Mundarija Kirish Bob: Tabiiy resurslarga umumiy tasnif


Bob: Ikkilamchi resurslar va ularning asosiy manbalari


Download 41.71 Kb.
bet8/11
Sana27.02.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1235061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tabiiy resurlar salohiyati Mundarija Kirish Bob Tabiiy resursla

3.Bob: Ikkilamchi resurslar va ularning asosiy manbalari
3.1. Ikkilamchi resurslar haqida
Inson xo’jalik faoliyati, ayniqsa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ko’p miqdorda chiqindilar paydo bo’ladi. Ularning paydo bo’lish manbalariga ko’ra 3 asosiy guruhga bo’linadi: 1) ishlab chiqarish chiqindilari; 2) iste’mol chiqindilari; 3) utilizasiya chiqindilari; Ishlab chiqarish jarayonlarida paydo bo’ladigan xom ashyo qoldiqlari, materiallari, yarim fabrikatlar kiradi va ular dastlabki iste’mol sifatlarini qisman yoki to’liq yo’qotgan bo’ladi. Iste’mol chiqitlari o’zlarining iste’mol sifatlarini yo’qotgan va iste’molda bo’lgan mahsulotlar hamda ularga yo’ldosh buyumlardir. Foydalanish imkoniyatlariga ko’ra utilizasiya qilinadigan (foydalaniladigan, ishlatiladigan) va utilizasiya qilinmaydigan chiqindilarga bo’linadi. Birinchisi uchun qayta ishlash texnologiyasi va xo’jalik oborotiga kiritish texnologiyasi mavjud, ikkinchisi uchun hozirda shunday texnologiya ishlab chiqarilmoqda. Chiqindilarni hosil bo’lushiga ko’ra guruhlarga bo’lish bilan bir qatorda, ularni xosil bo’lishini xududiy xususiyatlarini ham o’rganish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarish korxonalarini, qayta ishlash texnologiyalarini xududiy joylashtirish chiqindilarni tarkibiy va miqdoriy xususiyatlariga bog’liqdir. Inson xo’jalik faoliyati oqibatida bir necha yuz xil chiqindilar paydo bo’ladi. Ularning bir necha turlari: metall, plastmassa, qog’oz, shisha, yog’ochlardan foydalaniladi xolos. Materiallardan ikkilamchi foydalanish atrof muhit muhofazasining qator majmua muammolarini yechishga xizmat qiladi: birlamchi xom ashyo iste’moli kamayadi, atrof muhitning ifloslanishi kamayadi, mehnat resurslari xom ashyoni qayta ishlash jarayonidan ozod bo’ladi. Ko’pchilik mamlakatlarda birlamchi xom ashiyo resurslarining tugashi texnologiyalarni faqat ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlashga ko’chirishga olib keladi, bu esa katta iqtisodiy samara berayotir. Masalan, makulaturani qayta ishlashdan olingan qog’ozga yog’ochdan olinadigan qog’ozga nisbatan 60% kam energiya sarflanadi va bunda havoning ifloslanishi 15% ga, suvning ifloslanishi 60% ga kamayadi. Temir tersakdan olinadigan po’lat rudadan olinishga nisbatan 70% ga arzonga tushadi. Hozirgi paytda chet ellarda gazeta makulaturasini, plastmassa, shisha idishlar, temir, rangli metallar hamda eskirgan texnologiyalarni utilizasiya qilishning eng samarali va tejamli texnologiyalari ishlab chiqilib, amaliyotda qo’llanilmoqda. Germaniyada plastmassa chiqindilarining umumiy hajmi 2,5 mln tonna. Shundan 1 mln tonnadan ko’prog’i ishlab chiqarmasdan axlatxonalarga tashlab yuboriladi. Ikkilamchi resurslardan foydalanishni yaxshilash uchun maxsus majmua va unda quyidagilar muhim yo`nalishlardan xisoblanishi kerak. Ikkilamchi resurslardan foydalanishni uzoq muddatli bashoratini ishlab chiqish (har bar xudud shaharlar uchun alohida). Ikkilamchi resurslardan foydalanishning aoiy yo’nalishlarini yelgilash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni birlamchi resurslar bilan qo’shib olib borish, kimyo, neft – kimyo yarim fabrikatlarlaridan foydalanishga asoslanish. Respublika hududida ikkilamchi resurslarni tayyorlash va qayta ishlash rejalarini tuzish. Ikkilamchi resurslardan foydalanish bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish. Ikkilamchi resurslardan unimli foydalanishni iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Sanoat ishlab chiqarishi ko’p miqdorda chiqindilarning vujudga kelishi bilan bog’liq. Bular qattiq, suyuq, gazsimon chiqindilar bo’lib, ularning bir qismi zaharli hisoblanadi. Zararli chiqindilarning vujudga kelishi ko’p hollarda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini to’liqroq takomillashmaganligi bilan bog’liq. Inson turmushida vujudga keladigan maishiy chiqindilar borgan sari miqdor jihatidan ortib bormoqda. Binobarin, chiqindilarning vujudga kelishi bo’yicha ularni ikki guruhga ajratish ayni muddao va ularni shu yo’nalishda o’rganish ma’qul. Chiqindilar-ikkilamchi resurs sifatida dunyo bo’yicha borgan sari global muammoga aylanmoqda, shu bilan birga u milliy davlat chegarasida undan ham kattaroq hududiy muammoga, ayrim shaharlarda esa jiddiy mahalliy muammoga aylandi. Dunyo miqyosida atom elektr stantsiyalarida yoqilgan uran yoqilg’isining kullari(shlak)ni ko’mish bosh muammo bo’lib, ba’zi davlatlar Afrika,Osiyodagi mamlakatlar bilan kelishgan holda ularning hududlarida ko’mishga rozilik olmoqdalar. Tog’-kon sanoati, kimyo, issiqlik elektr stantsiyalari, ma’danlarni qazib olish karerlari va shaxtalarida tarkib topayotgan chiqindilar miqdor va xavflilik jihatidan ustuvorlik qiladi. Maishiy chiqindilar ham yirik shaharlarda asosiy muammoga aylanib bormoqda, gap ularni shahardan chetga tashib borish va utilizatsiya qilishda. Buning uchun maxsus transport va korxonalar mavjud bo’lishi taqozo etiladi.


Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling