Mundarija kirish. 3 I bob. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishning ilmiy- nazariy asoslari


Download 145.58 Kb.
bet1/26
Sana04.04.2023
Hajmi145.58 Kb.
#1323416
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q



MUNDARIJA
Kirish. 3
I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI
1.1 Boshlang‘ich sinflar tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirish pedagogik muammo sifatida. 10

    1. Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari va turlari 19

    2. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvoli 28

  1. bob yuzasidan xulosalar… 31

  1. BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLAR TARBIYAVIY ISHLARINI

TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    1. Boshlang’ch sinf ertaliklarini texnologiyalashning mazmuni 32

    2. Boshlang’ch sinflarda ko’rik tanlov va sayohatlarni texnologiyalash 42

    3. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlarining ahamiyati 47

  1. bob yuzasidan xulosalar… 57

  1. BOB. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish jarayonining samaradorlik darajasi

    1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining tarbiyachilik o`rni 58

    2. Tajriba-sinov ishlari tahlili 75

  1. bob yuzasidan xulosalar… 78

Umumiy xulosalar 80
Foydalanilgan adabiyotlar. 83
Ilovalar 87

K I R I SH


Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama barkamol insonlar shaxsini shakllantirish masalasi bilan bog'liq. Buning uchun esa avvalo ularning ongida yangicha dunyoqarashni, mustaqil fikrlashni, mustaqil yashashni, mustaqil ishlashni hamda axloqiy fazilatlarni yuksak darajada shakllantirish kerak. Shu bilan birga ularda Sharqona odob-ahloqqa xos bo'lgan barcha hislatlar, fazilatlar jumladan: kattalarga hurmat, shirin so'z, mehribonlik, yurtni e'zozlash, saxiylik va ilm egallash kabilar mujassam bo'lmog’i lozim. Bu borada bizga asosiy manba bo'lib milliy qadriyatlar hisoblanadi. Chunki, bizning millatimizga xos bo'lgan axloqiy qarashlar, tartib- qoidalar barchasi ana shu milliy qadriyatlarda mujassamdir.
Prezidentimiz I.Karimov “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” asarida yoshlarimizning tarbiyasiga alohida to'xtalib, «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to'g'risida g'amxo'rlik qilish, ochiq ko'ngillilik, millatidan qat'iy nazar odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda bo'lish, o'zgalar kulfatiga hamdard bo'lish va o'zaro yordam tuyg'usi kishilar o'rtasidagi munosabatlarning me'yori hisoblanadi. O'zbeklar diyoriga, o'z Vataniga mehr- muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma'rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat- ehtirom O'zbekiston aholisiga xos fazilatdir”1- degan edi.
Darhaqiqat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tavoze, sahovat, shirinsuhanlik, o'zidan kattalarni hurmat qilish, ota-onani e'zozlash, ilm egallash, to'g'ri so'zlik, mehmondo'stlik, bag'rikenglik kabi insoniy fazilatlar barchasi shaxsning axloqiy qadriyatlari turkumiga kiruvchi xalqimizning eng ezgu hislatlaridan biridir. Bizning vazifamiz xalqimizning ushbu qadriyatlarni yanada churroq o'rganish, ularni ta'lim tarbiya jarayoniga tadbiq etish hamda boshlang'ich sinflardanoq o'quvchilar shaxsini shakllantirishda ulardan tarbiya vositasi sifatida foydalanishdan iboratdir.
Bizga ma'lumki, shaxsning shakllanishi tarbiya jarayonida amalga oshiriladi, tarbiya esa bola dunyoga kelgan kundan boshlab amalga oshiriladi. Rivoyat qilishlaricha, bir kishi ikki oylik farzadini Ibn Sino huzuriga olib boradi va bolasining tarbiyasi bilan qachondan boshlab shug'ullanish lozimligini so'raydi. Ibn Sino esa afsus siz ikki oyga kech qolibsiz, degan javobni beradi. Bu rivoyatdan qo'rinib turibdiki, bola tarbiyasi kechiktirib bo'lmas masaladir.
Milliy qadriyatlarimizda mavjud ma'naviy merosda, ayniqsa, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Jomiy singari ma'naviyatimiz durdonalari bo'lgan mutafakkirlarning shaxs tarbiyasi haqidagi ko'plab fikr-mulohazalari ham bugungi kunda har bir inson uchun, ayniqsa, yoshlar shahsini shaqllantirish uchun qimmatli tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barqamollikka etqazish va uning bashariyat jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun avvalo bolalarni jismoniy va fikriy
tarbiyaga da'vat qiling, keyin axloqiy quvvatlarini muhokama orqali tushuntiring, ularni yaxshi (foydali) ishlarga odat qildiring, yomon ishlardan nafrat uyg'oting – deb ta'kidlagan edi, Abdurauf Fitrat.

Download 145.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling