, inson irodasiga bog’liq bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni asos qilib oladi. Sivilizatsion yondashuv esa tarixiy jarayonning turli-tuman ko’rinishlari, qirralarini hisobga oladi, bundan tashqari uning asosiy vazifasi inson va uning dunyoqarashi, ahloqiy va estetik qarashlarini o’rganishdir. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali yondashish har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotiga noyob va takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Bunday yondashish mohiyatan formatsiyali yondashishga ziddir. Sivilizatsion yondashuv asosan ko’p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha, nochiziqli yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonnii tushunishga nisabatan aynan shunday yondashuvdir. Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonning turli-tuman ko’rinishlari, qirralarini hisobga oladi, bundan tashqari uning asosiy vazifasi inson va uning dunyoqarashi, axloqiy va estetik qarashlarini o’rganishdir. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsion yondashuv har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotining noyob va takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Sivilizatsion yondashuv jamiyatda yuz bergan tarixiy jarayonlarni, ularning o’ziga xosligini chuqurroq anglash, har bir mamlakat tarixi bilan jahon tarixi o’rtasidagi umumiylik, o’ziga xoslik va betakrorlikni bir – biridan farqlashga, har bir jamiyatning qiymati va uning jahon tarixi va madaniyatidagi o’rnini aniqlash imkonini beradi. Bu yondashuvning eng muhim jihati tarixning ko’p qirrali va ko’p tarmoqli jarayon sifatida baholanishidir. Bunda tarixiy jarayonni tushunish uchun xalqlarning dini, madaniyati, mentalitetiga, ya’ni ma’naviy-ahloqiy va intellektual omillarga katta ahamiyat beriladi.


Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizatsiyani) o’rganadi, jamiyatni esa statik deb e’tirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi. Demak, bu ikki yondashuv bir-birini butkul rad etmaydi, har holda formatsion yondashuvning elementlarini sivilizatsion tahlilga kiritish mumkin, chunki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – sivilizatsion jarayonning muhim qismidir. Shu sababdan inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv yo’llarini izlash lozim. Bugungi kunda tarixning shunday bir sintetik talqini vujudga keladiki, unda mualliflar bu har ikki muqobil yondashuvlarning ijobiy g’oyalaridan foydalanishga va ularning kamchiliklari o’rnini to’ldirishga harakat qiladilar.


Formasion yondoshuvdan farq qilib, sivilizasion yondoshuv yagona, yaxlit tizimga tushirilgan ta’limot sifatida shakllangan emas. «Sivilizatsiya» tushuchasi (lot. cивилизе – fuqarolarga, davlatga xos) ilk bor XVIII asrda yevropalik ma’rifatparvarlarning asarlarida qo`llana boshladi. U jiddiy evolyusiyaga yuz tutib, hozirgi paytgacha bir qancha ma’nolarda qo`llaniladi. Dastlabki davrlarda u tabiat olami tuzilishidan farqli ravishda umuman insoniyatni, uning ijtimoiy tuzilishini anglatgan va birlik shaklda ishlatilgan. Keyinchalik u yovvoyilik va johillikdan keyin keluvchi ijtimoiy rivojlanish bosqichini bildirgan. so`ngra u qadriyaviy xususiyat kasb etib, madaniyat tushunchasiga, ayniqsa, individual va ijtimoiy xulq-atvor normativlariga singib ketgan ma’naviy madaniyat, ya’ni kishilar, xalqlarning mentalligi ma’nosiga yaqinlashib qoldi. Amerikalik olimlar A.Kreber va K.Klakxan 1952 yilda «madaniyat» terminining 164 ta ta’rifini e’lon qildilar va ko`p hollarda uni «sivilizasiya» termini bilan bir qatorda qo`llanilganligini qayd etdilar . «Sivilizasiya» va «madaniyat» tushunchalari ko`pincha sinonimlar sifatida ishlatib kelindi. XIX asrning ikkinchi yarmidan sivilizasiya tushunchasini butun bir xalqlar va mamlakatlarning rivojlangan holatiga, «oliy darajadagi madaniy tuzilmalar»ga tatbiqan, ko`plik shaklida qo`llanila boshlandi. 1861 yilda Zalsburgda insoniyat sivilizasion rivojining rang-barangli nazariyasini, tarixga madaniy-tarixiy yoki sivilizasion yondoshuvni shakllantira boshlagan madaniy-tarixiy maktab paydo bo`ldi. N.Ya. Danilevskiy (1822-1865), O.Shpengler (1880-1936), A.Toynbi (1889-1975), P.A.Sorokin (1889-1968) va boshqalar ushbu maktabning mashhur namoyondalari edi. Ularning har biri «sivilizasiya» terminiga o`z talqinlarini berganlar: Danilevskiy – «madaniy-tarixiy tiplar», Shpengler – «Yetuk madaniyatlar», Toynbi – «Lokal sivilizasiyalar», Sorokin – «Madaniy supersistemalar» g`oyalarini ilgari surishgan. Ularning ichida eng ommaviylashgani «lokal sivilizasiyalar» termini bo`ldi. Umuman olganda, madaniy-tarixiy yo`nalish namoyondalari sivilizasiyani odatda etnik chegaralar bilan mos tushmaydigan, etnoslararo xarakterga ega bo`lgan madaniyat tiplari tarzida tushunganlar. Lekin etnoslararo sivilizasiyalar muayyan madaniy markazlarning kuchli ta’siri ostida vujudga keladi. Xususan, Qadimgi Sharqqa nisbatan yaqin sharq, hind va uzoqsharq sivilizasiyalari, Evropaga nisbatan esa – antik sivilizasiya haqida fikr yuritilib, ular mos ravishda Qadimgi Mesopotamiya, Shimoliy Hind, Xitoy va Gretsiya ta’sirida paydo bo`lgan.
Sivilizasion yondoshuvda sivilizasion ayniyat (identichnost) mezonlari, ya’ni madaniyatning u yoki bu tipini qanday belgilar asosida aniqlanishi masalasi nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Shunga bog`liq holda ularning soni, klassifikasiyasi va o`zaro aloqadorligi muammosi turlicha hal etiladi. Masalan, O.Shpengler sivilizasiya shakllanishida dinning belgilovchi ahamiyat kasb etishini ko`rsatib, 8 ta buyuk madaniyatlar yoki sivilizasiyalar nomini keltiradi. Bular: misr, bobil, hind, xitoy, appolon (Yunon-rim), arab (afsunkor), Meksika, g`arb (faust) madaniyatlari yoki sivilizasiyalaridir .
A.Toynbi sivilizasion ayniylikning mezoni sifatida, din, tarix, til, an’ana va madaniyatni qabul qiladi hamda shu asosda 5 ta «jonli» sivilizasiyalarni ajratadi – g`arb xristianligi orqali birlashagn g`arb jamiyati; janubi-sharqiy Evropani Rossiya bilan birlashtirgan pravoslav-xristian jamiyati, Shimoliy Afrikadan tortib Buyuk Xitoy devori hududigacha bo`lgan – islom jamiyati, tropik-subkontinental Hindistondagi – hind jamiyati, Janubiy-Sharqiy Osiyoning subtropik va mo`’tadil hududlarida shakllangan – Uzoq Sharq jamiyati . N.Danilevskiy 10 ta sivilizasiyani yoki uning iborasi bilan aytganda, madaniy-tarixiy tiplarni farqlaydi. Bular: misr, ossuriya-bobil-finikiya-xaldey (qadimgi somiy), xitoy, hind, eron, yahudiy, yunon, rim, arab (yangi somiy), evropa (romano-german) sivilizasiyalaridir. Xulosa qilib aytganda, Svilizatsion yomdashuvda asosiy etibor jamiyatning madaniy jihatdan yuksalishiha qaratiladi .Formatsiyon yondashuvda yuqorida ko'rganimizdek, Jamiyatming iqtisodiy tamoyillariga ko'proq ur'u beriladi. Svilizatsion yondashuv bizga har bitta jamiyat yuzaga keltirgan tammadunlar boshqa jamiyatlarga qanday tasir etkanligi, shuning natijasida madaniyatlar transformatsiyasi qay tariqa yuzaga kelganligini ko'rsatib beradi. Misol uchun Hindixitoy yarim orolidagi davlatlar va Malakka yarim orolidagi davlatlar o'rtasida Svilizatsiya va madaniyatlar turli xil. Kambodja , Laos kabi davlatlarda Buddaviylik va Xitoy sviliatsiyasi kuchliroq ekanligini ko'rsak Indoneziya va Malayziada Musulmon svilizatsiyani namoyon bo'lganlini ko'rishimiz mumkin.


XULOSA

Biz ushbu ishimizda jamiyatga nisbatan ikkta asosiy yondashuvni ko'rib chiqdik. Bular Formatsion va Svilizatsion. Ushbu yondashuvlarning bir biridan farqlari va ularning asosiy suyanchi nima ekanligini yana bir bor takidlab o'tsam. Formatsiyaning mohiyatida Iqtisod yotadi, ya'ni ibtidoiy jamiyatdan bugungi rivojlangan jamiyatga yetib kelgunimizcha bu yomdashuv moliyaga borib taqaladi. Misol uchun o'rta asrlar feodal jamiyatida tovar xo'jaligi, qit'alar aro savdo aloqari vujudga kelishi va yangi yerlarni o'zlashtirilishi kapitastik jamiyatni yuzaga keltirdi. Endi biz eski feodal jamiyatni bunaqa rivojlanishdan keyin feodal jamiyat deb atay olmasdik. Formatsiya ,o'z navbatida, tadrijiy, ierarxik rivojlanuvchi tizimga o'xshaydi. Insoniyatning taraqqiyotining pog'ona-ma pog'ona shakklanishi ko'zda tutiladi. Karl Mark ta'limotiga ko'ra insonning eng yuqori darajadagi formatsiyasi bu kommunizim deb qaraladi. Bunga yetib borgan jamiyatning ko'rnishi qanday bo'ladi degan savolga ,shuni takidlagan bo'lardimki, insonlarning eng dastlabki jamiyatining eng yuqori ko'rinishi bo'ladi.


Formatsiyada butun insoniyat jamiyati umumiy yo'sinda olinadi. Men ko'rmadimki, Formatsiyaning rivojlanishga sabab bo'lgan bironta jamiyatga etibor qaratilganini. Inson paydo bo'lganini millodan avvalgi I mln yil deb olaydigan bo'lsak, Insonlar so'ngi paleolit davriga kelibgina olamshumul kashfiyotlar qilishdi( suniy olov, turarjoy, kiyim-kechak, mehnat qurollarining takomillashuvi va hokozolar) Shuncha vaqt oralig'ini (40-mingyillikgacha)bo'lgan davr mobaynini "ijtimoiy formatsiyada" ibtidoiy to'da jamiyatdi deb olishimiz qanchalik to'g'ri bilmadim. Men bunaqa shaklda olmaga bo'lar edim. Negaki, bu insoniyatning eng oldingi davridagi bunaqa kashfiyotlar shuncha yil oldin qilinmay, So'ngi paleolit davridga kelib qilindimi bu ham bir svilizatsiyaning bir ko'rinishi edi. O'sha davr uchun haqiqiy tammadun edi ,menimcha. Ammo Karl Mark va boshqa formatsiom yondashuv tarafdorlari bunaqa tamoyildan uzoqroq bo'lgan va shuning natijasida ikkinchi bir kuchliroq va hamma jabhaga aloqador bo'lgan yomdashuv paydo bo'lishi uchum zamin yaratilgan va Svilizatson yondashuvning paydo bo'lishiga turtki bo'lgan deyishim qaysidir ma'noda to'g'ri edi. Va bu yondashuv paydo bo'ldi ham .Svilizatsion yondashuv jamiyatning to'la mohiyatni qandag bo'lganligini ochib beradi. Insoniyat tarixini ko'pgina olimlar, jumladan Xantington ham 6ta asosiy svilizatsiya bosqichlarini ajratib o'tadi( Xan, Yapon, Hind, Islom, G'arb va Lotin Amerikasi) Jamiyatning bunday yondashuvi svilizatsiyalar o'rtasidagi dialektik aloqadorliklarni, ularning bir birini taqoza etganliklarni, har bitta jamiyatning ijtimoiy, madaniy jihatdan qay tarzda rivojlanganliklarini davrga asoslanib sinchiklab o'rganiladi. Bu yondashuv Jamiyatning rivojlanishi uchun va hozirgi kunda Davlatlarning svilizatsion tarixini o'rganish uchun eng muhim ta'limot sifatida xizmat qiladi. Svilizatsiy bu tammadun, Svilizatsiya -Madaniyat, Svilizatsiya jamiyat rivojining eng yuqori ko'rinishidir..



Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling