Mundarija Kirish Bob: Tabiiy resurslarga umumiy tasnif
Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik asoslari
Download 41.71 Kb.
|
Tabiiy resurlar salohiyati Mundarija Kirish Bob Tabiiy resursla
3.2. Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik asoslari
. Har bir davlatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishida jiddiy muammolardan biri chiqindi muammosi hisoblanadi. O’zbekistonda ham bu muammo borgan sari murakkablashmoqda. Qazilma boyliklarni qazib olish, rudadan sof xom-ashyoni ajratish jarayonlarida juda ham ko’plab qoplama jinslar, rudadan bo’shagan jinslar vujudga keladi. Ular qayta ishlanayotgan massaning 90-95% ini tashkil qiladi. Konlardan olinayotgan rudalarda foydali ma’dan miqdori 1-5%(rangli metallarda) ni tashkil qilishi mumkin, qolgan bo’sh(puch) jinslar chiqindi sifatida terrikonlar-(uyum)da yig’iladi. O’zbekistonda keyingi yillarda jami bo’lib 1,25 mlrd.. m3 qoplama jinslar, chiqindi omborlarida 1,3 mlrd.. t. rudalarni boyitishda vujudga kelgan chiqindilar to’plangan. Ular 30 ming ga. maydonni egallagan. Vujudga kelgan bo’sh tog’ jinslariga har yili o’rtacha 25 mln.. m3 qoplama jinslar, 42 mln.. t. rudalarni boyitishda vujudga kelgan chiqindilar, 300 ming t. metallurgiya korxonalarining shlaklari qo’shilib boradi. Chiqindilarning bu tezlikda ko’payib borishi yaylovlar maydonining qisqarishiga, atrof-muhitning ifloslanishiga jiddiy tasir etadi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida chiqindilarni asosan mis va rux Eritmalari oqavasi, ammiakli oqava suv, marganets shlami (kukunsimon modda), fosfogips, lignin, neft quyqasi va boshqalar tashkil etadi. Shuningdek, mashinosozlik, issiqlik energetikasi, engil va oziq-ovqat sanoatlari ishlab chiqarish jarayonida ko’p hajmda ikkilamchi chiqindilar vujudga keladi. Ularning bir qismi zaharli bo’lib, Yer usti suvlari, havoni ifloslashi mumkin. Vujudga kelgan sanoat chiqindilarining to’planib borishi ekologik va iqtisodiy jihatdan butunlay zararli, ularni Mineralogik va kimyoviy tarkiblariga ko’ra turli sohalarda foydalanishni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Qattiq tog’ jinslarini radioaktivlik xususiyati bo’lmasa maydalab qurilish materiali sifatida foydalanish ayni muddao. Ulardan sifatli shag’al, qum, gil, qirrali g’o’la tosh va boshqa foydali qurilishbop materiallarni tayyorlash imkoni bor. Tog’ jinslari jarlik, pastqamlik va botiqlarni to’ldirishda asqotadi. Ba’zan qattiq jinslar ohaktosh, angidritdar, gips, lyoss, gil, kaolin bo’r va boshqa foydali elementlardan iborat bo’lishi mumkin, bu holda ularni turli sohalarda ishlatishga imkon bo’ladi. Angren qo’ng’ir ko’mir Karerida ko’mirga qadar qoplama jins sifatida kaolin qatlami mavjud bo’lib, hozirga qadar mazkur qatlam deyarli foydalanilmay pastqamliklarni to’ldirib borildi. Kaolin qog’oz, atir-upa, dorishunoslik, hunarmandchilik(turli idishtovoqlar yasash) sanoatlarida keng qo’llaniladi. Hozirda ushbu boylik asosida Germaniya bilan birgalikda qo’shma korxona tashkil qilingan, yaqin vaqtdan boshlab bir necha mahsulotlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Respublika shaharlarida kuzda daraxtlar bargi to’kilishi boshlanishi bilan ko’cha farroshlarining ishi bir necha barobar ortadi. Bu muammodan oson qutilish uchun ularni to’plab yoqadilar. Bu o’ta ketgan ekologik savodsizlik. Eng qulayi ularni yig’ib, maxsus avtotransportda shahar chetiga chiqarib maxsus o’ralarda bir yil chiritilsa qo’lbola go’ng vujudga keladi, uni issiqxona, bog’larda tuproqqa o’g’it sifatida solish yuqori samara beradi. Qisqasi chiqindilar ikkilamchi resurs, faqat ulardan oqilona foydalanish yo’llarini bilish, bekorga isrof qilmaslik, atrof muhitga bo’lgan ta’sirini borgan sari kamaytirib borish ustida izlanishlarni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 41.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling