Mundarija kirish. Asosiy qism


Patologoanatomik o’zgarishlar


Download 1.22 Mb.
bet6/7
Sana27.01.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1130224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bobomurod pidaraz

Patologoanatomik o’zgarishlar. Septik holatda kechganda o’laksaning ko’kragi, qorin bo’shlig’i, choti, quloq va oyoq terisida qoramtir-qirmizi dog’lar ko’zga tashlanadi. O’pkada shish bo’lganligi uchun burundan qon aralash ko’piksimon suyuqlik oqib turadi. Murtak shishib qontalashgan bo’ladi, kesilsa shilimshiq suyuqlik oqadi. Qon qora-qizgish bo’lib, yomon iviydi. Ko’krak va qorin bo’shlig’ida seroz suyuqlik bo’lib, fibrinlar cho’kib qolgan. Katta va kichik vena qon tomirlari qonga to’la, o’pka shishgan, bronx va traxeyalarda ko’piksimon suyuqlik bor. Yurak muskulining qon tomirlari qonga to’la va nuqtasimon qon quyilish bo’ladi. Oshqozon-ichakda yallig’lanish va ba’zan qon quyilish kuzatiladi. Jigar kattalashib, qontalashib ketadi. Buyrak kattalashib, kapsula tagida nuqtasimon qon quyilish kuzatiladi. Yurakda verrukoz endokardit ro’y beradi. Bu o’z navbatida emboliya va infarktga (o’pka, buyrak va taloqda) olib keladi. Bo’g’imlar artritida esa bo’g’im shishadi, quyuq seroz suyuqlik oqadi. Jarayon og’ir va chuqur kechsa, suyak to’qimasini kariozga, bo’g’imni esa deformatsiyaga olib keladi.
Diagnoz. Diagnoz kasallikning epizootologiyasi, klinik belgilari, patologoanatomik o’zgarishlari va laboratoriya tekshirish usullari natijalarini hisobga olib qo’yiladi. Laboratoriyaga o’laksa butunligicha yoki uning yuragi, jigari, talog’i, buyragi va naysimon suyagi yuboriladi. Laboratoriya tekshirishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: surtmani mikroskopda tekshirish, sun’iy muhitlarga ekish va laboratoriya hayvonlariga yuqtirish.





Mikroskopda tekshirish.Yuborilgan a’zolardan surtma tayyorlab, Gram usulida bo’yab ko’riladi. Surunkali kechganda yurak qopqog’idan surtma tayyorlanadi. Birinchi holatda qo’zg’atuvchi tayoqcha shaklda, ikkinchisida esa ipsimon bo’lib ko’rinadi.
Bakterioloshk tekshirish. Yuborilgan namunalardan MPA, MPB va Xottinger bulьoniga ekiladi. Inkubatsiya termostatda 36-37°S da bir sutka davom etadi.
Biologik usul. Yuborilgan namuna fiziologik eritmada ezib, keyin suziladi (1:10). Bu suyuqlik 2 bosh sichqonga 0,1-0,2 ml dan teri ostiga yuboriladi. Sichqonlar 2-4 kundan keyin o’ladi, kuzatish bir haftagacha davom etadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling