Mundarija kirish bob. Elektron darslik yaratishning nazariy


Inson organizmiga elektr tokining ta`siri


Download 1.06 Mb.
bet24/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1116227
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
elektron darslik

Inson organizmiga elektr tokining ta`siri. Elektr qurilmalarini ishlatishda izolyatsiya shikastlanishi natijasida mashina korpusi kuchlanish ostida qolib,odam unga tegib ketginida elektr toki uradi.
Odam tanasi orqali o`tgan elektr toki termik, elektr va biologik ta`sir ko`rsatadi.
Tokning termik ta`siri terining ayrim joylarini qo`yishida, qon tomirlari, qon, yurak, miya va boshqa a`zolarining yuqori xaroratgacha qizishida namoyon bo`ladi.
Tokning elektr ta`siri qon va boshqa organiq suyukliklarning parchalanishida namoyon bo`ladi. Oqibatda ularning fizik – kimyoviy tarkibi buziladi.
Tokning biologik ta`siri organizmning tirik toqkimalari yallig`lanishi va asabiylashishda namoyon bo`ladi.
Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va o`pka mushaklari ixtiyorsiz ravishda tortishib qoladiyu, natijada organizmda xar – xil buzilishlar ro`y berishi, masalan, nafas olish va qon aylanish organlarining ishi buzilishi yoki xatto batamom to`xtab qolishi mumkin.
Elektr toki ta`sirining bu turlari shikastlanishining ikki turini keltirib chiqaradi.Elektr toki shikastlanishi va elektr toki urishi.
Elektr toki shikastlanishi bu, elektr toki yoyi ta`siri etishi natijasida organizmning ayrim joylaridagi to`qimalarning yaqqol shikastlanishidir. Elektr toki shikastlanishning quyidagi turlari bilan farqlanadi: elektr tokidan kuyish, elektr izlari, terining metallanishi va mexanik shikastlanishlar.
Elektr izlari to`k ta`sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko`rinib turadigan kulrang yoki och sarik rangdagi dog`lardir.
Izlar, tirnalishlar, kichik jaroxatlar kesiklar yoki latlar ko`rinishida bo`ladi. Terining shikastlangan qismi qadoq singari qattiqlashib qoladi.
Terining matallanishi elektr yoyi ta`sirida erigan metall mayda zarrachalarning terining ustki qatlamiga kirib qolishidir.
Bu xodisa, masalan, qisqa tovushlarda, kuchlanish ostida bo`lgan ajratgich va rubiliniklarni tarmoqdan uzatayotganda ro`y beradi.
Mexanik shikastlanishlar odam orqali o`tayotgan tok ta`sirida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib qolishi oqibatida yuz beradi. Natijada teri, qon tomirlari va asab tuqimalari uzilishi, shuningdek bo`yinlar qichishi va xatto suyaklar sinishi mumkin.
Elektr toki urishi deganda, organizm orqali elektr toki o`tganida tirik to`qimalarning asabiylashishi natijasida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda tortishib qolishi tushuniladi.
Odam organizmi elektr tokining ta`siri qanday oqibatlarga olib kelishiga qarab, elektr toki urishining shartli ravishda quydagi to`rt darajaga ajratish mumkin:
1. Daraja odamning mushaklari tortishib qoladi, ammo u xushidan ketmaydi;

  1. Daraja odamning mushaklari tortishib qoladi, u xushidan ketadi, lekin u nafas oladi, va yuragi ishlaydi;

  2. Daraja odamning mushaklari tortishib, yuragining ishlashi yoki nafas olishi buziladi, (yoki ikkalasi baravar ro’y beradi);

  3. Daraja klinik o’lim yuz beradi, ya’ni nafas olish va qon aylanishi to`xtaydi.

Klinik o’lim xayot bilan o`lim o`rtasidagi holat bo`lib, yurak va o`pka ishlashdan to`xtagan vaqtidan boshlanadi.Klinik o’lim holatida bo`lgan odamda xech qanday xayot belgilari bo`lmaydi: u nafas olmaydi, yuragi ishlamaydi, og`riqni sezmaydi, ko`z qorachig`i kengayadi va yorug`likni sezmaydi.Ammo bu davr organizmida xayot xali butunlay so`nmagan bo`ladi, chunki uning tuqimalari darrov o`lmaydi va turli a`zolari xali ishlab turadi. Garchi bu jarayon endi juda sust, odatdagidan farqli ravishda kechsada, ammo eng kichik xayot faoliyati uchun hatarli bo`ladi.
Birinchi navbatda kislorod yetishmasligiga juda sezgir bo`lgan bosh miya qobig`ining xujayralari o’la boshlaydi. Ong va taffakur ana shu xujayralarning faoliyatiga bog’liq. Shu sababli klinik o’limning davom etish vaqti yurakning ishlashi va nafas olish to`xtagan paytda to bosh miya xujayralari o`la boshlaydigan paytga qadar o`tadigan vaqt bilan aniqlanadi. Ko`p hollarda bu vaqt 4—6 minut, sog`lom kishilarda tasodifan elektr toki urishi natijasida o`lganda esa 7—8 minutni tashkil etadi.
Biologik (xaqiqiy) o`limni qaytarib bo`lmaydi, xodisa bo`lib, bunda organizm xujayralari va to`qimalarida biologik jarayonlar to`xtaydi.
Elektr toki ta`sirining oqibati qator omillar ;
Odamdan o`tayotgan tok kuchi va uning ta`siri etib turishi vaqtiga o`tish yo`liga, tarmoq kuchlanishiga, odam tanasining qarshiligiga, tok turi va chastotasiga hamda organizmning o`ziga xos xususiyatlariga bog`lik.
Elektr qurilmalarida qo`llaniladigan kuchlanishlar odamlarni shikastlash xavfi darajasiga ko`ra uch turga; past volt -12 va 42 V, o`rta - 42 dan 1000 V gacha hamda yuqori – 1000 dan ziyod kuchlanishlarga ajratiladi. Past voltli kuchlanish shartli ravishda xavfsiz xisoblanadi, ammo muhitga bog`liq ravishda bunday kuchlanish ham xavf tug`dirishi mumkin.
Odam tanasidan o`tuvchi tokning qiymati bosh omil bo`lib, shkastlanish oqibati unga bog`liqdir: tok qancha katta bo`lsa, uning ta`siri shuncha xavfli bo`ladi. Odam o`zi orqali o`tayotgan 50 Gts chastotali va nisbatan kichik 0,5-1,5 mAmper qiymatli tokni seza boshlaydi. Bu tok sezilarli tok deb ataladi. U odamni shikastlamaydi, shuning uchun xavfsiz xisoblanadi.
Tok kuchi kattalashib borgani sari og`riqni sezish ortib boradi. 10—15mA /50 Gts li tok mushaklarning kuchli va juda og`riqli tarzda tortishib qolishiga olib keladi, odam bunday tortishishlarni yenga olmaydi, ya’ni tok o`tayotgan qismiga tegib turgan qo`lni tortib ololmaydi, simni o`zidan olib tashlay olmaydi va xuddi tok o`tkazuvchi qismiga yopishib kolgandek bo`ladi. Bunday tok qo`yib yubormaydigan tok deyiladi.
mAmper-li tok to`g`ridan-to`g`ri yurak muskullariga ta`sir qilib uning to`xtab qolishiga yoki muskullarga ta`siri qilib uning to`xtab qolishiga yoki fibratsiyasiga sabab bo`ladi. Bunday sharoitda yurak nasos singari ishlay olmaydi.
Natijada qon aylanishi to`xtaydi va organizm o`ladi.
Odam tanasidagi xar xil to`qimalar elektr tokiga turlicha qarshilik ko`rsatadi.
Masalan,teri, uning epidermis deb ataladigan tashqi qatlamlarining qalinligi 0,1 – 0,5 mm bo`ladi va asosan jonsiz qotib ketgan xujayralardan tashkil topadi. Bu qatlamning karshiligi katta, bo`lib odam tanasining umumiy qarshiligini belgilaydi.Odam tanasi ichki to`qimalarning qarshiligi ---- 300 --- 500 Om ni tashkil etadi. Odam tanasining qarshiligi 3000 dan 1000000 Om gacha o`zgarib turadi. Shikastlangan tananing qarshiligi eng past 300 --- 500 Om bo`ladi. Tok kattalashishi va uning tanadan o`tib turish vaqti ortishi bilan ter chiqishi ko`payishi va boshqa omillar tufayli tananing qarshiligi pasayadi. Qarshilikni xisoblashda odam tanasining o`rtacha qarshiligi 1000 Om ga teng qilib olinadi.
Odamlarni elektr tokidan shikastlanishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
1. Kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketish, tok o`tkazuvchi qismlarda kuchlanish borligini bilmay qolganda yuz berishi mumkin.
2.Elektr qurilmasining odatdagi sharoitda kuchlanish ostida bo`lmaydigan, ammo tasodifan kuchlanish ostida qolgan matall qismlariga tegib ketganda.
3.Odam turgan yer Qadam kuchlanishining paydo bo`lish. Bu hol simning yerga tutashib qolishi, potentsial chiqib ketishi, ximoyalovchi yerga ulash uskunisining, nollash simning buzilganligi va boshqa sabablar tufayli yuz beradi.
Odamning tok zanjiriga ulanib qolish sxemasi turlicha bo`lishi mumkin:
odatda ikki fazaga tegib ketish; va bir fazaga tegib ketish.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling