Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Art terapiya kitobi
Psixoterapevtik ertaklar. Bu kabi ertaklar voqealarning chuqur
mazmunini ochib beruvchi ertaklar hisoblanadi. Psixoterapevtik hikoyalar koʻpincha odamni savol bilan qoldiradi. Bu esa oʻz navbatida, shaxsiy oʻsish jarayonini ragʻbatlantiradi. Koʻpgina psixoterapevtik ertaklar hayot va oʻlim muammolariga, yoʻqotish va qozonish, sevgi munosabatlariga bagʻishlangan boʻladi. Fransuz psixiatri, tibbiyot va psixologiya doktori Jan Gaudinning fikricha, Sh. Perro ertaklaridan aniq muammoli vaziyatlar uchun foydalanish mumkin. Masalan, “Uyqudagi goʻzal” ertagidan inqirozni boshdan kechirayotgan bolalar bilan ishlashda, “Tom bosh barmoq” - tashlandiq bolalar bilan ishlashda foydalanish mumkin. Ertakterapiya jarayonida psixolog bolaning oʻz muammosi bilan bogʻliq (masalan, oʻz oilasi tarkibining oʻzgarishi bilan) boʻlgan vaziyatlarda zarur bilimlarni egallashiga eʻtibor qaratadi. Shu bilan birga kattalar va bolalar oʻrtasidagi muloqot muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan samarali ishlashning asosiy shartlaridan biri kattalarning oʻz hikoyasi mazmuniga bo`lgan hissiy munosabatidir. Psixologdan quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi: * Hikoyalarni oʻqiyotganda yoki hikoya qilganda haqiqiy his- tuygʻular yetkazilishi kerak; * Oʻqish yoki hikoya qilayotganda bola psixologning yuzini koʻrishi va imo-ishoralarii, yuz ifodalarini va koʻzlarining qarashlarini kuzatishi uchun psixolog bolani oʻz oldiga joylashtirishi va u bilan fikr almashishi kerak; * Uzoq muddatli pauzalarga yʻol qoʻyilmasligi lozim. Individual yoki guruhli ishlash uchun har qanday ertakni taklif qilish mumkin, uni ovoz chiqarib oʻqish kerak. Bolaga beriladigan ertak muayyan talablarga javob berishi kerak: * Vaziyat toʻgʻri tayyor javobga ega boʻlmasligi kerak (“ochiqlik tamoyili”); * Vaziyat bola uchun dolzarb muammo boʻlishi kerak, ertakning majoziy senyasida “shifrlangan” bo`lishi lozim; * Vaziyat va savollar bolani sabab-oqibat munosabatlarini mustaqil ravishda qurish va izga solishga undash kabi tarzda qurilishi va shakllantirilishi lozim. Ertaklar bolaning yoshiga mos boʻlishi kerak. Ikki yosh bola ertak belgilarimng oddiy harakatlarini yodda tutishi mumkin, ertakka qiziqish bor boʻladi. Hikoyalarning sodda va syujetli boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Misol uchun afsonaviy ertaklar “Sholgʻom”, “Boʻgʻirsoq”. Ertakdagi voqelikni real voqelikdan aniq ajratish qobiliyati 3,5-4 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling