Mundarija kirish. Asosiy qism


Download 1.22 Mb.
bet7/7
Sana27.01.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1130224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bobomurod pidaraz

Differentsial diagnoz. Cho’chqalar o’lati bevosita yuqib, ko’pincha o’lim bilan tugaydi. Hamma yoshdagi cho’chqalar kasallanib, yil faslining ahamiyati yo’q. Kasallik oxirida salьmonellyoz va pasterellyoz bilan asoratlanadi. Bu holatda o’laksa yorib ko’rilsa, yo’g’on ichakda buton, o’pkada pnevmoniya bo’ladi.
Pasterellyoz. Ba’zan mustaqil, ba’zida esa sekundar infektsiya holatida kechadi. O’tkir va surunkali kechish krupoz plevropnevmoniya belgisi bilan o’tadi. Bakteriologik tekshirish yaxshi natija beradi.
Listerioz. Bu chegaralangan holda tarqaladi, asosan emadigan cho’chqalarda uchraydi. Meningoentsefalit shaklida kechib, listeriya qo’zg’atadi.
Davolash. Saramasga qarshi tayyorlangan giperrimmunli qon zardobi eng samaralidir. U 1 kg og’irlikka 1-1,5 ml dan muskul orasiga yuboriladi. 8-10 soatdan keyin o’zgarish bo’lmasa, zardob qayta in’ektsiya qilinadi. Penitsillin yaxshi natija beradi. 1 kg og’irlikka 2000-3000 GB dan muskul orasiga yuboriladi. Giperimmunli zardob bilan yuborilsa, yana ham foydaliroq bo’ladi.
Ekmonovotsillin 1 kg og’irlikka 4000-6000 TB hisobida yaxshi natija berib, kuniga 2-3 marta yuboriladi.
E. T. Trishkina 1 kg og’irlikka 5-8 mg eritromitsin yuborishni tavsiya etadi. Buni zardob bilan qo’shib ukol qilish kasal cho’chqaning tuzalishini tezlashtirishini ko’rsatadi.
Oldini olish. Kemiruvchi va har xil hasharotlarga qarshi kurash umumiy chora-tadbirlardan hisoblanadi. Deratizatsiya va dezinfektsiya ishlari reja asosida olib boriladi. Sog’lom cho’chqalar to’dasini yetishtirish zarur. Cho’chqaxona va yozgi lagerlarning veterinariya sanitariya holati talab darajasiga ko’tariladi. Cho’chqalarni reja asosida emlash o’z vaqtida ko’rgazmaga qat’iy rioya qilgan holda o’tkaziladi. Saramas qayd qilinganda hamma cho’chqalar klinik tekshirilib, termometriya qilinadi. Kasal cho’chqalar yuqoridagi usulda davolanadi. Nosog’lom xo’jalikda cheklash e’lon qilinadi. Oxirgi kasal cho’chqa tuzalgach, 14 kundan keyin xo’jalikda cheklash bekor qilinadi. Majburiy so’yish maxsus joyda amalga oshirilib, go’sht qaynatilib, keyin iste’mol qilishga ruxsat etiladi.
Odamlar saramasi terixonada, go’shtxonada, baliqchilikda shug’ullanuvchilarda uchraydi. Kasallik tirnalgan, jarohatlangan joylar orqali odamlarga yuqadi. Jarohatlangan joy shishadi, og’riq sezib, qizg’ishroq rangda bo’ladi. Ba’zan bo’g’imlar shishadi, harorat ko’tarilib, badan uvishadi, limfatik tugunlar shishib, og’riq beradi. Kasallanish 10-20 kun davom etib, keyin tuzaladi.
XULOSA.
Bakteriya ko’p tashqi muhit omillariga, ayniqsa chirish jarayoniga chidamli. Kasalliqdan o’lgan cho’chqa o’laksasi ko’milgach, 280 kundan keyin saramas tayoqchasi ajratib olingan. Ochiq havoda qoldirilgan a’zolarda ham tayoqcha uzoq saqlanadi. Kasallik cho’chqachilik bilan shug’ullanadigan mamlakat va xo’jaliklarda tez-tez uchrab turadi. Yevropa mamlakatlarining barisida, ayniqsa janubiy-sharqiy qismida va markazida joylashgan mamlakatlarda ko’p uchraydi. AQSH, Kanada, Xitoy, Yaponiya, Koreyada doim qayd qilinadi. Sobiq SSSRning qator hududlarida ham uchrab turadi. O’zbekistonda 1970-yillarga qadar kolxoz, sovxozlarning cho’chqachilik fermalarida juda ko’p tarqalgan edi. Bu fermalar tugatilib maxsus komplekslar tuzilgach, ularda ham qayd qilinib turdi. Hozirgi paytda cho’chqachilik qisqardi, lekin saramas uchrab turibdi. B. Avakyan, P. Rogojinlar 1980-1992 yillar mobaynida saramasni cho’chqachilik xo’jaliklarida tez-tez uchrab turganligi to’g’risida ma’lumot beradi.
Kemiruvchi va har xil hasharotlarga qarshi kurash umumiy chora-tadbirlardan hisoblanadi. Deratizatsiya va dezinfektsiya ishlari reja asosida olib boriladi. Sog’lom cho’chqalar to’dasini yetishtirish zarur. Cho’chqaxona va yozgi lagerlarning veterinariya sanitariya holati talab darajasiga ko’tariladi. Cho’chqalarni reja asosida emlash o’z vaqtida ko’rgazmaga qat’iy rioya qilgan holda o’tkaziladi. Saramas qayd qilinganda hamma cho’chqalar klinik tekshirilib, termometriya qilinadi. Kasal cho’chqalar yuqoridagi usulda davolanadi. Nosog’lom xo’jalikda cheklash e’lon qilinadi. Oxirgi kasal cho’chqa tuzalgach, 14 kundan keyin xo’jalikda cheklash bekor qilinadi. Majburiy so’yish maxsus joyda amalga oshirilib, go’sht qaynatilib, keyin iste’mol qilishga ruxsat etiladi.
Odamlar saramasi terixonada, go’shtxonada, baliqchilikda shug’ullanuvchilarda uchraydi. Kasallik tirnalgan, jarohatlangan joylar orqali odamlarga yuqadi. Jarohatlangan joy shishadi, og’riq sezib, qizg’ishroq rangda bo’ladi. Ba’zan bo’g’imlar shishadi, harorat ko’tarilib, badan uvishadi, limfatik tugunlar shishib, og’riq beradi. Kasallanish 10-20 kun davom etib, keyin tuzaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Urban V.A. «Praktikum po epizootologii i infektsionnыm boleznyam s vet.sanitariey». L. 1987

  2. Parmanov M.P. va boshq. «Epizootologiya». Toshkent 1998

  3. Parmanov M.P. va boshq. «Epizootologiyadan amaliy mashg’ulotlar». Samarqand 2000 y.

  4. Parmanov M.P., Qambarov A.A. Epizootologiya (kovshovchi hayvonlar yuqumli kasalliklari). Toshkent 2006 y.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling