Mundarija kirish. Asosiy qism
Download 1.22 Mb.
|
bobomurod pidaraz
Surunkali kechish. Verrukoz. endokardit, artrit va terining nekrozi bilan o’tadi. Bunday holat ko’pincha o’tkir kechishdan yoki eshakemdan keyin, surunkali kasallanishning oxirida boshlanadi. Kasal cho’chqa erinib o’rnidan turadi, harorati va ishtahasi unchalik o’zgarmaydi. Saramas surunkali qechganda vaqti-vaqti bilan kasal cho’chqaning ahvoli yengillashib-og’irlashib turadi. Harorat ko’tarilib, nafas olish qiyinlashadi. Quloq va qorin sohasida ko’kimtir dog’lar paydo bo’ladi. Kasallik cho’zilishi oqibatida ishtahasi yuqolib, tez oza boshlaydi va nimjon bo’lib qoladi. Entikib nafas oladi, yurak urishi tezlashadi, o’pka shishadi. Bo’g’imlarda seroz-fibrinoz poliatrit rivojlanadi. Bo’g’imlar jarohati yurish koordinatsiyasini buzadi va qiyinlashtiradi. Ayrim hollarda bo’g’imlar deformatsiyaga uchrab, sinishi ham mumkin. Kasallik bo’g’oz cho’chqalarda bola tashlashga olib keladi. Nekroz kuchayib, terilar yorilib, ko’tarilib ketishi tufayli yiring oqib turadi. O’lim yurak faoliyatining yetishmovchiligi natijasida ro’y beradi.
Immunitet. Saramasga qarshi deponirlangan, tirik, suyuq vaktsina bilan 2 oyliqdan boshlab emlanadi (tug’ishdan oldin va keyin 1 oygacha mumkin emas). Cho’chqa bolalari emishdan ajratishdan 14 kun oddin oralig’i 12-14 kun ichida ikki marta emlanadi. Vaktsina sonning ichki tomoniga yoki bo’yinga teri ostiga birinchi marta 0,3 ikkinchi marta 0,5 ml yuboriladi. Immunitet 7-10 kundan keyin paydo bo’lib, 6 oygacha davom etadi. Ayrim hollarda reaktsiya bersa, saramasga qarshi qon zardobi va penitsillin yuborib davolanadi. Saramasga qarshi VR2 shtammadan tayyorlangan vaktsina. Profilaktik maqsadda 2,5 oylikdan boshlab hamma cho’chqalar, ona cho’chqalar esa qochirishdan 15-20 kun oldin emlanadi. Vaktsina suyuq bo’lib, 2-4 oylik cho’chqalarning soni yoki bo’yniga muskul orasiga 0,5 ml yuboriladi. Birinchi revaktsinatsiya 25-35 kundan keyin 1 ml, ikkinchiei 4-5 oydan keyin 1 ml dozada o’tkaziladi. Transportga ortib jo’natiladigan cho’chqalar jo’natishdan 20-30 kun oldin 1 ml dan yuborib emlanadi. Immunitet 4-5 oy davom etadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling