Mundarija Kirish Bob: Tabiiy resurslarga umumiy tasnif


O’zbekistonda tabiiy resurslardan foydalanish


Download 41.71 Kb.
bet5/11
Sana27.02.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1235061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tabiiy resurlar salohiyati Mundarija Kirish Bob Tabiiy resursla

2.2. O’zbekistonda tabiiy resurslardan foydalanish
O’zbekistonning umumiy yer resurslari 44,79 mln ga shundan 27,9 mln ga (63,3%) qishloq xujaligiga qarashli yerlar xisoblanadi. Mamlakat umumiy yer maydoning 5,6 mln ga. yer dehqonchilikda foydalaniladigan yerlardir. Shundan 4,447 ming ga. (15,9 %) haydaladigan yerlar hisoblanadi, 1,2 mln ga yer lalmikor yerlardir. Sug’oriladigan yerlar 4,2 mln ga (mamlakat hududining 9,4 %) Mamlakat hududining (22,8 mln ga yerlar) 50,9 % cho’l zonasiga to’g’ri kelada. 21 % yerlar tog’ va tog’ oldi yerlari hisoblanadi. O’rmon fondi 10 mln ga. dan oshadi. Shundan 3 mln. ga. o’rmonlar tog’ o’rmonlari, qolganlari esa cho’l o’rmonlaridir, so’gorilayotgan yerlar qishloq ho’jaligi mahsulotining 90 % ini beradi. O’zbekiston xo’jaligi uzoq yillar davomida asosan qishloq xo’jaligiga, paxta xom ashyosiga ixtisoslashtirilishi natijasida obikor yerlarning meliorativ ahvoli yomon ahvolga tushib qoldi. Bundan tashqari O’zbekiston yerlarining ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi cho’l yerlar tashkil etadi.
Zaxira yerlar - O`zbekiston yer fondi tarkibidagi so`ngi mustaqil toifani tashkil etib, doimiy egallash va foydalanishga berilmagan yer maydonlaridir. O`zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 78-moddasida ko`rsatilishicha, yuridik va jismoniy shaxslar egaligiga hamda foydalanishiga, ijaraga berilmagan, mulk etib realizatsiya qilinmagan barcha yerlar zaxira yerlardir. Bunday yerlar jumlasiga egalik qilish va foydalanish huquqi, ijaraga olish huquqi, mulk huquqi bekor qilingan yerlar ham kiradi. Respublika yer fondi maydonlari o`zgarishsiz emas. Davlatning yerga bo`lgan egalik huquqini amalga oshiruvchi Respublika hokimiyat organlari yer uchastkalarini korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o`rtasida taqsimlaydilar. Bir qism yerlar esa bo`linmasdan qoladi. Bular, asosan, o`zlashtirilmagan yerlardir, bular keyinchalik xo`jalik oborotiga kiritiladigan rezerv yoki ekologik tenglikni ta'minlab turadigan yerlardir. Shunday qilib, zaxira yerlarni ikki gruppaga bo`lish mumkin - yerdan foydalanishda rezerv rolini o`ynaydigan, baza bo`lib xizmat qiladigan, va, foydalanishga umuman noloyiq bo`lgan yerlar. O`zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 76-moddasida O`rmon fondi yerlarini boshqa yer fondi hisobiga kengaytirish mumkinligi belgilangan. Bunda qanday maqsadlar uchun o`rmon fondi 63 yerlari sostaviga yer uchastkalari berish mumkinligi ko`rsatilgan. Bu o`rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to`xtatish, shaharlar va sanoat markazlari tevaragida ixota o`rmonzorlar va ko`kalamzorlar maydonlar yaratish, shuningdek kam o`rmonli va o`rmonsiz rayonlarni atrofini o`rmonlashtirish, daryo va suv havzalarini qirg`oqlarini daraxtlashtirish, tuproq eroziyasini bartaraf etish, tuproq unumdorligini saqlash va boshqalarga qaratiladi. Alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari tarkibida rekreatsiya maqsadlariga mo`ljallangan yerlar muhim o`rinni egallaydi. Rekreatsiya maqsadlariga mo`ljallangan yerlar deganda aholining ommaviy dam olishi va turizmni tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar tushuniladi. Rekreatsiya maqsadlariga mo`ljallangan yerlar daryo, ko`l, dengizlar bo`yida aholining ommaviy dam olishi uchun mo`ljallangan, shuningdek obidalar joylashgan hududlarda turizm uchun mo`ljallangan obodonlashtirish va turizm tashkilotlariga berib qo`yilgan yerlar hisoblanadi. Bu yerlardan odamlarni dam olishi, madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida foydalaniladi.



Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling