Mundarija kirish. Asosiy qism
Download 1.22 Mb.
|
bobomurod pidaraz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kechishi va klinik belgilari.
- O’tkir kechish yoki septik holatda kechish.
Patogenez. Bakteriya cho’chqa organizmiga alimentar yo’l bilan kiradi, terining butunligi buzilganda esa teri orqali o’tadi. Kasallikning yashirin davri 10 kungacha davom etishi mumkin. Organizmga tushgan bakteriya qon va boshqa ichki a’zolarga birdaniga o’tmaydi. U avval murtak va solitar follikulaga tushadi. SHu joyda ko’payib toksin ajratadi va u bilan organizmga ta’sir etadi (sensibilizatsiya). Bu o’z navbatida septik jarayon paydo bo’lishiga yordam beradi. Ma’lum bir bosqichda bakteriya organizmning himoya vositasini yengib limfatik sistemaga, keyinchalik qonga o’tadi va butun organizm bo’ylab tarqaladi. Infektsiya kuchayib, toksin ko’payib borishi natijasida to’qimalarda moddalar almashinuvi buziladi, kuchli funktsional o’zgarishlar bo’lib, parenximatoz a’zolarda distrofik va nekrobiotik o’zgarishlar ro’y beradi. Ayniqsa bu holat yurak-qon tomirlar sistemasida o’ta kuchayadi. Yurak muskulida va uning kapillyarlarida qon to’xtab qolishi oqibatida shish paydo bo’lib, tromblar vujudga keladi. Retikuloendotelial sistemada ham to’qima elementlari proliferatsiyaga uchraydi.
Kechishi va klinik belgilari. Har xil omillar (yosh, semizlik darajasi, virulentlik xususiyati)ga qarab saramas o’ta o’tkir, o’tkir, yarim o’tkir va surunkali, shuningdek teri shaklida hamda eshakem ko’rinishida kechadi. O’ta o’tkir kechishi. Bu holat asosan so’qimga boqilayotgan 7-10 oylik cho’chqalarda uchraydi. Cho’chqaxonalarni shamollatish vositalari yomon ishlaganda yoki cho’chqalar transportda uzoq tashilganda tez tarqaladi. Bunday kechish bir necha soat davom etib, tana harorati ko’tarilib ketadi. Hech narsa yemaydi, juda bo’shashadi, asab buzilishi ro’y berib, kasal cho’chqa o’ladi. O’tkir kechish yoki septik holatda kechish. Bunda tana harorati 42° S gacha ko’tarilib, kasallikning oxirigacha tushmaydi. Bir necha soatdan keyin ishtaha bo’g’ilib, umumiy holsizlanish va et uvishishi ro’y beradi. Kasal cho’chqa yotoqchilaydi. Yurganida esa oyoqlari bir-biriga urilib ketaveradi. Kon’yunktivit kuzatiladi. Oshqozon-ichak zararlanib yallig’lanadi va ich qotadi. Ba’zan qusadi. Kasal cho’chqaning ahvoli og’irlashadi. Tomirlar minugiga 100 martagacha uradi. Yurak faoliyatining susayishi va o’pka shishishi natijasida nafas olish qiyinlashadi. Terining jag’ osti, ko’krak, bo’yin va qorin sohalarida ko’kimtir dog’lar paydo bo’ladi. Kasallik 2-3 kun davom etadi. Ko’p hollarda kasal cho’chqa o’ladi. Eshakem (krapivnitsa). Umumiy o’zgarish sekinroq davom etadi va yengilroq kechadi. Bu ko’rinishning birinchi belgisi tana haroratining 41 °S ko’tarilishidir. Ishtaha bo’g’ilib, ich kuyadi va et uvishadi. Tana harorati ko’tarilgandan 1-2 kun keyin yelka, yonbosh, bo’yin qismlarida ekzematoz shishlar paydo bo’ladi. Ular avvaliga rangsiz bo’lib, keyin qizg’ish va asta-sekin qizg’ish-ko’kimtir tusga kiradi. Bunday holat yallig’lanish teri ostiga o’tib ketishi natijasida ruy beradi. SHishlar to’rtburchak, romb va kvadrat shaklda 1X2 dan 3X4 sm gacha va undan kattaroq bo’ladi. Ba’zan bu shishlar bir-biriga qo’shilib juda ham kattalashib ketadi. Terida o’zgarishlar namoyon bo’lishi bilan kasal hayvonning ahvoli bir oz yengillashadi. Issig’i tushib, ishtahasi ochilishi mumkin. Semiz cho’chqalarda kasallik kuchayib, septitsemiya shakliga o’tadi va o’lim bilan tugaydi. Chuqur va katta hajmdagi dermatitlar nekrozga uchrab, kasallik surunkali shaklga aylanishi mumkin. Teri shaklida kechish 10-12 kun davom etadai. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling