Mundarij a


-rasm. Ijodkorlik jarayonining umumiy tuzilmasi


Download 200.25 Kb.
bet7/12
Sana17.06.2023
Hajmi200.25 Kb.
#1553241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Texnik Ijodkorlik va Dizayn

2.1.1-rasm. Ijodkorlik jarayonining umumiy tuzilmasi
Mazkur tuzilma garchi shartli bo’lsa-da, tegishli ijodkorlik jarayonining mantiqiy ketma-ketligi va yo’nalishini etarlicha ifodalaydi. Ushbu yo’nalishdagi izlanishlar natijalarining ko’rsatishicha ushbu sxema o’quvchilarda milliy hunarmandchilikka oid yaratuvchan ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantirishning boshlang’ich asosi bo’lib xizmat qila oladi. Ammo, o’quvchilarning bu faoliyatda, muammoni qo’yish uchun rahbarning o’quvchiga bergan ijodkorlik vazifasi birinchi o’ringa o’tishi maqsadga muvofiq, chunki unda bajariladigan ishning maqsadi va unga bo’lgan ehtiyoj o’quvchining ijodkorlik qobiliyati darajasida o’z aksini topadi. Ijodkorlikda tanlangan mavzu va yo’nalishning vazifasi o’quvchilarni izlanish va intilish faoliyatiga jalb qilishning asosi hisoblangani uchun u ularning amaliy ishni bajara olish ko’nikmalarini shakllantirish hamda yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning zaruriy vositasi bo’lib hisoblanadi[68,130]. Aytilganlar, ijodkorlik masalalarini echishda yaratuvchanlik ko’nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishning mohiyati va strukturasini to’laroq tavsiflashni taqozo etadi.
YAratuvchanlik ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish deganda o’quvchilarni berilgan ijodkorlik masalalarini echishdagi amaliy vazifalarni bajarish bilan bog’liq ketma-ketliklardan oqilona foydalanishga o’rgatish tushuniladi.
YUqorida aytilganlarni hisobga olganda bu vazifalarni bajarishning quyidagi ketma-ketligi maqsadga muvofiq bo’lib, uni bajarish bosqichlariga quyidagilar kiradi:
1. Topshiriq (ishning maqsadiga qo’yilgan talabni oydinlashtiradi).
2. Muammoni qo’yish (Nima noxush edi?, Nega shunday?, Nima qilmoq kerak? degan savollarga javob berish talab qilinadi).
3. Taklif qilinayotgan g’oya farazni asoslash. Uni tekshirib ko’rish bo’yicha taxminiy tajribalar o’tkazish.
4. Taklif qilingan variantlarni muhokama qilish va eng muvofig’ini tanlash,uning prinsipial chizmasini ishlab chiqish.
5. Buyum, asboblarni tayyorlash.
6. Sinab ko’rish va muhokamadan o’tkazish.
7. Nuqsonlarni bartaraf qilish va tayyorlash.
8. Undan amalda foydalanishga tatbiq etish.
9. Hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish.
Bu jarayon faoliyatida o’quvchilar o’z topshirig’ini ishlab chiqish va bajarishda amaliy yangilik tavsifga ega bo’lishiga alohida e’tiborni qaratilishi muhim hisoblanadi.
1. O’quvchining dastlabki tajribasi va bilimlari etarli emasligi;
2. Muammoni echish yo’li o’quvchi uchun ancha murakkabligi.
Bu qiyinchiliklar maqsadiga qaratilgan muayyan qo’shimcha o’quv, maslahatlar va boshqa yordamchi vositalar tahlili orqali bartaraf etiladi.
Bu vaziyatda rahbarning quyidagi yordamlari zarur bo’ladi:


  1. Download 200.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling