Mundarija kirish. Asosiy qism
Download 1.22 Mb.
|
bobomurod pidaraz
Epizootologayaei. Saramas bakteriyasi tabiatda keng tarqalgan. U faqat cho’chqalar uchun emas, balki boshqa tur hayvonlar va odamlar uchun ham patogendir. R. Kox va Lyofler sichqonlarda bu bakteriyani ajratib olgan va kasallikka sichqonlar septitsemiyasi deb nom berganlar. Keyinchalik esa sichqon septitsemiyasining bakteriyasi, cho’chqa saramasi va odam erizipeloid kasalliklarining qo’zg’atuvchilari bir turga mansubligi aniqlandi. N. Olsuvrev, V. TSvetkov, T. Dunaevlar saramas tayoqchasiga juda ko’p tur kemiruvchilar moyil bo’lib, tashuvchi hamda o’choqli epizootiya vazifasini o’tashini isbot etdilar. Suv kalamushlari va ko’rsichqon (krot)lar ham xuddi shu vazifani o’taydi. Kemiruvchilar tabiatda shunchalik keng tarqalganki, ular organizmida saramas tayoqchasini saqlabgina qolmay, balki cho’chqalar uchun kasallik qo’zg’atuvchisining manbai hamdir. Uy hayvonlaridan qo’ylar, asosan bir necha haftalikdan 4-8 oylikgacha bo’lgan qo’zilar kasallanadi. Ular surunkali poliartrit bo’lib, ozib ketadi va uladi. N. Rozanovning kuzatishi bo’yicha verrukoz endokardit kuzatilib, ba’zan o’tkir kechadi. Tana harorati ko’tarilib, holsizlanadi, gemorragik enterit va bronxopnevmoniya kuzatiladi. Laboratoriya hayvonlarida saramasga sichqon va kabutarlar o’ta moyildir. P. Stepaykin va boshqalarning kuzatishi bo’yicha tovuq, qoramol, yilqi, it va bug’ularda saramasning qo’zg’atuvchisi sekundar infektsiya holatida uchragan. Ayrim hollarda hayvonot bog’idagi yovvoyi hayvon va parrandalarda ham saramas kuzatiladi. V. Karchevyokiyning aniqlashicha, hayvonot bog’ida saramas kemiruvchilar bilan birga berilgan go’sht va baliq mahsulotlari orqali tarqalgan. Bu xildagi kasallik bug’u, jayron, kenguru, yovvoyi cho’chqa, tyulen, tustovuq, tovus va bedanalarda uchragan. Baliqchilar orasida erizipeloidning tarqalishiga sabab ayrim baliq turlarining mikrob tashuvchi bo’lib yurishidir (V. Stefanskiy, A. Grinfel’d va boshqalar). Saramas tayoqchasi kanalar organizmidan ham ajratib olingan (N. Olsuvrev, Ya. Golota). Kasallik qo’zg’atuvchisining eng xavfli manbai o’tkir kasallangan va kasallikdan tuzalgan, shuningdek kasalligi surunkali kechayotgan cho’chqalar hisoblanadi. Ayrim hollarda sog’lom cho’chqalar murtagi va ichagining solitar follikulasida bakteriya saqlanadi. Bu holat cho’chqalarda latent kechadigan kasallik paydo qilishi mumkin. Agar boqish, asrash talab-qoidalari buzilsa, latent kechayotgan kasallik o’tkir holatga o’tib ketishi mumkin. Oq sichqon va kalamushlar ham kasallik qo’zg’atuvchisining manbai hisoblanadi. V. Kotov suv kalamushlari bilan cho’chqalar saramasi bevosita bog’liqligini isbotlagan. Vellman va I. Toletyak saramas qo’zg’atuvchisini chivinlar tashishini ta’kidlaydi. Ya. Golat va V. Petrovlar saramas tayoqchasining tabiatda kalamushlar, hasharotlar va kanalar orasida keng tarqalganligini hisobga olib bu kasallikni tabiiy o’choq guruhiga mansub deb hisoblaydilar. Ozuqa, suv, asbob-anjom va qassobxonalarning zararsizlantirilmagan chiqindilari kasallik tarqalishiga olib keladigan omillardandir. Qo’zg’atuvchi fermadagi tuproq (er), yozgi lager va yaylovlardan ham tarqaladi. Ko’pincha 3-12 oylik cho’chqalarning kasallanishi uning asosan bahor, yoz va kuz fasllarida uchrashi asosiy epizootologik xususiyatlardan hisoblanadi. Lekin bizning sharoitimizda saramas qishda ham uchrashi mumkin, chunki qish yumshoq kelib, cho’chqalar yayrash maydonlariga chiqarib qo’yiladi. Emizikli cho’chqalar chidamli, chunki ularda passiv immunitet bo’ladi. Remont uchun qo’yilgan cho’chqa va bo’rdoqiga boqilayotgan guruh juda ham moyil hisoblanadi. Katta yoshli cho’chqalar emlash natijasida va immunlovchi subinfektsiya tufayli kasallikka chidamlidir. Kasallikka moyillik cho’chqalarni asrash, boqish sharoitlariga ham ma’lum darajada bog’liqdir. Ratsion tarkibida protein, mineral moddalar, vitaminlar yetishmasligi hayvon organizmiga salbiy ta’sir qilib, kasallikka moyillik darajasini oshirib yuboradi. Bo’rdoqichilikda esa, uglevodlar ko’p berilib, yayrab yurmasligi sababli saramas o’tkir kechadi. Haroratning tez o’zgarishi, namgarchilikning oshib ketishi, organizmning tez-tez qizishi kabi holat moyillik darajasiga ta’sir qiladi. Saramas ko’pincha yozda, namgarchilik oshib ketganda tarqaladi. CHo’chqaxonalarni shamollatish vositalarining buzilishi, cho’chqalarni uzoq vaqt transportda olib yurish kasallikni tezlashtiradi.
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling