Mundarija Kirish Bob. Feʻlning lugʻaviy maʻnolari. Feʻl zamonlari


Download 65.57 Kb.
bet5/8
Sana27.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1131834
1   2   3   4   5   6   7   8
Oʻzlik nisbat – bu nisbatdagi feʻlda harakatning subyekti bilan obyekti bir Shaxsning oʻzi boʻladi. Masalan: Ammo kampirning dodiga odam tez toʻplandi (A.Qahhor) gapida toʻplandi feʻli tarkibida kelgan –n qoʻshimchasi harakatning subyekti bilan obyekti men shaxsi ekanligini koʻrsatib turibdi.
Oʻzlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:
a) feʻl negiziga unlidan soʻng –n, undoshdan soʻng –in qoʻshish bilan: maqta-n, oʻra-n, yuv-in, kiy-in kabi;
b) feʻl negiziga unlidan soʻng –l, undoshdan soʻng –il qoʻshish bilan: surka-l, shosh-il kabi;
v) –(i)sh qoʻshimchasini qoʻshish bilan: ker-ish, joyla-sh kabi.
Barcha feʻl negizlaridan (oʻtimli, baʻzi bir oʻtimsiz) oʻzlik nisbati yasalmaydi: soʻra, bor, yugur kabi.
Majhullik nisbati - bu shakldagi feʻlda harakat bajaruvchisi subyekt (ega) emas, obyekt (toʻldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi nomaʻlum boʻladi.
Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.Gʻ.) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi subyekti nomaʻlum, ot-aravalar soʻzi ega vazifasida kelsa-da, obyekt vazifasini bajargan.
Kesimi majhullik nisbatidagi feʻl bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruksiya deb yuritiladi.
Majhullik nisbati quyidagi qoʻshimchalar bilan yasaladi:
a) feʻl negiziga unlidan soʻng –l, undoshdan soʻng –il affiksini qoʻshish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di),sudra-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
b) feʻl negiziga unlidan soʻng –n, undoshdan soʻng –in affiksini qoʻshish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Majhullik nisbatdagi feʻlni hosil qilishda –l (-il) affiksi koʻproq qoʻllaniladi. Baʻzan ayni bir feʻl negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham oʻzlik, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil feʻl negizining oʻzlik yoki majhullik nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Operatsiyaga meditsina uskunalari tayyorlandi.
Birgalik nisbat – bu nisbatdagi feʻlda ish-harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa koʻz tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (Oʻ.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi feʻllari anglatgan harakatning bir necha subyekt, yaʻni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi.
Birgalik nisbatdagi feʻl quyidagicha yasaladi:
feʻl negiziga unlidan soʻng –sh, undoshdan soʻng –ish affiksini qoʻshish bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling