Mundarij a


-rasm.B.Blum taksonomiyasining asosida milliy hunarmandchilikni o’zlashtirish komponentlariga tatbig’i


Download 200.25 Kb.
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi200.25 Kb.
#1553241
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Texnik Ijodkorlik va Dizayn

2.1.4-rasm.B.Blum taksonomiyasining asosida milliy hunarmandchilikni o’zlashtirish komponentlariga tatbig’i.
SHaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o’z mohiyatiga ko’ra, jarayon tarzda namoyon bo’ladi. Kasbiy etuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g’oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo’lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o’zgarishining o’zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenizi – tug’ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog’liq.
Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko’nikma va kompetensiya malakalarning integrasiyasi sifatida aks etadi. Biroq kasbiy-ijoiy faoliyat ko’nikmalarining o’zlashtirilishi nafaqat amaliy ko’nikma va malakalarning integrasiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo’lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ tavsifga ega shaxsiy sifatlarining etarli darajada o’zlashtirilishini talab etadi. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o’zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyati va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog’liq.
YAratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish uzoq va murakkab jarayon bo’lgani uchun bu yo’nalishdagi ishlarga har bir fan o’qituvchisi o’z faoliyatining birinchi kunidanoq katta mas’uliyat bilan qarashi lozim bo’ladi. Milliy hunarmandchilik vositasida o’quvchilarning yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish o’ziga asosiy uchta turdagi ijodkorlik masalasini qamrab oladi.
1. Hunarmandchilikda konstruksiya uyg’unligi masalalari. Bu masala: a) buyumning mustahkamligi, turg’unligi va ishonchliligini oshirishni;
b) zararli ta’sir yoki hodisani bartaraf qilish usulini;
v) buyumni tayyorlash bilan bog’liq uning shakli eng muvofiq bo’lishini, ularni mustahkamlash, materiallarni to’g’ri tanlash va zarur bo’lganda boshqasiga almashtirish kabi ishlarni to’g’ri aniqlashni;
g) buyumni ishlatishga qulay, estetik yuqori va engil bo’lishi uchun o’zgartirishlar kiritishlarni nazarda tutadi.
2. Texnologik masalalar. Bu masalalar: a) belgilab olish va nazorat qilishning eng muvofiq usullarini tanlashni; b) qiyin operasiyalarni bajarishni engillashtirishni, ortiqcha zo’riqish, vaqt va materialni tejab ishlatishga imkon beruvchi texnologiyalarni tanlashni; v) o’zining toliqmasdan ishlashini ta’minlovchi texnologiyalarni tanlashni: g) buyumni tanlash sifatini yaxshilashni ta’minlovchi operasiyalar bajarish texnologiyalarinii tanlashlarni ko’zda tutadi.
3. Tashkiliy masalalar. Bu masalalar: a) mehnatni muvofiq tashkil qilishni; b) ish joyini muvofiq rejalashtirishni; v) qurol va moslamalardan texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda foydalanishni;
g) ishni bajarish usullarini takomillashtirishlarni nazarda tutadi.
Mazkur o’quvchilarning yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari o’z navbatida ularni amalga oshirishiing o’ziga xos rejasini ishlab chiqishni talab qiladi. Tajribalarning ko’rsatishicha, ishni to’g’ri rejalashtirishda quyidagi omillarni e’tiborga olish lozim bo’ladi:
1.Zarur moddiy-texnik baza bilan ta’minlash (ish joyi, kerakli asbob-uskunalar, ko’rgazmali vositalar).
2.O’quvchilarning qiziqishi, moyilligi va qobiliyatiga ko’ra to’garaklarga tanlab olish;
3. To’garakda mashg’ulot o’tkazishning shakllari va usullarini muvofiq tashkil qilish (guruhiy, zvenoli, individual, so’zlab berish, bayon qilish, namoyish qilish, texnik masala echish, ijodkorlik o’yinlari, trening, izlanish strategiyasi va hokazo);
4. Ko’rgazma, ko’rik-tanlovlar tashkil qilish va yakun yasash.
Barcha so’z yuritilgan ijodkorlik ishlari masalalari echimi va ularni rejalashtirishlar o’z navbatida o’quvchilar ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlarini o’zida mujassamlaydi. Ushbu tashkiliy pedagogik jihatlar doirasida o’quvchilar har xil ob’ektlarda faoliyat ko’rsatadilar. Ammo ular uchun har xil bo’lgan texnik ijodkorlik ishlari mazmuni va bajarilishi ketma-ketligi esa taxminan bir xildagi bosqichlarni taqozo etadi, bunga quydagilar kiradi:
1. Qo’yilgan ijodkorlik masalasiga oid manbalarni o’rganish va tahlil qilish;
2. Buyumga oid chizma, eskiz, loyihalash ishlarini bajarish;
3. Buyumni tayyorlash;
4. Estetik jihozlash;
6. Amalda sinab ko’rish va kuzatilgan nuqsonlarni bartaraf qilish;
7. Ijobiy natijalarni jamoatchilikka taqdim qilish (maqola, tanlovga qatnashish va hokazo).
YUqorida bayon etilganlarga, asosan, o’quvchilarning yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari asosiy yo’nalishlariga quydagilarni kiritish mumkin.

  1. Zamonaviy milliy hunarmandchilikka oid tamoyillar haqidagi bilimlar bilan o’quvchilarni qurollantirish va shu asosda fikrlashini kengaytirish.

  2. O’quvchilarda bilimlarini milliy hunarmandchilikka oid yaratuvchanlik masalalarini hal etish uchun qo’llash qobiliyatini, bilim hamda ijodiy-fikrlashini rivojlantirish.

  3. O’quvchilarning eng ko’p tarqalgan ijodkorlik masalalarini echish usul va tamoyillari mohiyatini o’zgarishlarini ta’minlash.

  4. Jamiyatga xos shaxsiy ma’naviy sifatlarni shakllantirish, tashabbuskorlik, o’z ishiga ishonchlilik sinchkovlik ruhida qarash va tanqidiy munosabatda yondashish.

SHunday qilib, o’quvchilarning yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning yuqorida bayon qilingan masala, reja va usullarini o’quvchilarning o’ziga xosliklariga, ulardagi ijodiy-fikrlash doirasi rivojlanganligi darajasiga muvofiq keladiganini tanlash o’quvchilar yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishni yanada yuqoriroq bosqichga ko’tarish imkonini beradi.



Download 200.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling