Mundarij a


II BO’LIM. O’QUVCHILARNING MILLIY HUNARMANDCHILIKKA OID IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI


Download 200.25 Kb.
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi200.25 Kb.
#1553241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Texnik Ijodkorlik va Dizayn

II BO’LIM. O’QUVCHILARNING MILLIY HUNARMANDCHILIKKA OID IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
2.1-§. Texnologiya darslarida o’quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni
O’quvchilarning milliy hunarmandchilik bo’yicha kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni hunarmandchilik tarmoqlari bo’yicha ijodkorlikning turlari, shakllari va uni tashkil etish usullari, shuningdek, o’quvchilarni hunarmandchilik bo’yicha ijodkorlikka tayyorlash nazariyasi va uning rivojlanish qonunlari hamda uning natijalarini amalga tatbiq etish tamoyillarini nazarda tutadi va uning jarayoni ham xuddi boshqa pedagogik faoliyatlar singari falsafaning dialektik va tarixiy qonunlariga asoslangan o’zining maxsus yo’nalishlariga ega va bu yo’nalishga,xususan, quyidagilar kiradi:
-ijodkorlikda izlanish, intilish, tekshirish metodlari ilg’or pedagoglar tajribasini o’rganish va umumlashtirish masalalari tahlili;
- ijodkorlik masalalarini echishning pedagogik asoslarini qiyosiy tahlil qilish;
-o’quvchilarning milliy hunarmandchilikka oidyaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning ob’ektiv tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash;
- aytilganlar asosida istiqbolli rejani belgilab olish va uni amalga oshirish.
Bu muhim masalalar o’quvchilarni milliy hunarmandchilik bo’yicha yaratuvchan ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonini ilmiy tashkil etish asosida hal etiladi va o’ziga xos ikki jihatga ega:
Birinchi jihati - milliy hunarmandchilikdagi yaratuvchantavsifga ega bo’lgan nazariy va amaliy muammoli masalalarningo’qituvchi tomonidan yoritilishi va o’quvchi tomonidan o’zlashtirilishini nazarda tutadi.
Ikkinchi jihati - o’quvchilarning mustaqil tarzda ishni hal qilishga oid bilimlardan unumli foydalaniladigan yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish. Jumladan, milliy hunarmandchilik bo’yicha o’quvchi dasturini tahlil qilish uning hozirgi zamon milliy hunarmandchilik bilan texnologik va tashkiliy tavsifdagi yaratuvchanlik va ijodkorlikka asoslangan hunarmandchilik tarmoqlari bo’yicha aloqa bog’lash uchun ko’plab imkoniyatlar mavjudligi aniqlandi. Ammo bu aloqalarni amalga oshirish ularni ilmiy asosda, didaktik jihatdan puxta o’ylab yondoshishni taqozo etadi[82,83]. Bu yondoshishga: vazifani nazariy o’rganish, kuzatish, maqsadni qo’ya bilish, faraz qilish, farazdan kelib chiqib, reja tuzish, tahlil qilish, umumlashtirish va amalda uni tayyorlash ko’nikmalari kiradi. Aytilganlarning barchasi o’quvchilarning ijodkorlik faoliyatida, ya’ni ijodkorlik jarayonida shakllanadi. Bu jarayon tuzilmasini ifodalash mumkin (2.1.1-rasm).




Download 200.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling