Mundarij a kirish i–bob. O’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirish ishlarini tashkillashtirishda sinfdan tashqari mashg’ulotlarning ahamiyati


Download 399 Kb.
bet13/20
Sana18.06.2023
Hajmi399 Kb.
#1587834
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
KURS ISHI

Fanlarararo to’garaklar ichida fizik-texnik to’garaklar eng keng tarqalgan mashg’ulot turi hisoblanadi. Bu turdagi to’garaklarda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarining mazmuni to’garakning nomidan kelib chiqadi. Bunda o’quvchilar fizika kursida o’rganiladigan muayyan qonuniyatlarning amaldagi tatbiqi bilan tanishadilar, bu esa ularning turli kasb-korlikda qo’llanilish asoslarini ham bilib olishga imkon yaratadi. Shuningdek, o’quvchilar model konstruksiyasi, uning detallarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqar ekanlar, texnologik bilim va o’quvlarni o’zlashtiradilar, model detallarini yasaganda esa ularning amaliy ko’nikmalari takomillashadi.
Fandan tashqari to’garaklar hozirgi vaqtda darsdan tashqari mashg’ulot sifatida keng tarqalgan. O’quvchilar faoliyatining mazmuniga ko’ra bu to’garaklar turli tuman bo’lishi mumkin. Mazkur xolda gap shunday fandan tashqari to’garaklar haqidagina boradiki, ularning ishlari uchun maktab ustaxonalaridan moddiy baza sifatida foydalaniladi yoki o’quvchilar faoliyati mehnat darslarida olingan bilim va malakalarga tayanadi. Hozirgi kunda maktablar va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatida o’quvchilar texnik ijodkorligi to’garaklarining quyidagi tiplarni vujudga kelgan:
Tayyorlov texnika to’garaklari (kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun). Ularda o’quvchilar jonli va oson shaklda texnika elementlari hamda eng oddiy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar, qog’oz, plastmassa, metall va boshqa materiallarga ishlov berish bo’yicha olgan boshlang’ich ko’nikmalarini rivojlantiradilar. O’quvchilar texnik o’yinchoklar, mashina va mexanizmlarning sodda modellarini, eng oddiy avtomatik qurilmalar, o’quv ko’rsatmali qo’llanmalar, maktab hamda uy-ruzg’or buyumlari va xokazolarni tayyorlaydilar. Bu tipdagi to’garaklar faoliyatida yasalgan o’yinchoqlar va modellar bilan o’yinlar xamda musobakalar o’tkazish muxim o’rin tutadi. Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko’ra aytish mumkinki, tayyorlov texnika to’garaklaridagi mashg’ulotlar keyinchalik o’rta va katta maktab yoshidagi o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishida barcha shakldagi mashg’ulotlar uchun propedevtik vazifani utaydi.

Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling