Mundarija Kirish Bob: Tabiiy resurslarga umumiy tasnif
Bob: Iqtisodiy islohotlar davrida tabiiy resurslar salohiyati
Download 41.71 Kb.
|
Tabiiy resurlar salohiyati Mundarija Kirish Bob Tabiiy resursla
2.Bob: Iqtisodiy islohotlar davrida tabiiy resurslar salohiyati
2.1. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash Tabiat har bir boylik turi inson uchun juda qadrli bo’lish bilan birga u o’z qiymatiga ega. Lekin resurslarni qanday baholash kerak yoki go’zal tabiat manzaralarini-chi? Beqiyos boylikzilol suv qanday qiymatga ega, u inson tomonidan ifloslangan va deyarli yaramas holga kelgan bo’lsachi, bunday vaziyatda u qanday qiymatga ega bo’ladi? Insonning tabiiy muhitga yetkazgan zarari qanday baholanadi? Orol dengizi sathining tushib ketishi natijasida vujudga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarning bir yillik zarari qancha? Bular va ularga o’xshash tabiiy muhitning boshqa iqtisodiy sohalarini bilish lozim, Tabiiy resurslarning haqiqiy qiymatini bilish ularning isrof bo’lishi, sifatining buzilishi, yo’qolishi kabi nomatlub hodisalarning oldini olishda o’ta zarur. Tabiiy muhitni muhofaza qilish va qulay ekologik vaziyatlarni barqarorlashtirish, resurslardan oqilona foydalanish tamoyiliga amal qilishda boyliklarni iqtisodiy baholash va tabiat xizmatlarining aniq qiymatiga ega bo’lishi beqiyos darajada katta ahamiyatga ega. Tabiiy 50 muhitning jamiyat uchun bir necha vazifalari mavjud: 1. Tabiiy resurslar bilan ta’minlash; 2. O’z-o’zini tozalash va qayta tiklash; 3. Inson uchun qulay tabiiy xizmatlarni bajarish chunonchi, rekreasiya (dam olish, sog’liqni tiklash va boshqalar); 4. Estetik zavq olish, tabiatdan muruvvat va saxiylikni o’rganish. Bularning barchasi birgina bosh vazifa, ya’ni insonga hayot bag’ishlash deb ta’riflash mumkin. Afsuski, ijtimoiiyzm davrida tabiiy boyliklarning haqiqiy bahosi aniqlanmadi, bu muammo to’g’risida ma’lum tadqiqot ishlari bajarilda (Mins, 1968, 1973 va boshqalar), lekin u mantiqiy poyoniga yetkazilmaganligi tufayli resurslarni real baholash masalasi yechilmay qolaberdi. Bu muammo xorijiy mamlakatlarda ham to’lig’i bilan hal qilinmagan. Shuning uchun ijtimoiyzm davrida resurslar haqiqiy bahosiga ega bo’lmaganligi sababli ulardan foydalanishda isrofgarchilikka va sifatining buzilishiga yo’l qo’yildi, qashshoqlanish jarayoni rivojlandi. Natijada atrof muhitning ifloslanishi, resurslar haqiqiy bahosining tushib ketishi, iqtisodiy samaradorlikning nihoyatda pasayib borish jarayonlari kuchaydi. Tabiiy boyliklar narxini bilish, avvalo loyihalarning muqobil variantlarini tanlash, iqtisodiy samaradorlikka erishish, tabiat muhofazasiga keng yo’l ochish, aholining ekologik jihatdan yashash sharoitlarini yaxshilash uchun katta imkoniyatlar ochdi. Baholash asosida kapital qurilishlarning variantlariga ta’sir e’tishi mumkin. Chunonchi, sug’oriladigan dehqonchilik rivojlangan hududda biror muhandislik loyihasi amalga oshiriladigan bo’lsa, avvalo sug’orma yer bahosi va uning ekin ekilganda har yilgi keltiradigan iqtisodiy samarasi hisob-kitob qilingandan so’ng loyihani amalga oshirish uchun ruxsat beriladi yoki rad etiladi. U loyihani boshqa tashlandiq joyda ham amalga oshirish mumkin. Shuni hisobga olish zarurki, O’zbekistonda sug’orma yerlar barcha qishloq xo’jalik mahsulotlarining qiymat jihatdan 95 % ini yetkazib beradi. Darvoqye, sug’orma yerlar oltin fond, ularnie’zozlash kerak, har bir gektar yerdan samarali foydalangan holda ekinlar hosildorligini muttasil oshirib borish ayni muddao hisoblanadi. Tekisliklarda ba’zan yirik suv omborlari loyihasi amalga oshiriladi. Bu bilan sug’oriladigan yoki sug’orishga yaroqli yerlarning katta maydoni suv ostida qoladi. Balki mazkur suv ombori boshqa joyda qurilsa samarali bo’lishi mumkin, yer dehqonchilikda foydalanilsa ancha daromad keltirishini har bir kishi yaxshi biladi, lekin buning uchun yerning bahosi aniqlangan bo’lishi kerak. Masalan, Chordara (Suv sig’imi 5,9 km kub) va Qayraqqum (suv sig’imi 4,5 km kub) suv omborlari hozirda loyqa bosishi natijasida ancha sayozlashib qolgan, lekin katta maydonlarni band qilib turibdi. Aydar botig’ini suv bosishi natijasida katta maydondagi yaylovlar suv ostida qolib ketdi, Jizzax viloyati Forish tumaniga qarashli yaylovlarning maydonini qisqarishi qorako’l qo’ylarini boqishni murakkab ahvolga solib qo’ydi. Tabiiy resurslarni qazib olish, ularni qayta ishlash korxonalariga tashish va tayyor mahsulot chiqarish, jarayonlarida ko’plab qismi isrof bo’ladi, yo’qoladi,to’kiladi. Ochiq usulda qazib olinayotgan ko’mirning yo’qolishi 3-8 % dan 10-12 % gacha boradi, shaxta usulida qazib olingan ko’mirning yo’qolishi o’rtacha 20-40 %, qora va rangli metallar rudasining yo’qolishi o’rtacha 15-25 %, tog’-kimyo xomashyosiniki esa 20-60% ga boradi. Ushbu boyliklarning narxi ma’lum bo’lgan holda iqtisodiy hisob-kitob qilinganda katta iqtisodiy zarar keltirayotgani o’zo’zidan ma’lum bo’ladi. Rossiyaning neft quvurlarida avariya natijasida har yili 15-20 mln t neft gruntga oqib tushadi. Jami isrof bo’lganneft miqdori narx jihatdan taxminan 2 mlrd dollarni tashkil qiladi. Yerga singib o’tgan neftning atrof-muhitga yetkazgan zarari esa bundan ham katta miqdorni tashkil qiladi. Binobarin iqtisodiy zarar va tabiatga yetkazilayotgan ziyon, miqdori qo’shib hisoblangan, holda ushbu mablag’ni neft quvurlarini o’z vaqtida ta’mirlashga va nazorat ishini yaxshilashga sarf qilinsa davlat ham, tabiat ham shunchalik zarar ko’rmas edi. Tabiiy resurslar mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi. Lekin buning uchun ular to’liq baholangan bo’lishi lozim, ya’ni qiymatga ega bo’lishi kerak. O’zbekistonda faqat mineral- 51 xomashyo boyliklari hisob-kitob qilingan bo’lib, ularning potensiali 3,3 trln. AQSh dollaridan ortiqroq baholanmoqda. Shundan 1 trln dollari neftga va gazga to’g’ri keladi. Holbuki tabiiy boyliklarni baholash mamlakatning milliy boyliklarini sarhisob qilish bo’lib, uning tabiiy potensialini aks ettiradi. Bu potensial ijtimoiy ishlab chiqarish boyliklari bilan birga mamlakatda kelajakda rivvojlanish istiqbollarini aniqlab beradi. Lekin tabiiy boyliklarni tarmoqlar bo’yicha potensial imkoniyatlari qotib qolgan bahoga ega bo’lmay doimo o’zgarib turadi. Gap shundaki, masalan, geologlar ko’pincha tez-tez yangi mineral xomashyo konlarini topib turadilar va ularni zahiralarini oldingi xomashyoga qo’shib boradilar, binobarin, u yoki bu mineral xomashyo zahirasi doimo ortib borishh yo’nalishda bo’ladi. Yoki boshqa tabiiy boyliklar (yaylov, o’rmon) antropogen degradasiya natijasida miqdor sifat jihatidan o’zgarib boradi, bunday vaziyatda tegishli o’zgarishlar kiritishga to’g’ri keladi. Iqtisodchilar tabiiy resurslar va tabiiy muhit, ularning ekologik vazifalarini baholashga harakat qiladilar. Aslida tabiat va uning resurslarini, tabiat ko’rkamligini aniq baholash oson emas, ularni to’liq, ya’ni barcha xususiyatlarini e’tiborga olgan holda bozor narxini qo’yishga iloj yo’q. Go’zal tog’ manzarasini qanday qilib baholash mumkin? Yoki tog’ vodiysidagi so’lim joylar, sharsharalar, ko’llar, bahor tarovatini baholash uchun qanaqa narx qo’yish mumkin? Bunday tabiat obyektlarining baholash mezonlari hozirgacha ishlab chiqilmagan. Lekin, umuman olganda boyliklarni baholashda talay tajriba mavjud, ular asosida juda aniq bo’lmasada taxminiy qiymatlarni ishlab chiqish mumkin. E.V.Girusovning fikricha, tabiiy resurslar va tabiat xizmatlarini iqtisodiy jihatdan baholashni aniqlash uchun mavjud yondashuvlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: bozor bahosi, renta, tabaqalashgan rent, sarflash, muqobil qiymat, umumiy iqtisodiy baholash (qiymat). Bozorning muhim xususiyatlaridan biri resurslarni xo’jalikda samarali ishlatishni ta’minlashga imkon beradi, chunki boyliklarning taqchilligi to’g’risida oldindan narx xabarini beradi. Neft, tabiiy gaz, o’rmon va boshqa tabiiy resurslarni bozor narxi va ularning tez-tez o’zgarib turishi boyliklardan samaralifoydalanishniboshqarish uchun imkon tug’diradi. Aslida yoqilg’i turlari narxining oshib ketishi avvalo ulardan reja asosida ishlash, eng muhim samarali ishlashni ta’minlaydi, chunki jahon bozorida neft mahsulotlari narxining ko’tarilishi transport harakatining biroz bo’lsada kamayishiga ta’sir e’tadi, bu bilan atrof-muhitning ifloslanish jarayonida ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ladi, ya’ni havoga kamroq uglerod va boshqa chiqindilar chiqariladi. Biroq resurslarning qashshoqlanishi va atrof-muhitning ifloslanishi bozor mexanizmining tez-tez o’zgarishiga ta’sir e’tadi. Bunday vaziyatda bozor narxlari ko’pincha buzilgan holatni aks ettiradi, real sarf-xarajatlarni aniq ifodalamaydi, natijada talab va taklif ko’rsatkichlari resurslar taqchilligini to’g’ri hisobga olmaydi. Bunday vaziyatda resurslardan samarali foydalanish uchun rag’batlantirish past bo’ladi. Shunday qilib, bozor yondashuvi tabiat muhofazasining faqat bir vazifasini, ya’ni tabiiy resurslar bilan ta’minlanishini baholashga imkon beradi qolgan vazifalari-o’z-o’zini tozalash va insonga tabiiy xizmatlar tizimida aks etmaydi. Tabiiy resurslarni baholashda renta (nemischa-qaytarib berilgan) asosida yondashuv yaxshi natijalar beradi. Renta yondashuvi resurslarning cheklangan va noyob turlariga xos (masalan yer, sitrus mevalar, ba’zi sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari va boshqalar). Iqtisodiy renta odatda cheklangan tabiiy resurslardan foydalangandagi (yoki ijara) haqi –baho tushiniladi. Bu vaziyatda passiv taklif negizida talab rentani aniqlovchi yagona ta’sir etuvchi omil sifatida oldinga chiqadi. Ko’pincha resurs egasining undan foydalangandan oladigan renta daromadi to’g’risidagi ma’noda ham qo’llash mumkin. Download 41.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling