Mundarija: Kirish 1-bob Turli yosh guruhlarda til va nutq mashg'ulotlarini loyhalashtirishning nazariy asoslari


Download 27.56 Kb.
bet2/6
Sana11.01.2023
Hajmi27.56 Kb.
#1088926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
моҳим01

Kurs ishi obyekti: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg‘ulotlar jarayonidan foydalanildi.
Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida til va nutq tasavvurlarni shakllantirish jarayonini tashkil etish mazmuni shakli usul va vositalari
Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida til va nutq tasavvurlarni shakllantirish jarayonini tashkil etishni o‘rganishdan iborat.
Kurs ishi vazifalari: Har qanday masalani yoki ishni bajarishdan oldin ma'lum bir reja tuziladi va shu reja asosida bajariladi. Mazkur kurs ishimizning oldiga quyilgan maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarishga asosiy e'tibor qaratildi.
1. Mazkur kurs ishi hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri ekanligini hayotiy dalillar orqali isbotlash va mavzuning ilmiy-nazariy ahamiyatini asoslab berish.
1. Turli yoshdagi bolalarga til va nutq tasavvurlarlarni shakllantirish nazariyasiga oid tushuncha hosil qilish.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida til va nutq jarayonini tashkil etishga oid ilmiy - metodik ishlarni ishlab chiqish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati :Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda turli yosh guruhlarda til va nutq mashg'ulotlarini to‘g‘ri tashkil qilish va loyhalashtirish natijasida bolalarda yangi bilimlar shakllanadi,nutqi rivojlanadi,lug'at boyligi oshadi,bolani sog'lig'i, kayfiyati yaxshilanadi.
Ishning tuzilishi va hajmi : Kirish , 2 - bob , 4 - paragraf , 6 ilovalar, xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1-bob Turli yosh guruhlarda til va nutq mashg'ulotlarini loyhalashtirishning nazariy asoslari
1.1Maktabgacha talim yosh bolalarda til va nutq mashg'ulotlarini rivojlantirishning ahamiyati.

Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri so’zlash qobiliyatidir.Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir.Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizmi orqali amalga oshiriladiki,bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o’ynaydi,nutq faqat inson uchun xos bo’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir,nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi; til-bu fonetik leksik va grammatik vositalar tizimidir odam nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va tog’ri bo’lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilishi zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o’rganib kelayotgan sohadir.Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatiga uning psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nuqtiy muomalada ko’zga tashlanadigan o’zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo’ladi.


O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi qonunning 23 -moddasiga ko’ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tashkil etish – inson haqida g`amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin namunalaridan biridir. O`zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamni tashkil etish maxsus maktab internatlar, professional mehnat kollejlarida maxsus guruhlar; zaif ko`ruvchi va zaif eshituvchi,o`g`ir nutq nuqlari bor bolalalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari,maxsus maktab internatlar,o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida nutqiy sinflar; nutqiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari,maktab internatlar; harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan maktab-internat; o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida logopedik puktlar ishlab turibdi.
Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologolingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an’analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo`ladi, bola nutqining obyektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin vaO.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni bir nechta yo`nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllanirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko`nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).
“Bola nutqini rivojlantirish” hodisasining o`zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o`tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu “u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bo`lgan ko`plab tashqi va ichki munosabatlar” (B.F.Lomov) hodisasini o`rganishda namoyon bo`ladi. Nutq-til tizimi ko`plab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma’noni so`zga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bog`liq bo`lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya’ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar.
Nutq-bu tilni ishga solish jarayonidir. Subyektning nutqiy faoliyati ichki vositasi va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o’z ichiga oladi. Nutq bu psixik xodisa, kishilarning shaxslararo o’zaro muayyan hamkorligi sharaoitlarida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo’lgan shaxs mulkidir. Utildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoy mulki hodisasidir.
Til millatning noyob xazinasi bo`lib, doimo og`zaki va yozma holda, namoyon bo`lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so`zlayotgan kim bo`lishidan qat’i nazar, nuri hisoblanadi. Tilning olijanob imkoniyatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo`lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So`z va g`azal sultoni A.Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. “Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo`lib chiqsa tilning manfaatidir”.
Demak, til qanchalik zo`r bo`lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo’lar ekan. Agar til o’q bo’lsa, nutq kamondir. O’qning qudrati, kamonning qudratiga bo’g’liq.
Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzodlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro’yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilishi vositasi bo’luvchi qudratli quroldir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ayniqsa nisbatan nutqning ikki shaklini- dialogik va monologik shakllarini ko’rib chiqish lozim. Dialogik ikki yoki bir necha so’zlovchining biron-bir vaziyat bilan bo’g’liq mavzudagi fikrlarning holda, sintaksik jihatdan sodda bo’lgan darak, undov (iltimos, talab), so’roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi. Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil vositalardan foydalangan holda dialog tuzish- so’rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va hokazolar zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolalarning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasadagi hyoti, uning do’stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog’liq turli xil mavzulardagi suhbat o’tkazishdan foydalanish lozim. Qayd etilgan malaka va ko’nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Til va nutq o‘stirish mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Maktabgacha taʻlim nutqini o'stirish;
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar lug'atini boyitish;
3 Maktabgacha yoshdagi bolalarga nutkning grammatik tomonini amaliy o'rgatish, so'zlarning gapda o'zaro birikishi va gap xosil kilish uchun zarur bo'lgan turli grammatik shakllar, ko'shimchalardan foydalanishni o'rgatish;
4. Bolalarda nutkning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutk tovushlarini to'g'ri talaffuz qilish, ovoz-ohangni tushunish, nutkiy nafas olishni to'g'ri bajarishni shakllantirish;
5. Maktabgacha taʻlimda bolalarning nutkni tushunish, tinglash malakalarini shakllantirish, kattalarga nutk orkali murojaat kilish, dialogik va monologik nutkini o'stirish, hikoya tuzishga o'rgatish;
6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, Hikoyalarni o'rganish, asar mazmunini tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o'rgatish kitobga bo'lgan muhabbatni shakllantirish;
7. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni rivojlantirish va ularni maktab taʻlimiga tayyorlash.

Download 27.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling