Mundarija Kirish Bob: Tabiiy resurslarga umumiy tasnif
Download 41.71 Kb.
|
Tabiiy resurlar salohiyati Mundarija Kirish Bob Tabiiy resursla
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash 2.2. O’zbekistonda tabiiy resurslardan foydalanish 2.3. Biologik resurslar haqida tushuncha
- 3.1. Ikkilamchi resurslar haqida 3.2. Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik asoslari 3.3. Atrof muhit va uning tarkibiy qismlari
Qurilishda ikkilamchi resurslardan foydalanish. Qurilishda ekologik huquq. Mundarija Kirish 1.Bob: Tabiiy resurslarga umumiy tasnif 1.1. Tabiiy resurslar va ularning o’rni 2.1. Tabbiy resurslar bilan bog’liq muammolar va ularning muhofazasi 2.Bob: Iqtisodiy islohotlar davrida tabiiy resurslar salohiyati 2.1. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash 2.2. O’zbekistonda tabiiy resurslardan foydalanish 2.3. Biologik resurslar haqida tushuncha 2.4. Mineral xom-ashyo resurslari va ularning ekologik-iqtisodiy xususiyatlari 3.Bob: Ikkilamchi resurslar va ularning asosiy manbalari 3.1. Ikkilamchi resurslar haqida 3.2. Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik asoslari 3.3. Atrof muhit va uning tarkibiy qismlari 3.4. Arof-muhit va tabiiy resurslar himoyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Tabiat - keng ma'noda - butun borliq, olam va uning xilma-xil shakllari; tor ma'noda - kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo`lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat va tabiat tizimini ko`rib chiqayotganda ikkinchi tor ma'nodagi tushuncha qo`llaniladi. Chunki inson o`zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balkim uni o`rab turuvchi va uning ta'siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanishi mumkin. Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o`rtasida to`xtovsiz va xilma-xil o`zaro ta'sirlar ro`y berib kelgan. Ammo tabiat insonlarsiz bu moddiy dunyoda hukm surib kelgan, lekin insonlar tabiatning bir bo`lagi bo`lib, ular tabiatsiz hayot kechira olishmaydi. Insonlar o`z hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh uchun xom ashyo, qurilish uchun binokorlik materiallari, nafas olish uchun atmosfera havosi, ichish uchun suv, dam olish uchun go`zal landshaftlar va h.k. Shunday qilib inson hayoti davomida foydalanilgan hamma narsalar tabiiy modda va kishilar faoliyatining mahsulidir. Tabiiy resurslarni kamayib va yo`qolib borishi hamda tabiiy obyektlarning ifloslanishi ekologik tizimlarning buzilishiga va ekologik inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Chunki kichik va katta ekologik tizimlarning aylanishi zanjirida turgan biron bir tabiiy obyektning yo`qolishi yoki uning ekologik xususiyatini ifloslanish natijasida kamayib qolishi tabiatni o`z-o`zini asrash, 35 tashqi kuchlarga qarshi turish (buferligi) va qayta tiklanish xususiyatlarini yo`qotib qo`yadi. Ekologik inqiroz - jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabat muvozanatining barqaror ravishda buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit holatini yomonlashib borishi, davlat boshqaruv va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasliklari hamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo`qolishi, ya'ni tabiiy muhit inqirozi va ijtimoiy muhit falokati. Tabiiy muhitni inqirozga, ijtimoiy muhitni falokatga olib kelmaslik uchun biz yaqin kelajakda ekologik munosabat shakliga o`tib olishimiz kerak. Jamiyat va tabiat o`rtasidagi ekologik munosabat shakli deb biz kishilarni tabiat resurslardan o`ta samarali foydalanishga, qayta tiklash va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan hayot tarzini tushunamiz. Bunday hayot tarzi mavjud ekologik tizimni sog`lomlashtirishga olib keladi. Ekologik munosabat shaklida davlatning boshqaruv tizimi avvalam bor ekologik nobop hudud va obyektlarni tiklashga qaratilgan bo`ladi. Bu yerda ishlab chiqarish texnologiyasi birinchi navbatda kam chiqitli yoki yopiq holda bo`lishni talab etadi. Ekologik ong va madaniyat kishilarning jamiyatda tutgan o`rnini belgilovchi mezon omili bo`lib qoladi. Ekologik qonunlar va normativ xujjatlar nafaqat 37 bevosita, balki bilvosita ham ekologiyalashtirilgan va amaliy tadbiqi mexanizmiga to`liq asoslangan bo`lishini talab qiladi. Tabiiy resurslardan foydalanishni cheklash va tabiiy obyektlar "rekonstruksiyasi" bir mamlakat miqyosida emas, balkim ekologik xavfli hududlar bo`yicha amalga oshiriladi va ular davlat tomonidan alohida muhofaza etish obyektiga kirishini taqazo qiladi. Download 41.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling