Mundarija Kirish Bob. Feʻlning lugʻaviy maʻnolari. Feʻl zamonlari


Download 65.57 Kb.
bet3/8
Sana27.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1131834
1   2   3   4   5   6   7   8
Boʻlishli va boʻlishsiz feʻllar. Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi feʻldagi boʻlishli va boʻlishsizlik maʻnosini anglatadi.
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi feʻllar boʻlishli feʻl deyiladi. Feʻldagi boʻlishlilik maʻnosini ifodalovchi maxsus grammatik koʻrsatkich yoʻq: oʻqi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, oʻqib chiqdi, hurmat qil kabi. M: Ona soʻzining oʻzi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). Oʻz burchini bajarishdan mamnun odamlargina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani).
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi feʻllar boʻlishsiz feʻl deyiladi. Boʻlishli feʻl boʻlishsiz feʻlni hosil qilish uchun asos boʻladi. Feʻlning boʻlishsiz shakli quyidagicha yasaladi:
1. feʻl negiziga –ma (bu affiks urgʻu olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qoʻshish bilan feʻldagi boʻlishsizlik maʻnosi hosil qilinadi: koʻrsatma, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, oʻsmaslik kabi.
Koʻrinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, -maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof feʻlga va feʻl shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qoʻshilib inkor maʻnosini ifodalashda asosiy morfologik koʻrsatkich sanaladi. Masalan: Gʻulomjon darpardasi yonidan qalin qorni gʻirchillatib oʻtgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy).Togʻ arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshgʻariy). Mehnat qilmagan rohat

koʻrmas (Oʻzbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan doʻsti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani koʻrmaslik uchun bolalar koʻzlarini chirt yumdilar.
-ma, -may affikslari feʻlning analitik shakllariga quyidagicha qoʻshiladi:
a) asosiy qismga yetakchi feʻlga qoʻshiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, koʻrmay qoldi kabi;
b) koʻmakchi feʻlga qoʻshiladi: sotib olmadi, javob bermadi, oʻqib chiqmadi kabi;
v) ham yetakchi, ham koʻmakchi feʻlga qoʻshiladi: aytmay qoʻymaydi, bormay qolmaydi. Bunday holda boʻlishsiz shakl orqali boʻlishlilik maʻnosi anglashiladi, yaʻni aytadi, boradi kabi. Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam murodi maqsadiga yetmasdan qolmas ekan (X.Toʻxtaboyev).
Eslatma: ravishdoshning –gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan shakliga boʻlishsizlik ifodalovchi affikslar qoʻshilmaydi.
2. Feʻlning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan soʻng emas, yoʻq soʻzlarini kiritish bilan boʻlishsiz feʻl hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan emas, egib emas, tinchigani yoʻq, ishonish emas kabi. Masalan: Lekin ularning nima oʻqiganini koʻrgan ham, qanday oʻqiganini eshitgan ham emas (P.Tursun).4

3. Na inkor yuklamasini uyushiq boʻlak sifatida qoʻllangan boʻlishi feʻldan oldin keltirish bilan boʻlishsiz feʻl hosil qilinadi: na oʻqiydi, na yozadi. Masalan: Keksa cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na oʻtirdi, na ketdi (A.Qodiriy).


4. Baʻzan intonatsiya yoki intonatsiya va feʻlga yuklamani (-mi, -a, -ya) qoʻshish hamda feʻlni takrorlash orqali boʻlishsizlik maʻnosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan) kabi.
Masalan: Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib rohat toparmidi? (Gʻayratiy). «Katta boʻlsam, akamga oʻxshab, albatta komandir boʻlaman», - dedi Sobir. Boʻlasan-a, boʻlasan. Komandir boʻlishga yurak kerak... (H.Nazir).

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling