Mundarij a


Download 200.25 Kb.
bet11/12
Sana17.06.2023
Hajmi200.25 Kb.
#1553241
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Texnik Ijodkorlik va Dizayn

XULOSALAR
Olib borilgan ilmiy-pedagogik tadqiqot natijalarining tahlili va yakunlariga asoslangan holda quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini elektron axborot ta’lim muhitidarivojlantirishga qaratilgan “Texonology crafts” Web sayti vositasida (elektron axborot ta’lim muhitini yaratish, ta’lim platformasini tashkil etish, ma’lumotlar bazasini yaratish, audio va video materiallari, adabiyotlar bazasini yaratish, ZOOM orqali mashg’ulotlarni tashkil etish va o’quvchilar bilimini nazorat qilish) pedagogik jarayon funksiyalari va imkoniyatlari asoslandi.

  2. Pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari va tashkil etish shakllari (auditoriya va auditoriyadan tashqari), mazmuni, mexanizmlari va o’quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirildi.

  3. O’quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida rivojlantirish imkoniyatlari texnik-texnologik ob’ektlarni yaratish, mustaqil fikrlash, hunarmandchilikka oid atamalarni o’zlashtirish, ijodiy faoliyat bosqichlarini hamda an’anaviy va elektron axborot ta’lim muhitini qiyosiy tahlil etish asosida ochib berildi.

  4. O’quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan elektron axborot ta’lim muhiti (“Teshnology crafts” Web sayti)ning ta’lim jarayoni intensivligi va samaradorligini oshiradi.

  5. Pedagogik jarayonda nazariy bilimlar va amaliy harakatlarning uzviyligini ta’minlagan holda, o’quvchilar bilimini nostandart testlar asosida baholash va jarayon samaradorligi oshishini ta’minlashga qaratilgan innovasion yondashuvning o’rni va roli aniqlandi.

  6. O’quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishda “Texonology crafts” Web sayti va (BBBX metodi, Klaster(tarmoqlar) jadvali, VENN diagrammasi hamda Rolli o’yini metodi) hamda “Hand craft”, “Magik finger Art” metodlari qo’llanilishi natijasida amaliy mashg’ulotlarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim muhiti yaratildi.

  7. O’quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini hamda tayanch kompetensiyalarini shakllantirish, shuningdek, innovasion fikrlash doirasini kengaytirish, xotirasini o’stirish ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan elektron dasturlar va metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

  8. Umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilarining hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan innovasion ta’lim texnologiyalarining samaradorligi tajriba-sinov ishlari natijalari asosida tahlil qilinib, “Texonology crafts” Web saytini darsda va dasrsdan tashqari mashg’ulotlarda qo’llash an’anaviy yondashuvga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar tajriba-sinov ishlarining samarali bo’lganligini tasdiqladi.

YUqorida keltirib o’tilgan xulosalarni inobatga olib, quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan innovasion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish;
texnologiya fanini o’qitishda o’quvchilar kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishda elektron axborot ta’limi va mulьtimedia vositalaridan foydalanish;
elektron axborot ta’limi muhitida o’quvchilarning hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish uchun boshlang’ich sinfdanoq ularni bosqichma-bosqich mustaqil ijodiy ishlarga va hunarmandchilik elementlarini o’rganishga tizimli o’rgatish.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Download 200.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling