Mundarija kirish. Asosiy qism
Download 1.22 Mb.
|
bobomurod pidaraz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’zg’atuvchisi.
- Chidamliligi.
Tarixiy ma’lumot. Kasallikning qo’zg’atuvchisi birinchi marta 1882 yilda Paster va Tyuye tomonidan aniqlangan. Keyinchalik saramas Lefler, P. I. Borovyokiy, D. F. Konevlar tomonidan batafsil o’rganilgan. Kasallik cho’chqachilik bilan shug’ullanadigan mamlakat va xo’jaliklarda tez-tez uchrab turadi. Yevropa mamlakatlarining barisida, ayniqsa janubiy-sharqiy qismida va markazida joylashgan mamlakatlarda ko’p uchraydi. AQSH, Kanada, Xitoy, Yaponiya, Koreyada doim qayd qilinadi. Sobiq SSSRning qator hududlarida ham uchrab turadi. O’zbekistonda 1970-yillarga qadar kolxoz, sovxozlarning cho’chqachilik fermalarida juda ko’p tarqalgan edi. Bu fermalar tugatilib maxsus komplekslar tuzilgach, ularda ham qayd qilinib turdi. Hozirgi paytda cho’chqachilik qisqardi, lekin saramas uchrab turibdi. B. Avakyan, P. Rogojinlar 1980-1992 yillar mobaynida saramasni cho’chqachilik xo’jaliklarida tez-tez uchrab turganligi to’g’risida ma’lumot beradi.
Qo’zg’atuvchisi. Saramasning qo’zg’atuvchisi Eriseplotrix insidiosa-to’g’ri yoki sal qayrilgan shakldagi bakteriya bo’lib, ba’zan ipsimon shaklda ham uchraydi, u asosan yurakda verrukoz endokardit bo’lganda hamda eskirgan bul’on kul’turalarida yaqqol namoyon bo’ladi. Harakatlanmaydi, spora va kapsulasi yo’q, odatdagi anilin bo’yoqlarida va Gram usulida bo’yaladi. Aerob va anaerob muhitlarda o’sadi. Har xil manbalardan ajratib olingan bakteriya antigenlik holati bo’yicha farq qiladi. A. Poxil, V. Tilgalar kasal cho’chqalardan ajratib olingan shtammalarda ko’proq «A» tip, kamroq «V» tip, eng kam hollarda «N» tip mavjudligini qayd qiladilar, «V» tipga oid shtammalarning virulentligi past bo’lib, immunogenlik xususiyati kuchliroq, shuning uchun bu tip saramasga qarshi giperimmunli qon zardobi va vaktsina tayyorlashda qo’llaniladi. Bu tip ba’zan sog’lom cho’chqalar murtagida uchrab, kasallikning subklinik kechishiga olib keladi. «V» shtammasini aniqlash uchun pretsipitatsiya va gemagglyutinatsiya reaktsiyasidan foydalaniladi. Chidamliligi. Bakteriya ko’p tashqi muhit omillariga, ayniqsa chirish jarayoniga chidamli. Kasalliqdan o’lgan cho’chqa o’laksasi ko’milgach, 280 kundan keyin saramas tayoqchasi ajratib olingan. Ochiq havoda qoldirilgan a’zolarda ham tayoqcha uzoq saqlanadi. U daryo suvida 18-20 °S da ikki oygacha, vodorod suvida 3 oy, siydikda 5-6 oy, go’ngda 3 oy, tuproqda esa 3,5 oygacha bemalol yashay oladi. Tuzlash va dudlash bakteriyani o’ldirmaydi. Tik tushgan quyosh nuri bir necha soatda o’ldiradi. 100°S bakteriyani bir necha sekundda o’ldiradi. Dezinfektsiya uchun ishlatiladigan moddalar ta’siriga chidamsiz, xlorli ohakning 10% li eritmasi, ishqorning 2% li eritmasi va yangi tayyorlangan ohakning 20% li eritmalari va boshqa moddalar dezinfektsiya uchun tavsiya etiladi. SARAMAS (arab.) — teri (kamdankam hollarda shilliq pardalar) ning yallig’lanishi. O’tkir yuqumli kasallik. SARAMAS ni patogen streptokokklar ko’zg’atadi. Terining tirnalgan, qavargan, jarohatlangan joyig% mikrob tushishidan kelib chiqadi. SARAMAS Yiringli jarohat, karbunkulning asorati sifatida, tarkibida streptokokklar bo’lgan yiring to’plangan joy atrofida paydo bo’lishi mumkin. Kasallik to’satdan titrash, bosh og’rig’i, aksari qayt qilish bilan boshlanadi, harorat 39—40° gacha ko’tariladi, goho bemor alahlaydi. Terining zararlangan qismi qizaradi (eritema), qizargan joy sog’lom teri sathidan bir oz ko’tarilib turadi, chegarasi ko’zga yaqqol tashlanadi va juda tez kengayib, achishib og’riydi. Eritematoz Saramas ba’zan 3—7 kunda o’zo’zidan (davolanmasa ham) tuzalib ketadi, lekin cho’zilib, gavdaning bir joyidan boshqa joyiga o’tishi ham mumkin (sayyor S). SARAMAS ning birmuncha og’ir xili — bullyoz Saramasda qizargan terida yiringli yoki tiniq suyuqlik bilan to’la pufakchalar hosil bo’ladi. Bundan ham og’ir flegmonoz xilida teri ostida flegmona vujudga keladi. Eng og’ir xili — gangrenoz Saramasda terining zararlangan joylari o’ladi. Lekin Saramasning eng yengil xili — eritematoz Sdan ham asoratlar qolishi mumkin, mas, qon zararlanishi (sepsis); yuz sohasidagi Sdan esa miya pardalarining yallig’lanishi (meningit) singari xavfli asoratlar qoladi. Saramasga shubha tug’ilganda darhol vrachga murojaat qilish lozim. Saramas ningoldini olish terini toza tutish, mayda jarohatlarni antiseptik vositalar b-n artib tozalashdan iborat. Saramas juda kamdankam hollarda yuqadi. Lekin Saramasga chalingan odamning terisiga tegmaslik kerak, tegilganda qo’lni yaxshilab yuvish, odekolon yoki spirt bilan artish, terining zararlanishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Hayvonlarda, asosan, cho’chqalarda, shuningdek, qo’y, quyon, parrandalarda uchraydi. Kasallik surunkali, o’tkir yoki yarim o’tkir kechadi. O’tkir kechganda kasal hayvon harorati 41 — 42° ga ko’tariladi, yurak urishi, nafas olishi tezlashib, darmonsizlanadi, ishtahasi yo’qoladi, ko’zidan yosh oqadi, ichi ketadi, ba’zan qusadi. 1—2 kundan so’ng hayvon qyrnida, sonining ich tomonida kizil dog’lar paydo bo’ladi. Davolanmasa, 3—5 kunda o’ladi. Yarim o’tkir kechganda hayvon 10—15 kun ichida sog’ayadi. Harorati ko’tarilmaydi. Terisining zararlangan joyi jonsizlanadi, yurak urishi zaiflashib, quloq, qorin terisi ko’karadi, bo’g’imlari shishadi. Astasekin oza boshlaydi va o’ladi. Parrandalar SARAMAS bilan og’riganda don yemaydi, ichi ketadi, nafas olishi qiyinlashadi, zaiflashadi, o’pka yallig’lanib, bo’g’imlari shishadi. Davolash: SARAMAS ga qarshi giperimmunli qon zardobi, antibiotiklar, yurak kasalliklariga qarshi preparatlar va b. tavsiya etiladi. Kurash choralari: veterinariyasanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish, dezinfektsiyalash, kemiruvchilarni yo’qotish, cho’chqalarni 2 oyligidan boshlab vaktsina bilan davriy emlash, xo’jaliklardagi Saramas bilan kasallangan hayvonlarni ajratib qo’yish va davolash; so’yilgan kasal hayvon go’shtini pishirib iste’mol qilish tavsiya etiladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling