Mundarija Kirish Bob. Feʻlning lugʻaviy maʻnolari. Feʻl zamonlari
Download 65.57 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- -gʻiz, -giz, -qaz, -gʻaz, -kaz, -qiz, -kiz
Orttirma nisbat - bu nisbat shaklida harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt yoki obyektga taʻsiri, tazyiqi bilan bajariladi. Masalan: Biz Hamid Olimjon bilan bunday oydin, musaffo kechalarni koʻp oʻtkazganmiz (Gʻ.Gʻ.) gapida ikkita subyekt mavjud boʻlib, asosiy subyekt vositali toʻldiruvchi (Hamid Olimjon bilan), ikkinchi darajali subyekt esa ega (Biz) vazifasida qoʻllangan boʻlib, oʻtkazganmiz harakati subyektning subyektga taʻsiri natijasida bajarilgan.
Shuningdek, orttirma nisbatdagi feʻlda faqat bir subyekt mavjud boʻladi. Bunday holda harakat obyektga (toʻldiruvchiga) oʻtadi. Masalan: U kitob keltirdi kabi. Orttirma nisbat feʻl negiziga quyidagi affikslarni qoʻshish bilan yasaladi: a) feʻl negiziga –t affiksini qoʻshish bilan: qisqart, boyit kabi; b) feʻl negiziga –tir (-dir) affikslarini qoʻshish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, buzdir kabi; v) sh, ch, t, undoshlari bilan tugagan feʻl negizlariga –ir affiksini qoʻshish bilan: shoshir, ichir, botir kabi; g) oxiri undosh bilan tugagan bir boʻgʻinli feʻl negizlariga –ar affiksini qoʻshish bilan: chiqar, qaytar kabi; d) oxiri undosh bilan tugagan feʻl negizlariga -gʻiz, -giz, -qaz, -gʻaz, -kaz, -qiz, -kiz affikslarini qoʻshish bilan: turgʻiz, oʻtkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz kabi; e) oxiri m, q undoshlari bilan tugagan feʻl negizlariga –iz affiksini qoʻshish bilan: tomiz, oqiz, boqiz kabi; Yo) feʻl negiziga –sat (-sa+-t qoʻshma affiksi) affiksini qoʻshish bilan: koʻrsat (faqat koʻr feʻl negiziga qoʻshiladi) kabi.fasini bajargan. Kesimi majhullik nisbatidagi feʻl bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruksiya deb yuritiladi. Majhullik nisbati quyidagi qoʻshimchalar bilan yasaladi: a) feʻl negiziga unlidan soʻng –l, undoshdan soʻng –il affiksini qoʻshish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di),sudra-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi; b) feʻl negiziga unlidan soʻng –n, undoshdan soʻng –in affiksini qoʻshish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi. Majhullik nisbatdagi feʻlni hosil qilishda –l (-il) affiksi koʻproq qoʻllaniladi. Baʻzan ayni bir feʻl negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham oʻzlik, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil feʻl negizining oʻzlik yoki majhullik nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Operatsiyaga meditsina uskunalari tayyorlandi. Birgalik nisbat – bu nisbatdagi feʻlda ish-harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa koʻz tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (Oʻ.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi feʻllari anglatgan harakatning bir necha subyekt, yaʻni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi. Birgalik nisbatdagi feʻl quyidagicha yasaladi: feʻl negiziga unlidan soʻng –sh, undoshdan soʻng –ish affiksini qoʻshish bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi; Orttirma nisbat - bu nisbat shaklida harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt yoki obyektga taʻsiri, tazyiqi bilan bajariladi. Masalan: Biz Hamid Olimjon bilan bunday oydin, musaffo kechalarni koʻp oʻtkazganmiz (Gʻ.Gʻ.) gapida ikkita subyekt mavjud boʻlib, asosiy subyekt vositali toʻldiruvchi (Hamid Olimjon bilan), ikkinchi darajali subyekt esa ega (Biz) vazifasida qoʻllangan boʻlib, oʻtkazganmiz harakati subyektning subyektga taʻsiri natijasida bajarilgan. Shuningdek, orttirma nisbatdagi feʻlda faqat bir subyekt mavjud boʻladi. Bunday holda harakat obyektga (toʻldiruvchiga) oʻtadi. Masalan: U kitob keltirdi kabi. Orttirma nisbat feʻl negiziga quyidagi affikslarni qoʻshish bilan yasaladi: a) feʻl negiziga –t affiksini qoʻshish bilan: qisqart, boyit kabi; b) feʻl negiziga –tir (-dir) affikslarini qoʻshish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, buzdir kabi; v) sh, ch, t, undoshlari bilan tugagan feʻl negizlariga –ir affiksini qoʻshish bilan: shoshir, ichir, botir kabi; g) oxiri undosh bilan tugagan bir boʻgʻinli feʻl negizlariga –ar affiksini qoʻshish bilan: chiqar, qaytar kabi; d) oxiri undosh bilan tugagan feʻl negizlariga -gʻiz, -giz, -qaz, -gʻaz, -kaz, -qiz, -kiz affikslarini qoʻshish bilan: turgʻiz, oʻtkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz kabi; e) oxiri m, q undoshlari bilan tugagan feʻl negizlariga –iz affiksini qoʻshish bilan: tomiz, oqiz, boqiz kabi; Yo) feʻl negiziga –sat (-sa+-t qoʻshma affiksi) affiksini qoʻshish bilan: koʻrsat (faqat koʻr feʻl negiziga qoʻshiladi) kabi. Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil Feʼllar, yordamchi Feʼllar. Mustaqil Feʼllar, xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi. Yordamchi Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi Feʼllar oʻz vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: 1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar: qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi); 2) Feʼlning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar (bular, odatda, "koʻmakchi Feʼllar" deb yuritiladi). Feʼlning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqa; 3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi Feʼllar. Masalan, qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq. Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi Feʼllardan farklanuvchi "toʻliqsiz Feʼl" (lugʻaviy maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi Feʼl)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi. Feʼl turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega (qarang Soʻz yasalishi, Shakl yasalishi). Yasama Feʼllar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi Feʼllari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq. 1.2. Feʻl zamonlari Ish-harakatning voqe boʻlishi (yoki boʻlmasligi) mantiqan zamon bilan bogʻliq boʻladi. Feʻllardagi zamon nutq soʻzlanib turgan paytga nisbatan qiyoslangan holda aniqlanadi, yaʻni ish-harakat nutq soʻzlanib turgan paytdan oldin, nutq soʻzlanib turgan paytda, nutq soʻzlanib turgan paytdan soʻng bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Shunga koʻra, feʻl uch zamon koʻrinishiga ega: 1. Oʻtgan zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon. Feʻllarda zamon maʻnosi feʻl tarkibida qoʻllangan grammatik koʻrsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan: 1. Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va oʻtar dunYoda yaxshi nom qoldirdi. (R.Shogʻulomov). 2. Koʻnglini kichik tutgan, kamtarlik yoʻlidan yurgan kishi ulugʻlikka yetadi (Yusuf Xos Xojib). 3. Ilm koʻpga yetkazar, hunar esa koʻkka (Maqol). Keltirilgan misollarning birinchisida bunyod etdi, nom qoldirdi feʻllari tarkibidagi –di oʻtgan zamonni, ikkinchisida yetadi feʻli tarkibidagi –a koʻrsatkichi hozirgi zamonni, uchinchisida yetkazar feʻlidagi –ar koʻrsatkichi esa kelasi zamon maʻnosini ifodalagan. Har bir zamon oʻz navbatida yana bir necha turga boʻlinadi. Chunki har bir zamon vaqtning katta qismini koʻrsatish bilan birga oʻzining ichki xususiy modal maʻnolariga (qoʻshimcha maʻnolarga) ham ega. Masalan: oʻqimoqchiman, oʻqiydiganman feʻllari nutq soʻzlanib turgan paytdan soʻng bajariladigan harakatni ifodalab, vaqtning katta qismini koʻrsatish bilan birga, bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatishi kabi oʻziga xos modal maʻnoga ham ega. Oʻtgan zamon feʻli ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Oʻtgan zamon feʻli xususiy modal maʻnolariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: 1) yaqin oʻtgan zamon feʻli; 2) uzoq oʻtgan zamon feʻli; 3) oʻtgan zamon hikoya feʻli; 4) oʻtgan zamon davom feʻli; 5) oʻtgan zamon maqsad feʻli. Yaqin oʻtgan zamon feʻli ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo soʻzlovchining koʻz oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Goʻzal vodiydagi Gullar bogʻi koʻklam libosi bilan bezandi (Sh.R.). Yaqin oʻtgan zamon feʻli sof feʻl negiziga –di qoʻshimchasini qoʻshish va tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi. Uzoq oʻtgan zamon feʻli nutq soʻzlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq soʻzlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Shoyi, atlas, chit, las koʻylak; nimcha, durra, peshonabogʻ, xullas bor boricha yoʻq holicha yasalgan (N. Safarov). Uzoq oʻtgan zamon feʻli negiziga –gan sifatdosh qoʻshimchasini qoʻshish va tuslash bilan (II guruh «B» koʻrinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi: Uzoq oʻtgan zamon feʻli nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda eslash, eshitilganlik kabi qoʻshimcha modal maʻnolarga ham ega boʻladi. Uzoq oʻtgan zamonning boʻlib oʻtgan ish-harakatni aniq eslash maʻnosi –gan sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) toʻliqsiz feʻlini biriktirib tuslash orqali: oʻqigan edim, oʻqigan eding, oʻqigan edi; oʻqigan edik, oʻqigan edingiz, oʻqigan edilar kabi; kutilmaganda eslash maʻnosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) toʻliqsiz feʻlini biriktirib tuslash bilan: oʻqigan ekanman, oʻqigan ekansan, oʻqigan ekan; oʻqigan ekanmiz, oʻqigan ekansiz, oʻqigan ekanlar kabi; boʻlib oʻtgan ish-harakatning soʻzlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli –mish) toʻliqsiz feʻlini biriktirib tuslash orqali: oʻqigan emishman, oʻqigan emishsan, oʻqigan emish; oʻqigan emishmiz, oʻqigan emishsiz, oʻqigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi boʻgʻriqish yoʻqolib, uning oʻrnida nafislik paydo boʻlgan edi (X.Noʻʻmon). Mirza Bahrom unday maʻno chiqishini sira koʻzda tutmagan ekan, oʻsal boʻldi (A.Qahhor). Oʻtgan zamon hikoya feʻli kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq soʻzlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash yoʻli bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab uxlagan kishi shu kechani maʻrifat qilingan holda oʻtkazibdi (Hadisdan). Oʻtgan zamon hikoya feʻli feʻl negiziga –b (-ib) oʻtgan zamon ravishdosh qoʻshimchasini qoʻshish va tuslash bilan (II guruh «B» koʻrinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi. Oʻtgan zamon hikoya feʻlining eslay (eslatish) maʻno koʻrinishi ham bor. Bu shakl oʻtgan zamon –b (-ib) ravishdoshiga edi toʻliqsiz feʻlini biriktirib tuslash orqali hosil boʻladi: oʻqib edim, oʻqib eding, oʻqib edi; oʻqib edik, oʻqib edingiz, oʻqib edilar kabi. Masalan: Urush tugasa, biznikiga mehmongan borasiz, oʻshanda ayamning qanaqaligini koʻrasiz deb edi (S.Zunnunova). Oʻtgan zamon davom feʻli nutq soʻzlanib turgan paytdan ilgari maʻlum bir muddat davomli boʻlgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni eslash maʻno ottenkasi bilan ifodalaydi. Masalan: 1. Bu yerda Boburning doim oʻz kuchi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi (P.Qodirov). 2. Daryolardan kuylab oʻtardim, Ertaklarga quloq tutardim, Hammasini tinglardim, ammo oʻxshashini topmasdim aslo (H.O.). Bu misollarning birinchisida saqlanar edi feʻli oʻtmishda maʻlum bir muddat davomli boʻlgach ish-harakatni ifodalasa, ikkinchisida kuylab oʻtardim, quloq tutardim, tinglardim vaqti-vaqti bilan takrorlanib ish-harakatni anglatadi. Oʻtgan zamon davom feʻli –r(-ar), -yotgan sifatdosh feʻl negiziga hamda -moqda qoʻshimchasini olgan sof feʻl negiziga edi toʻliqsiz feʻlini biriktirib tuslash (I guruh tuslovchilari bilan) orqali hosil qilinadi: Oʻtgan zamon maqsad feʻli nutq soʻzlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe boʻlmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U bugun Malika bilan xoli gaplashib, koʻnglidagi hamma sir-asrorini toʻkib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi. Oʻtgan zamon maqsad feʻli -moqchi, -digan qoʻshimchalarini olgan feʻl negiziga edi toʻliqsiz feʻlini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan shakllanadi. Hozirgi zamon feʻli ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Hozirgi zamon feʻli qoʻshimcha modal maʻnolariga koʻra 2 turga boʻlinadi: 1) hozirgi-kelasi zamon feʻli, 2) hozirgi zamon davom feʻli. Hozirgi-kelasi zamon feʻli nutq soʻzlanib turgan paytda va undan keyin roʻy beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu chigal tugunlarni oʻzi yechilmasligini sezadi (P.Qodirov). Yoshlikda zahmat chekib, ilm oʻrgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy). Hozirgi-kelasi zamon feʻli sof feʻl negiziga –a, -y ravishdosh qoʻshimchasini qoʻshish va tuslash bilan hosil qilinadi. Hozirgi zamon davom feʻli ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan paytda aniq davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan soʻng xalqimizning oʻz yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov). Shuningdek, murakkab feʻl tarkibida qoʻllangan yot, yur, tur, oʻtir koʻmakchi feʻllarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom feʻli hosil qilinadi: oʻqib yotibman, oʻqib yuribman, oʻqib turibman, oʻqib oʻtiribman kabi. Kelasi zamon feʻli ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan paytdan soʻng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi. Kelasi zamon feʻli qoʻshimcha modal maʻnolariga koʻra ikki turga boʻlinadi: 1) kelasi zamon gumon feʻli; 2) kelasi zamon maqsad feʻli. Kelasi zamon gumon feʻli ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan paytdan soʻng bajarilish-bajarilmasligi moʻljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi. Masalan: Bugun havo ochiq boʻlar (A.Q.) Kelasi zamon gumon feʻli baʻzan hozirgi-kelasi zamon maʻnosida kelib, aniqlik, qatʻiylik maʻnolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar (Maqol). Kelasi zamon gumon feʻli sof feʻl negiziga – r (-ar) sifatdosh qoʻshimchasini qoʻshish va tuslash bilan shakllanadi. Kelasi zamon maqsad feʻli nutq soʻzlanib turgan paytdan soʻng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab oʻqishni davom ettirmoqchiman, soʻngra qishloq xoʻjalik institutiga kirmoqchiman (SH.R.). Oho qora koʻz deganda, u devordan oshadigan (O.). Kelasi zamon maqsad feʻli sof feʻl negiziga -moqchi hamda feʻlning ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi. 2.1. Mayl kategoriyasi haqida umumiy maʻlumot Shaxs-son qoʻshimchalarining sinonimiyasi: 1) feʻlning 2-Shaxs birlik qoʻshimchasi oʻrnida 2-Shaxs koʻplik qoʻshimchasi qoʻllanadi: Amaki, ertaga kelasizmi? 2) feʻlning 1-Shaxs birlik qoʻshimchasi oʻrnida 2-Shaxs birlik qoʻshimchasi ishlatiladi: Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi. 3) 2-Shaxs koʻplik oʻrnida 1-Shaxs koʻplik qoʻshimchasi qoʻllanadi: Bolalar, bugun diktant yozamiz. 4) 2-Shaxs koʻplik oʻrnida 3-Shaxs birlik qoʻshimchasi ishlatiladi: U norozi ohangda dedi: - Shunaqa ish bilan hazillashib boʻladimi? 2. Zamon qoʻshimchalarining sinonimiyasi: 1) hozirgi zamon davom feʻli oʻrnida hozirgi-kelasi zamon shakli qoʻlla-nadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti). 2) kelasi zamon oʻrnida hozirgi zamon shakli qoʻllanadi: Ertaga terimga tushyapmiz. 3) hozirgi zamon oʻrnida oʻtgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi. 3. Mayl qoʻshimchalari sinonimiyasi: 1) ijro maylidagi feʻl buyruq mayli oʻrnida keladi: Qani, ketdik, bolalar. 2) ijro mayli shart mayli oʻrnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak. 4. Nisbat qoʻshimchalari sinonimiyasi: 1) birgalik nisbati qoʻshimchasi koʻplik qoʻshimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi – Ular keldilar. 2) nisbat qoʻshimchalari ichida oʻzaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor: -l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz. 5. Feʻl yasovchi qoʻshimchalar sinonimiyasi: 1) baʻzi yasama feʻllar iboralarga sinonim boʻladi: gulladi – gulga kirdi. 2) qoʻshimcha yordamida yasalgan feʻllar qoʻshma feʻllarga sinonim boʻladi: himoyaladi – himoya qildi. 3) feʻl yasovchilar oʻzaro sinonim boʻladi: sizlamoq – sizsiramoq, suvsamoq- suvsiramoq. Ish-harakatning voqelikka munosabatini koʻrsatuvchi grammatik kategoriyaga feʻl mayli deyiladi. Mayl kategoriyasi grammatik zamon (oʻtgan, hozirgi, kelasi) va grammatik shaxs (bajaruvchi) bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, hammasi birgalikda feʻlning tuslanish tizimiga kiradi. Feʻl mayllarida voqelik bilan bogʻliq ravishda ish-harakatning bajarilish xususiyatlari turlicha boʻladi. Masalan: 1) Havo sovuq, osmonda zahardek achchiq qor uchqunlari erinchoq kezadi (Oʻ.Hoshimov). 2) Yoshlikda zahmat chekib, ilm oʻrgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy). 3) Soʻzlayotgan kishining oʻziga emas, soʻziga eʻtibor qil (Tafakkur gulshani). Bu misollarning birinchisida kezadi feʻli ish-harakatning aniq bajarilishini, ikkinchisida oʻrgansang, egallasang feʻllari ish-harakatning bajarilishi uchun shart qilib olingan harakat maʻnosini, uchinchi misolda esa eʻtibor qil feʻli ish-harakatning bajarilishi haqidagi buyruq, maslahat maʻnosini anglatgan. Demak, feʻl anglatgan ish-harakat voqelikka munosabatiga koʻra aniqlik, shart (istak), buyruq (istak) kabi qoʻshimcha modal maʻnolarni ifodalaydi. Shunga koʻra feʻllar, asosan, 3 feʻl mayli koʻrinishiga ega: 1) aniqlik mayli, 2) shart mayli, 3) buyruq-istak mayli. Aniqlik mayl – bu mayldagi feʻl ish-harakatning uch zamondan birida aniq (real) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Yaʻni aniqlik maylidagi feʻl oʻtgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon feʻllarining barcha maʻno koʻrinishlarini oʻz ichiga qamrab oladi: oʻqidim, oʻqimadim - yaqin oʻtgan zamon feʻli; oʻqiyapman - hozirgi zamon davom feʻli; oʻqimoqchiman, oʻqimoqchi emasman – kelasi zamon maqsad feʻli kabi. Masalan: Men unga mustaqil odam ekanligimni koʻrsatib qoʻymoqchiman (P.Q.) gapida koʻrsatib qoʻymoqchiman feʻli ish-harakatning kelasi zamonda (kelasi zamon maqsad feʻli) I shaxs tomonidan (-man shaxs-son affiksi) aniq bajarilishini anglatadi. Aniqlik maylidagi feʻllar I-II guruh tuslovchi affikslar bilan tuslanadi. Buyruq-istak mayli – bu mayldagi feʻl kelasi zamonga oid boʻlib ish-harakatni bajarish yoki bajarmaslik haqida buyurish, soʻrash, istash, iltimos, maslahat, undash-chaqirish kabi maʻnolarni anglatadi va III guruh tuslovchi affikslar bilan oʻzgaradi:oʻqiy (oʻqiyin), oʻqigin (oʻqi), oʻqisin; oʻqiylik, oʻqingiz, oʻqisinlar kabi. Buyruq-istak maylining I shaxsi istak iltimos, undash-chaqirish maʻnolarini (I shaxsda buyurish, iltimos maʻnolari ifodalanmaydi); II-III shaxsi buyruq, iltimos, maslahat oʻrni bilan doʻq kabi maʻnolarni ifodalaydi va maʻnolarning har biri oʻziga xos intonatsiya bilan ajralib turadi. Masalan: 1. Oʻz shaxsiy foydangni izlama, xalqning foydasini izla, xalqqa mashaqqat yukki tushirib, uni qiynama, oʻzing yuk koʻtaruvchi boʻl (Yusuf Xos Xojib). 2. Naqadar buyuk zamonda yashayotganligimizni unutmaylik (I.Karimov) birinchi misolidagi izlama, izla, qiynama, boʻl feʻllari II shaxs (nol koʻrsatkichli shaklda)da kelib maslahat, iltimos kabi maʻnolarni, ikkinchi misoldagi unutmaylik feʻli I shaxs koʻplikda kelib, Shu harakatni bajarishga undash, shu bilan birga istak, xohish kabi maʻnolar bildiriladi. Shart (istak) mayli – bu mayldagi feʻl birinchidan, maʻlum ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart boʻlgan ish-harakatni ifodalaydi. Bunda shart maylidagi feʻl ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Masalan: Bolalaring senga qanday munosabatda boʻlishini istasang, ota-onangga ham shunday munosabatda boʻl (Tafakkur gulshani). Ikkinchidan, bu shakldagi feʻlning oʻzi orzu-istak, xohish, maslahat, iltimos kabi maʻnolarni ifodalaydi va sodda gapning yoki qoʻshma gaplarda bosh gapning kesimi vazifasida qoʻllanadi: Qani endi inqilob boʻlsa-yu, mehnatkash xalq xonni agʻdarib mamlakatni oʻzi idora qilsa, hamma erkin nafas olsa (N.Sharipov). Qani endi bu qirlarga koʻklamda chiqsang. Onajon, shu suratni menga bersangiz (A.Q.) Koʻrinadiki, shart maylidagi feʻl kelasi zamon tushunchasini anglatib, shart-istak maʻnosi feʻlning buyruq-istak maylidan bosh shaklga –sa qoʻshimchasini qoʻshish va tuslash orqali shakllanadi: oʻqisam, oʻqisang, oʻqisa; oʻqisak, oʻqisangiz, oʻqisalar kabi. Shart mayli formasidagi feʻl edi, ekan toʻliqsiz feʻllar bilan; kerak, boʻlmoq, ehtimol kabi modal maʻnoli soʻzlar bilan birga qoʻllanishi mumkin: oʻqisa edi, oʻqisa ekan; oʻqisa kerak, oʻqisa boʻladi kabi. Bunday shaklda kelgan feʻllar tilak, orzu, gumon, noaniqlik kabi maʻnolarni bildiradi: Nahotki Muqaddas shu yotoqxonada tursa? (O.YO.). bu yerda shoʻr imoratning ofati boʻlsa kerak (A.Q.). Xoʻsh, endi sizlarga nima sovgʻa bersam ekan (O.). Shuningdek, shart maylidagi feʻl qoʻshma gapning bir necha turlarida ergash gapni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladi: Ertalab derazadan qarasam, hamma Yoq oppoq... (O.). Toʻtiqiz... dugonasini oʻylasa, xolasi oʻz koʻksida panoh topgandek bagʻriga kirib olgan jiyanini oʻylar edi Darak gapning kesimi koʻpincha aniqlik (xabar) maylidagi feʻl bilan yoki feʻldan boshqa soʻz turkumlari bilan ifodalanadi. Masalan: Biz fan choʻqqilarini astoydil egallaymiz. Men oʻqituvchiman. Darak gap oxirida nuqta qoʻyiladi. Buyruq gapning kesimi koʻp vaqtda buyruq maylidagi feʻl boʻladi. Buyruq gaplar odatda tinglovchi shaxsga qaratilgan boʻladi. Shuning uchun ham ularning kesimi buyruq maylining III shaxs formasida boʻladi. Tarkibli kesim. Ikki va undan ortiq soʻz shakllarining qoʻshiluvidan hosil boʻlgan kesim tarkibli kesim boʻladi. U doim yetakchi va yordamchi qismlardan tashkil topib, yetakchi qism asosiy maʻnoni, yordamchi qism qoʻshimcha maʻnoni ifodalaydi. Ifodalanishiga koʻra tarkibli kesim ham ikki xil: a) tarkibli feʻl kesim; b) tarkibli ot kesim boʻladi. Tarkibli feʻl kesim quyidagicha ifodalanadi: 1. Feʻlning analitik shakli bilan ifodalanadi. Bunda oʻzining leksik maʻnosini saqlagan feʻl yetakchi feʻl, qolganlari esa koʻmakchi feʻl yoki toʻliqsiz boʻlib, yetakchi feʻldan anglashilgan harakatning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan turli qoʻshimcha maʻnolarni ifodalaydi. Yetakchi feʻl asosan ravishdosh shaklida boʻladi. Masalan: Bu yumshoq, mulohazali odamga yotoqdoshlarning mehri oshib qolgan edi. (A.Muxtor). Oʻrmon ichidan qushlarning sayrashi eshitilib turadi. (P.Qodirov). 2. Yetakchi feʻl ham, koʻmakchi feʻl ham tuslovchi qoʻshimchalar oladi. Bunda aytdi-qoʻydi, chiqdi-kеtdi, yozdi-oldi kabi qoʻshilishlar tarkibli kesim vazifasida keladi. Men undan shunchaki soʻradim-qoʻydim. 3. Sifatdоsh +boʻlmoq feʻli yoki toʻliqsiz fеʻldan iborat boʻladi: Mashgʻulot haftada ikki marta oʻtadigan boʻldi. Bolalar topshiriqni bajargan edi. 4. Maqsad maylidagi feʻl +boʻlmoq feʻli yoki toʻliqsiz fеʻldan iborat boʻladi: Bolalar simdan yasalgan qarmoq bilan baliq tutmoqchi boʻldi. U oʻrnidan turmoqchi edi. 5. Оt+fеʻl tipidagi frazеоlоgizmlardan: koʻngli toʻldi, bоshi qоtdi kabi. Aniqlik (ijro) maylidagi feʻl va boshqa soʻz turkumlari bilan. Masalan: Ertalabgi poyezddan qolmaslik uchun shoshilib chiqib ketayotgan edi. (Oʻ.Hoshimov). Shaxsi aniq gap kesimining aniqlik maylidagi feʻl bilan ifodalanishi quyidagicha: a) oʻtgan zamon feʻl shakllari bilan: Ular bilan ham murosa qilolmagan edingiz-ku ... (P.Qodirov). Abdukarimova haqida bilmoqchi edim. (F.Musajonov). b) hozirgi zamon feʻl shakllari bilan: Endi ularning xatosini tuzatish uchun qancha mashaqqat chekamiz. (P.Q). Gapimni tushuntirolmay qolamanmi deb qoʻrqyapman. (J.Abd). v) kelasi zamon feʻl shakllari bilan: Hech kim bilan hech qanaqa raqobat qilmoqchimasman (J.Abdullxonov). Saviyasini tekshirmoqchimisan? (F.Musajonov) 2. Buyruq - istak maylidagi feʻl bilan: Xatlarni menga bering! – deb qoldi Tolib aka. (F.Musajonov). Gazeta ishidan misol keltirib gapiray. (F.Musajonov). 3. Shart maylidagi feʻl bilan: Xulosangizga astoydil ishonsangiz, nimadan qoʻrqasiz? Tushuntirsangiz, tushunishadi. (J.Abdullaxonov). Shaxsi aniq gapning kesimi baʻzan feʻldan boshqa soʻzlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Kelishgan, oʻqimishlisiz, buning ustiga yoshsiz. (F.Musajonov). Mulla Usmon, ... hammasidan xabardorsiz. (P.Qodirov). Shaxsi aniq gaplar badiiy adabiyotda, ayniqsa, dialogik nutqda koʻp qoʻllanadi. Shaxsi noaniq gap. Kesimi, odatda, feʻl bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq koʻrsatib turmaydigan bir bosh boʻlakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Shaxsi noaniq gapning kesimi uchinchi shaxsga qaratilgan boʻlsa ham, bajaruvchisi noaniq boʻladi. Shaxsi noaniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi. 1. Aniqlik (ijro) maylidagi feʻl bilan: a) oʻtgan zamon feʻl shakllari bilan: Axtargan topar, deb bejiz aytmaganlar. (J.Abdullaxonov). Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov). Baribir toʻy-hashamlarda, gap-gashtaklarda uni goh Aleksandr Sergeyevich Pushkin, goh Alisher Navoiy ... deb chaqirishardi. (S.Ahmad). b) hozirgi zamon feʻli bilan: Yongʻoqni suv ombori deyishadi. (J.Abdullaxonov). Mehr koʻzda deb bekor aytmadilar. (F.Musajonov). v) kelasi zamon feʻli bilan: Ularni yarashtirishga urinishmoqchilar. (P.Qodirov). 2. Buyruq-istak maylidagi feʻl bilan: ... mayli, mehnatimdan qirqsinlar. (A.Qahhor). 3. Shart maylidagi feʻl bilan: Bir oydan beri uchovidan birortasini koʻrsatarmikin deb koʻzim toʻrt boʻlib qarayman. Hechki koʻrsatishmasa! Oʻchiringlar-e, ovozi qulogʻimni teshib yubordi. (P.Qodirov). Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi feʻl bilan ifodalanib, umumga qaratilgan bir bosh boʻlakli gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Bunday gaplarda hayotiy xulosalar, hayotiy tajribalar, umumiy qoidalar, umumlashgan mulohazalar ifoda qilinadi.5 Shaxsi umumlashgan gapning kesimi koʻpincha buyruq-istak maylining ikkinchi shaxs shakli bilan ifodalanadi. Maqollar koʻpincha shaxsi umumlashgan gap shaklida boʻladi: Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. (Maqol). Tulkining tavbasidan qoʻrq, mugʻambirning – yigʻisidan. (Maqol). Kattani katta bil, kichikni –kichik! (Maqol). Tilingni botir qilma, oʻzingni botir qil (Maqol). Shaxsi umumlashgan gapning kesimi baʻzan buyruq-istak maylining birinchi shaxs koʻplik shakli orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Xushmuomalali boʻlaylik, bu goʻzal sifat baxt-saodatning tuganmas xazinasi ekanini unutmaylik. («Oz-oz oʻrganib dono boʻlur»). Qarilikning yuzimizdan koʻra aqlimizda ajinlar hosil qilishidan ehtiYot boʻlaylik. («Oz-oz oʻrganib dono boʻlur»). 2.2 Toʻliqsiz feʻllar Feʻllar ham boshqa mustaqil soʻz turkumlari kabi tub va yasama boʻladi. Masalan, kel, ket, yur, oʻqi singari feʻllar tub feʻllar: ishla, oʻyna, jonlan, tasdiq qildi, kasal boʻldi kabi feʻllar yasama sanaladi. Yasama feʻllar yasashga asos qismga maʻlum yasovchi vosita qoʻshish yordami bilan hosil qilinadi. Yasovchi vosita qoʻshimcha yoki soʻz boʻlishi mumkin. Jumladan, yuqorida keltirilgan misollardan oxirgi ikkitasi yasashga asos qismga (tasdiq, kasal) soʻz holidagi yasovchi vosita (qildi, boʻldi) qoʻshish yordamida hosil qilingan. Boshqalari esa qoʻshimchalar qoʻshish yoʻli bilan yasalgan. Shunga koʻra, feʻl yasalishi ikki guruhga boʻlinadi: a) qoʻshimchalar qoʻshish yoʻli bilan (morfologik yoki affiksatsiya); b) soʻz qoʻshish yoʻli bilan (sintaktik yoki kompozitsiya). Feʻl yasashning eng keng tarqalgan turi qoʻshimchalar qoʻshish yoʻli bilan feʻl yasash sanaladi. Bunday usul bilan feʻl boʻlmagan soʻzlardan feʻl yasaladi. 1. Morfologik usulga koʻra, maxsus feʻl yasovchi affikslar yordamida boshqa soʻz turkumlaridan (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy soʻzlardan) feʻl yasaladi. Hozirgi oʻzbek tilida feʻl yasashda quyidagi soʻz yasovchi affikslar qoʻllanadi: -la affiksi: Hozirgi oʻzbek tilida eng faol feʻl yasovchi qoʻshimchadir: kuyla, bahola; tozala, oqla; sizla; tezla, sekinla; ufla, dodla; shitirla, shivirla kabi. Bu affiks unumdor feʻl yasovchi affiks sanalib, barcha soʻz turkumlaridan feʻl yasaydi. 1. -la qoʻshimchasi otlarga qoʻshilib feʻl yasaganda, quyidagi maʻnolarni bildiradi: a) yasashga asos qismdan anglashilgan narsa – predmet bilan taʻminlash: oʻgʻitla, moyla; b) narsa – qurol bildiruvchi otlarga qoʻshilib, shu asbob bilan bajariladigan harakatni bildiradi: qaychila, arrala, egovla, ketmonla; d) yasashga asos qismdan anglashilgan narsani yuzaga keltirish maʻnosini bildiradi: urugʻla, bolala kabi. 2. Sifat va ravishlarga -la yasovchi qoʻshimchasi qoʻshilganda yasashga asos qismdan anglashilgan tus, holatga kirish harakatini bildiradi. Masalan, tekisla, silliqla, toʻgʻrila, tezla, tozala kabi. 3. -la qoʻshimchasi undov soʻzlarga qoʻshilib, yasashga asos qismdan ifodalangan his-hayajon, buyruq – xitoblarning bajarish harakatini bildiradi: hihila, ufla, dodla kabi. 4. -la qoʻshimchasi taqlid soʻzlarga qoʻshilib, yasashga asos qism ifodalagan tovushning yuz berishini ifodalaydi: gumburla, taraqla kabi. Sifat, ravish, undov va taqlid soʻzlarga -la yasovchi qoʻshimchasi qoʻshilib feʻl yasalganda, yasovchi qoʻshimcha qil, et, de singari koʻmakchi feʻllari bilan sinonimik munosabatda boʻladi va ularni koʻpincha biri oʻrnida ikkinchisini qoʻllash imkoniyati boʻladi. Masalan, tekisla-tekis qil, silliqla-silliq qil, ufla-uf de, dodla-dod de, gumburla-gubur et, taraqladi-taraq etdi kabi. Lekin doimo emas. Masalan: tezla ni tez qilga almashtirib boʻlmaydi. Eslatma: 1. -la feʻl yasovchi qoʻshimchasi baʻzan -ta (izla -ista), -ga, -ka (hidla – iska) holida ham talaffuz qilinadi. 2. -la feʻl yasovchi qoʻshimchasi baʻzan bilan koʻmakchisining qisqargan shakli -la (qoʻl-la bajarib boʻlmaydi) hamda -la (-oq, -yoq yuklamasi bilan maʻnodosh) yuklamasi bilan omonimlik munosabatida boʻladi. Shuning uchun -la yasovchisini soʻzga kuchaytiruv-taʻkid maʻnosini yuklaydigan -la yuklamasidan farq qilish kerak. Masalan, kelib -la ketdi – kelib ketdi; qoʻlla (madad qil) va qoʻl-la (qoʻl bilan). Hozirgi oʻzbek tilida -la qoʻshimchasidan tashqari yana quyidagi qoʻshimchalar yordamida feʻl yasaladi: -a affiksi: tuna, oʻyna; qiyna, yasha; guldura, shildira kabi. Bu affiks yordamida ot, sifat, taqlid soʻzlardan feʻl yasaladi. -r (-ar) affiksi: eskir, qisqar, koʻkar, qizar kabi. Bu affiks yordamida sifat asosidan feʻl yasaladi. -y (-ay) affiksi: ulgʻay, kuchay, qoray; koʻpay, ozay, pasay, susay kabi. Bu affiks sifat va ravish asosidan feʻl yasaladi. -sira affiksi: suvsira, yotsira; sizsira, sensira kabi. Bu affiks bilan ot, sifat, olmoshdan feʻl yasaladi. -lan affiksi: otlan, shodlan, zavqlan, ikkilan kabi. Bu affiks tuzilishiga koʻra qoʻshma (-la+n) boʻlib, ot, sifat, sondan feʻl yasaydi. -lash affiksi: gaplash, bahslash, birlash, salomlash, xayrlash kabi. Bu affiks ham tuzilishiga koʻra qoʻshma (-la+sh) boʻlib, u ot, son, undov soʻzdan feʻl yasaydi. -i affiksi: changi, boyi, tinchi kabi. Bu affiks bilan ot va sifatdan feʻl yasaladi. -ik (-iq) affiksi: yoʻliq, birik, kechik kabi. Bu affiks yordamida ot, sifat, son, ravishdan feʻl yasaladi. -qir, -ira, -illa affikslari: hayqir, yarqira, yaltira, miltira; taqilla, gurilla, vishilla kabi. Bu affikslar yordamida undov va taqlid soʻzlardan feʻl yasaladi. -ir (-ur) affiksi: gapir, tupur. Bu affiks ham unum soʻz yasovchi affiks boʻlib, u ot va undov soʻzdan feʻl yasaydi. -ka, -sa affikslari: ham unum soʻz yasovchi affikslar boʻlib, bu affikslar yordamida otdan feʻl yasaladi: iska, suvsa kabi. 2. Sintaktik usulga koʻra ikki (baʻzan undan ortiq) soʻz asosi birikishi bilan yangi soʻz qoʻshma feʻl yasaladi. Masalan: Borligʻimizni, boyligimizni, qadriyatlarimizni dunyoga ayon qilmoqdamiz (I.Karimov). Sustkashlik oson ishni mushkullashtiradi, qiyin ishni esa, chorasiz bir ahvolga olib keladi (Tafakkur gulshani). Bu misollardagi ayon qilmoqdamiz, olib keladi feʻllari sintaktik usul bilan yasalgan qoʻshma feʻllardir. Qoʻshma feʻllarning qismlari qaysi soʻz turkumidan tuzilishiga koʻra ikki turga boʻlinadi: 1) ot+feʻl qolipidagi qoʻshma feʻllar. Bunday feʻllarda birinchi qism feʻldan boshqa soʻz turkumlari (ot, sifat, undov, taqlid)dan tuzilib, ikkinchi qismi feʻl boʻladi: javob bermoq, qoʻl qoʻymoq, nazar tashlamoq, xursand boʻlmoq, xafa qilmoq, oh urmoq, yalt etmoq kabi. 2) feʻl+feʻl qolipidagi qoʻshma feʻllarning har ikkala qismi feʻllardan tuziladi: olib chiqmoq, sotib olmoq, yutib olmoq, ola kelmoq kabi. Bunday qoʻshma feʻllarning birinchi qismi –b (-ib), -a (-y) qoʻshimchasi bilan yasalgan ravishdosh shaklida keladi, tuslovchi qoʻshimchalar ikkinchi qismga qoʻshiladi. Feʻl+feʻl qolipidagi qoʻshma feʻllar kam miqdorni tashkil etadi. Qoʻshma feʻllarning har bir qismi oʻz leksik maʻnosini saqlagan holda, birgalikda bitta murakkab harakat tushunchasini anglatadi. Shu jihatdan qoʻshma feʻllar koʻmakchi feʻlli soʻz qoʻshilmalaridan (analitik shakllardan) farqlanadi, chunki bunday feʻllarda leksik maʻno uning birinchi qismi bilan ifodalanib (yetakchi qism), ikkinchi qismi esa (koʻmakchi feʻl) unga (yetakchi qism maʻnosiga) qoʻshimcha modal maʻno qoʻshadi: aytib koʻr, olib tur, koʻrib chiq kabi qoʻshilmalarda aytib, olib, koʻrib qismi yetakchi, koʻr, tur, chiq qismlari esa koʻmakchi feʻldir. FEʻLLARNING TUZILISHIGA KOʻRA TURLARI Feʻllar tuzilishiga koʻra 4 xil boʻladi: sodda, qoʻshma, juft, takroriy. Sodda feʻllar bir asosdan tarkib topadi, u ikkiga boʻlinadi: sodda tub feʻllar asos holatida ish-harakat va holatni anglatadi: qurmoq, yurmoq, bormoq; sodda yasama feʻllar soʻz yasovchi qoʻshimchalar yordamida (affiksatsiya yoki morfologik usuli bilan) boshqa soʻz turkumlaridan yasaladi: tuzla, maydala, guldira, koʻpay, kuchay, oqar, qisqar, gapir, suvsiramoq, suvsamoq, boyi, changi, chirilla, zavqlandi, ikkilandi, asabiylashmoq, yiltira, kechikmoq, yoʻliqmoq, yoʻqotmoq. Qoʻshma feʻllar - soʻzlarni qoʻshish yordamida (kompozitsiya yoki sintaktik usul) hosil boʻladi. Qoʻshma feʻllar birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qoʻshimchalarni qoʻshib boʻlmaydigan, bitta soʻroqqa javob boʻluvchi feʻllar. a) feʻl boʻlmagan soʻz bilan feʻlning (yoki ot+feʻl tipidagi) birikishi: dam olmoq, himoya qilmoq, paydo boʻlmoq, javob bermoq, qoʻl qoʻymoq, yod olmoq. b) ikki feʻlning birikishidan (yoki feʻl+feʻl tipidagi), bunday qoʻshma feʻllar koʻp emas: sotib olmoq, chiqarib olmoq, kirib chiqmoq, olib kelmoq, olib bormoq, borib kelmoq. Qoʻshma feʻllar ot, sifat, son, olmosh, undov va taqlid soʻzlarga qil, et, boʻl, ol, ber, de, ayla singari soʻzlarni, feʻl shakllariga kelmoq, ketmoq singari feʻllarni qoʻshish bilan hosil boʻladi: tarbiya qilmoq, eski boʻlmoq, bir boʻlmoq, chirs etmoq, kirib chiqmoq, sotib olmoq. Qoʻshma feʻllarning har ikkala qismi oʻzining lugʻaviy maʻnosini saqlagan boʻladi va qoʻshma feʻl qismlari ajratib yoziladi. Juft feʻl – 2 feʻlning qoʻshaloq kelishidan tashkil topgan, bitta soʻroqqa javob boʻluvchi va gapda bitta gap boʻlagi vazifasida keladi. Juft feʻllar ish-harakatning tez va kutilmaganda roʻy berishini ifodalaydi. Juft feʻl qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi: aytdi-qoʻydi, yozdi-oldi. Ur-yiqit,oldi-berdi, bordi-keldi (borish-kelish), keldi-ketdi kabi juft soʻzlar ot turkumiga oʻtgan soʻzlar hisoblanadi: Borish-kelish qilmaysiz, kimdan qoldi koʻnglingiz. Toʻy bahona keldi-ketdi koʻpaydi. Takroriy feʻllar – asosni takrorlash orqali hosil boʻlgan juft feʻllar: Bolalar uning ovqatini maqtab-maqtab yeyishadi. Takroriy feʻl qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi. Feʻlning modal maʻno ifodalovchi shakllari (formalar) Oʻzbek tilida feʻl oʻziga xos turli modal maʻnolarga (qoʻshimcha maʻnolarga) ega. Feʻllardagi modal maʻnolar sintetik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakllar vositasida ifodalanadi. Feʻldagi modal maʻno sintetik shakl vositasida ifodalanganda, feʻl negiziga ish-harakatning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi qoʻshimcha maʻnolarni qoʻshadigan shakl yasovchi qoʻshimchalarni qoʻshish bilan hosil qilinadi. Feʻllarda modal maʻno yasovchi affikslar quyidagilar: 1) –la affiksi feʻl negiziga qoʻshilib, takror, davomiylik maʻnosini bildiradi: savala, ishqala, tirnala, choʻqila kabi; 2) –gila (-kila, -qila, -gʻila): yugurgila, turtkila, tortqila, ezgʻila kabi. Bu affikslar ham feʻl negiziga qoʻshilib, harakatning davomiyligi, takror maʻnosini bildiradi; 3) –(i)msira, -(i)nqira: yigʻlamsira, kulimsira, oqarinqira kabi. Bu affikslar feʻl negiziga qoʻshilib, harakatning kuchsizlanishini bildiradi; 4) –(i)sh affiksi ham harakatning kuchisizligini bildiradi: oqarishdi, toʻlishdi kabi; 5) -qilla: chopqilla. Bu affiks feʻl negiziga qoʻshilib, harakatning zudlik bilan bajarilish maʻnosini bildiradi. Feʻldagi modal maʻno analitik shakl vositasi bilan ham ifodalanadi. Bunday shakl koʻmakchi feʻllar va toʻliqsiz feʻllar Yordamida hosil qilinadi: Yozib koʻr, aytib chiq, koʻra qol, soʻzlay boshla, borar edi, kelgan emish, olgan ekan kabi. Koʻmakchi feʻllar bilan shakllangan qoʻshilmalar ikki soʻz shaklidan tashkil topib, birinchi qism leksik maʻno ifodalaydi. Shu tufayli yetakchi feʻl deb yuritiladi; ikkinchi qism esa unga birikib grammatik maʻno ifodalaydi va koʻmakchi feʻl sanaladi. Koʻmakchi feʻllar yetakchi feʻlning maʻnosiga qoʻshimcha modal maʻnolar qoʻshadi. Koʻmakchi feʻl tarzida kel, ket, bor, yubor, chiq, oʻt, tur, qol, boʻl, ol, bil, qoʻy, ber, tashla, koʻr, boshla kabilar keladi. Bu feʻllar bir tomondan, harakat maʻnosini ifodalab, mustaqil holda leksik birlik sanaladi, yaʻni keldi, borgan, koʻrmoqchi, bilib kabi; ikkinchi tomondan boshqa feʻl shakliga qoʻshilib, oʻz leksik maʻnosini vaqtincha yoʻqotib, oʻzi aloqador boʻlgan feʻlning leksik maʻnosiga qoʻshimcha maʻno qoʻshadi va koʻmakchi feʻlga aylanadi. Masalan: yoza boshladi feʻli tarkibidagi boshladi feʻli mustaqil holda boshlanish harakatini ifodalaydi, lekin bu qoʻshilmada oʻz leksik maʻnosini yoʻqotib yozish feʻlining leksik maʻnosiga qoʻshimcha maʻno, yaʻni harakatning endi boshlanish maʻnosini qoʻshgan. 6 bilan birga koʻmakchi feʻl yetakchi maʻnosiga davomiylik, tugallanganlik, takroriylik (yoza tur, yozib tur, aytib boʻl kabi); harakatning bajarilish imkoniyati (yozib koʻr, aytib boq kabi); harakatning boshqa shaxsdan soʻzlovchiga yoʻnalishi (aytib ket, olib bor, aytib chiq, ola kel, yozib ol, yozib ber), harakatning bajarilish usuli (yozib tashla, aytib yubor) kabi modal maʻnolarni qoʻshadi. Feʻllarda modal maʻno juft va takroriy shakllar vositasida ham ifodalanadi. Yetakchi feʻl bilan koʻmakchi feʻl bir xil shaklda kelib, juft feʻlni hosil qiladi. Bunda leksik maʻno salmogʻi birinchi qismda boʻladi: aytdi-qoʻydi, oʻtdi-ketdi, oldi-qoldi kabi. Koʻmakchi feʻllar feʻlning –b (-ib), -a (-y) bilan yasalgan ravishdosh shakllari bilan birga qoʻllanadi: oʻqib ber, oʻqiy boshla kabi. Yetakchi va koʻmakchi feʻldan tashkil topgan feʻl shakllarida koʻmakchi feʻl birdan ortiq boʻlishi ham mumkin: yozib qoʻya qol, yozib berib qoʻya qol kabi. Koʻmakchi feʻlli feʻl shakllarida shaxs-son qoʻshimchalari koʻmakchi feʻllarga qoʻshiladi: yozib chiqdim, yozib chiqding, yozib chiqdik, yozib chiqdingiz kabi. Toʻliqsiz feʻllar Mustaqil holda ish-harakat maʻnosini ifodalamay, turli feʻl shakllaridan soʻng (keng maʻnoda ot bilan) qoʻllanib, faqat grammatik modal maʻno ifodalaydigan feʻllar toʻliqsiz feʻllar deyiladi. Toʻliqsiz feʻllarga edi (-di), ekan (-kan), emish (-mish) kabi feʻl shakllari kiradi. Yozar edi – yozardi, yozar ekan – yozarkan, yozar emish – yozarmish kabi. Bu feʻllar aslida bir e (arxaik er) feʻl negizining turli shakllari boʻlib, ular hozir ayrim-ayrim soʻz sifatida tushuniladi. Toʻliqsiz feʻllar uchun umumiy xususiyatlar: 1. Mustaqil lugʻaviy maʻnoga ega emas. 2. Nisbat, boʻlishsizlik, zamon kabi maʻnolarga ega emas. 3. Shaxs-son qoʻshimchalari ularga qoʻshilsa ham, shaxs maʻnosi toʻliqsiz feʻl qatnashgan butun birikmaga tegishli. 4. Toʻliqsiz feʻl qatnashgan birikma (asosiy feʻl + toʻliqsiz feʻl) tarkibidagi toʻliqsiz feʻlni har doim ham tushirib boʻlmaydi. 5. Toʻliqsiz feʻl tarkibidagi «e» tovushi tushib qolishi yoki boshqa tovushga oʻtishi mumkin: ishlardi, ishlarmish, ishlaganakan, ishlasaydi. 6. Toʻliqsiz feʻl ot bilan ham (keng maʻnoda), feʻl bilan ham birika oladi: bogʻ edi, goʻzal ekan, kelgan edi. Ular asosan sifatdosh va ravishdoshga birikadi. 7. Ular ketma-ket qoʻshilishi ham mumkin: Bu odam unaqa emas edi. 8. Toʻliqsiz feʻl shakllari bir necha kesim uchun bir oʻrinda (oxirgi kesim tarkibida) qoʻllanishi mumkin: Qobil bobo uning ketidan yurar va yigʻlar edi. 9. Toʻliqsiz feʻllar gapda bogʻlama vazifasini ham bajaradi: Onasi oʻqituvchi ekan. Toʻliqsiz feʻl sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi bilan birikib, feʻl zamonlarining analitik usul bilan yasalgan shakllarini hosil qiladi. Toʻliqsiz feʻllar edi, ekan, emish turlicha modal maʻnolar ifodalaydi: 1) edi toʻliqsiz feʻli qatnashgan feʻl shaklida taʻkidlash, eslatish, hikoya, davomiylik, takror kabi maʻnolarni bildiradi: Boʻshagan yerlarning bagʻrini pluglarning oʻtkir tigʻlari tilka-tilka qilmoqda edi (H.N.). Shu kuni endi koʻchaga chiqib edi... (M.Ismoiliy). Ular bir partada oʻtirishar, birga dars tayyorlashar, maktabni bitirgandan keyin qaerga oʻqishga borish haqida maslahatlashar, xayol surishar edi (S.Zunnunova). 2) ekan toʻliqsiz feʻl qatnashgan shakllarda oʻtmishda yuz bergan voqea-hodisaning soʻzlovchiga keyinchalik maʻlum boʻlganligi va uning davomi ekanligi anglashiladi: Aytishingizdan, oradan hech gap oʻtmagan ekan (A.Qahhor). 3) emish toʻliqsiz feʻli esa noaniqlik, gumon, eshitilganlik maʻnolarini bildiradi: Oʻzgarmagan, ammo negadir ikkovining ham boʻyi juda uzun boʻlib ketgan emish (S.Ahmad).7 Toʻliqsiz feʻllar boshqa soʻz turkumlari bilan ham birikib keladi. Bu holda ot kesim tarkibida kelib, bogʻlama vazifasini bajarib, tuslovchi affikslarni oladi: Uy kichkina, lekin yorugʻ va toza edi (O.) Feʻllarda modal maʻno feʻlning juft va takroriy shakli bilan ham ifodalanadi. Bunday shakl orqali harakatning davomliligi, takrorlanib turishi, tugallanganlik, harakatning voqe boʻlishiga turlicha munosabat (befarqlik) kabi modal maʻnolar anglashiladi: ayta-ayta, borib-borib, aytsa-aytar, uchadi-ketadi, kelsa-kelibdi, ishlasa-ishlasin kabi. Download 65.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling