Mundarij a


Download 200.25 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi200.25 Kb.
#1553241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Texnik Ijodkorlik va Dizayn

Bo’limlar

5-sinf

6-sinf

7-sinf

8-sinf

9-sinf

1

Ro’zg’orshunoslik asoslari

4

4

6







2

Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi

46

46

44







3

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi










12

8

4

Ishlab chiqarish va tadbirkorlik asoslari










8

9

5

Kasb tanlashga yo’naltirish










4

7

1.1.1-jadvalda texnologiya fanining bo’limlariga ajratilgan soatlar miqdorini sinflar bo’yicha ko’rish mumkin. Bunda xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo’limi 8-9 sinflarda o’qitilishi rejalashtirilgan. Ammo 1-9 sinflardatexnologiya o’quv fanining barcha bo’limlari mavzulari tarkibida hunarmandchilikka oid mavzulari mavjudligini 1.1.1-jadvaldan ko’rishimiz mumkin.


1.1.2 – jadval
Texnologiya fani servis xizmati yo’nalishida hunarmandchilikka oid mavzularning taqsimlanishi



Sinflar

T.r.

Mavzular

5-sinf

1.

Qo’l ishlari va chok turlari

2.

Bichish va tikish

3.

Andaza tayyorlash

4.

Fartuk va bog’ichli qalpoqcha (ro’mol) bichish

5.

Kashtachilik san’ati

6.

Kashta uchun naqsh chizish

7.

Milliy o’yinchoq

8.

Qo’g’irchoq uchun ko’ylak va lozim tikish

6-sinf

1.

Zardo’zlik san’ati

2.

Kartonga naqsh tushirish va qirqish

3.

Zardo’zlik usulida buyum tikish

4.

Bosh kiyim turlari

5.

Sumka va uning turlari

6.

Sumkani tikish va bezash

7-sinf

1.

Dizayner-modeler kasbi

2.

Andoza tayyorlash

3.

Ro’zg’orshunoslik asoslari

4.

Ko’ylakning bichiq bo’laklariga ishlov berish

5.

“Quroqchilik” san’ati

6.

YOstiqcha tikish.

Ushbu mavzular bo’yicha o’quv materialllarini o’quvchilarga o’rgatishni texnologiya fani o’qituvchisi darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida amalga oshiradi.


Ta’limning qaysi bosqichida o’qitilishidan qat’iy nazar, har qanday fanning muhim vazifalaridan biri - ayni fan bo’yicha bilimlar tizimini shakllantirish jarayonini ta’minlash. Bilimlar tuzilmasining mantiqiy-genetik tahlili asosida bilimlar tizimida quyidagi asosiy elementlar ajratiladi: ilmiy dalil, tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, nazariy bilimlarning amaliy qo’llanilishi, olamning ilmiy manzarasi. Qayd etilgan bilimlarning tuzilmaviy birliklari barcha tabiiy va ijtimoiy fanlar uchun umumiy hisoblanadi3.
Avvalo, aytish joizki, kreativlik bashariyat tarixiy rivojlanishi jarayonida yuzaga kelgan fikrlash, tafakkur qilish va idrok etish usullari tizimini o’z ichiga oladi va u ilm-fan va shaxs tajribalarini o’zlashtirishni baholash mezoni sifatida namoyon bo’ladi. Buyuk kishilar, daholar hayoti va faoliyatini tahlil qilish, ular fe’l-atvorida maqsad sari qat’iy intilish kabi ajoyib fazilatlar muhim rolь o’ynaganligidan dalolat beradi.
Ko’hna tarixning guvohlik berishicha, ilm-fan inqilobining G’arbiy Evropadagi davri XV asrning ikkinchi yarmidan boshlangan bo’lsa, SHarq mamlakatlarida bunday uyg’onish yoki fransuzcha «Renessans» deb atalmish qudratli madaniy ijodkorlik harakati, xususan, O’rta Osiyoda, G’arbiy Evropadan ancha oldin IX - XI asrlardayoq ro’y bergan edi. O’rta Osiyo xalqlarining faxri hisoblangan hamyurtlarimiz buyuk olimlar: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad ibn Muhammad al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Mansur ibn Iroq, al-Bo’zjoniy, Abu Saxl al-Masixiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Abulqosim Mahmud ibn Umar az Zamaxshariy va boshqa ko’p tabarruk zotlar shu davrda yashab ijod etdilar.
Qobiliyat o’zi nima ekanligini bilmay turib, uning to’g’ri-noto’g’riligi haqida fikr yuritish qiyin. Buning uchun mazkur jarayon va hodisalar irsiyat bilan bog’liqmi, talant avloddan avlodga irsiy yo’l bilan o’tadimi? degan masalalarni hal qilib olmoq lozim.
Amaliy hunarmandchilik san’atida qobiliyatning avloddan avlodga o’tishi xususidagi ko’plab misollar shohidimiz. Masalan, Qo’qonlik Lutfulla Fozilov va Xivalik Madraim Otajonovlarning metallga gul o’yish san’ati avloddan avlodga o’tib kelgan. Jo’raqulovlar 300 yildan buyon kulolchilik bilan shug’ullanishadi. Toshkentlik o’ymakor usta Toir To’xtaxo’jaev, musiqa asbobsozi Usmon Zufarov va shu kabi ustalar ham ota-boblari san’atini davom ettirishgan.
Insonda muayyan kreativlik qobiliyatining shakllanishida tashqi muhit va irsiy munosabatlar ma’lum darajada rolь o’ynashiga odamlar qadimdayoq e’tibor berishgan. Qadimgi Sparta quldorlik davlatida shu davlat uchun maqbul shakllar yaratishga harakat qilganlar, biroq tarixdan ma’lumki, bu tadbir achinarli ahvolga olib keldi.
Keyinchalik bir qancha tadqiqotchilar daholarning kreativ qobiliyatiborasida tuzgan sistema va sxemalarda ularning shajaralarini tasvirlashdi.
Kreativlik qobiliyatining shakllanishida irsiy qonuniyatlarning mazmun-mohiyati haqida gapirar ekanmiz, genetik (genetika-hayvon va o’simliklar irsiyoti, uning o’zgaruvchanligi haqidagi fan) ijtimoiy sharoitga ahamiyatikatta. “Kishi,-ijtimoiy organizm, demak, u ijtimoiy muhitsiz yashay olmaydi”.
Bizningcha, milliy hunarmandchilik ishlari bo’yicha kreativlik - o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini ochib berishda har bir o’quvchining diqqatini yanada oshiruvchi har bir ishning o’ziga xosligi, yaratuvchanligini, mustaqil fikrlashini, tabiat go’zalliklariga yangilik kiritib, yanada jozibador naqshlar, ijod namunalarini ishlab chiqishga amalda tadbiq etish hisoblanadi.
SHu o’rinda o’z zamonasining etuk olimi, juda ko’p tillarni bilgan, faylasuf, matematik va shifokor SHarqda “Muallimi avval” (“Birinchi muallim”) unvonini olgan Aristoteldan keyin “Muallimi soni” (“Ikkinchi muallim”) degan nom olgan Abu Nasr Forobiyning yozgan asarlaridagi fikrlari butun jahon xalqlari, jumladan SHarq va O’rta Osiyo xalqlarining inson kamoloti haqidagi pedagogik nazariyasining yuzaga kelishi va rivojlanishidagi roli benihoya kattaligini alohida ta’kidlashga ehtiyoj seziladi. U qobiliyatning mohiyatini “...insonga uning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishiga xalaqit beruvchi qobiliyatlari va o’rgangan ixtiyoriy harakatlari inson yomonligi va aksincha, insonga uning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishiga yordam beruvchi qobiliyatlari va o’rgangan ixtiyoriy harakatlari inson yaxshiligidir”, deb izohlaydi. SHuningdek, u inson qobiliyatning ahamiyatini “Inson hayotining oliy maqsadi ham baxt-saodatga erishuvdan iborat. Insonning baxtli bo’lishi esa uning qobiliyati va irodasiga bog’liq. Inson yuksak kamolotga erishuv yo’lida harakat qilgandek, aqliy bilishga ham harakat qilsa, hech shubhasiz, o’zi intilayotgan so’nggi darajadagi baxt-saodatga erishadi” deya e’tirof etadi.
Forobiy tug’ma mutlaq g’oyalar va daholik qobiliyatlarni tan olmaydi. Ammo tug’ma fazilatlar fikriy fazilatga bo’ysunishi kerak. Insonning kasb-hunar va san’atdagi fazilati tug’ma emas. “Agar kasb-hunar fazilati tug’ma bo’lganda, podshohlar ham o’zlari istab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo’lgan, tabiat talab qilgan tabiiy bir majburiyat bo’lib qolar edi.
Kasb-hunar fazilati tug’ma bo’lmas ekan, “xalqlar va shahar ahllarida axloq, odob, rasm-rusum, kasb-hunar, odat va irodani hosil qilish uchun insondan zo’r kuch va qudrat talab qilinadi. Bu ikki yo’l bilan ya’ni ta’lim va tarbiya bilan qilinadi. Ta’lim degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida amaliy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’z.
“Ta’lim,- deya u so’zini davom ettirib, - faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, ... kasb-hunarga berilgan. bo’lishi, o’rganishi" . Bu ishni ustozlar va murabbiylar bajaradilar, deydi.
Biroq mutlaqo kreativlik qobiliyatisiz, iste’dodsiz (ruhiy va fiziologik jihatdan normal kishilar nazarda tutilyapti, albatta) va haddan tashqari kreativlik qobiliyatli inson ham yo’q. Har bir shaxs muayyan qobiliyatga ma’lum darajada moyil bo’ladi. Bunday qobiliyatlar qulay ijtimoiy sharoitlar mavjudligidagina imkoniyatdan kreativ voqelikka aylanishi mumkin.
Kreativlik qobiliyati muayyan genetik imkoniyatning ijtimoiy va tarixiy sharoitlar bilan o’zaro muqarrar va murakkab ta’siri orqaligina vujudga keladi.
Bularning hammasi ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq muhit va ta’lim-tarbiya mahsuli bo’lmish inson faoliyati mohiyatidan ajralmas, uning me’yoriy-ijodkorlik mehnati samarasi bilan izohlanadi.
Muayyan kreativlik qobiliyatining “nishonalari” har bir kishida bor, biroq ularning rivojlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan sharoitlarida tarkib topgan ijodkorlik mehnatiga bog’liq.
Qobiliyatlarning ijtimoiy shakllanishi barqarorlik va o’zgaruvchanlik o’zaro ta’sirining juda murakkab jarayoni. Ushbu muammoni hal etish dialektikasi mazkur jarayonda ijtimoiy va genetik hodisalarning dialektik o’zaro ta’sirini e’tirof etishni talab qiladi. Barqarorlik va o’zgaruvchanlik imkoniyat va voqelik jarayonlarining o’zaro ta’sirini nazarda tutadi. Ijtimoiy omil muayyan kreativlik qobiliyati nasliy “nishonalari”ning shakllanishi hamda namoyon bo’lishi uchun zarur va asosiy sharoit hisoblanadi. Imkoniyat tarzidagi irsiy “nishonalar” faqat ijtimoiy omillar orqaligina voqelikka aylanishi mumkin.
Genlarning muayyan uyg’unlashuvidan hosil bo’ladigan nasliy “nishonalar” ijtimoiy sharoitlardan tashqarida, quruq, mavhum yo yuzaki imkoniyatdangina iborat bo’lib qoladi. Biroq muayyan qobilyatning ma’lum nasliy “nishonalari” ob’ektiv bo’lishi lozim, chunki har qanday maqbul ijtimoiy sharoitda ham yo’qdan hech nima bor bo’lmaydi. Darhaqiqat, masalan, qobiliyatsiz hunarmandga ijtimoiy jihatdan risoladagidek sharoit yaratib bergan bilan, u buyuk ijodkor bo’lish u yoqda tursin, hatto uning yaqiniga ham yo’lay olmaydi.
O’quvchilarning milliy hunarmandchilik bo’yichakreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasida o’ziga xos murakkabliklar mavjud. CHunkitexnologiya fani o’qituvchisining pedagogik faoliyatida xalq hunarmandchiligi texnologiyasi va ta’lim texnologiyasi yagona tizimni tashkil etadi. Biroq ularning orasidagi o’zaro rasional (muvofiq) aloqadorlik, ya’ni o’quvchilarni butun o’quv faoliyati davomida tegishli sinflarda kreativlik (yaratuvchan ijodkorlik)ka tayyorlash (shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish) masalalariga majmuaviy yondashuv masalasiga hozirgacha deyarli e’tibor berilmayapti. Natijada, o’quvchilarning kreativlik qobiliyati va pedagog (o’qituvchi) larning kasbiy faoliyati mutanosibligi mezoni va jarayoni orasida uzilishlar ro’y bermoqda.
“Kreativlik” tushunchasi barcha hollarda u yoki bu jihatdan tevarak atrofni o’rab turgan holat, voqea yoki hodisalar mohiyatini oqilona o’rganib, uning ijobiy tomonlarini ochib berib, jamiyatning istiqbolli kelajagiga yo’naltirishdan iborat.
Bu muammoning ijobiy echimi o’quvchilarning milliy hunarmandchilik bo’yichakreativlik qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi predmeti, tarkibi, maqsadi, vazifalarini to’g’ri shakllantirishga bog’liq.
YUqoridagi fikrlar ijodkorlik jarayoni tahlili uning predmeti, tarkibi, maqsadi va vazifalari ham tarixiy-ijtimoiy taraqqiyot mahsuli ekanligidan dalolat beradi. Bu ma’lumotlar umumiy holdagi ijodkorlik (badiiy, ilmiy, texnikaviy, ma’naviy, falsafiy va hokozo)ning mohiyatini aniqlab olishga yordam beradi.
O’quvchilarda ijodkorlik va kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish yo’llari,natijalari1.1.1-rasmda klaster (tarmoqlar) ko’rinishda keltirilgan.



Кайфият

Қобилиятлар




Download 200.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling