Mundarija: Kirish I. Bob. Alsgeymer kasaligi


Download 1.33 Mb.
bet8/10
Sana21.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1374708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ALSGEYMER KASALIGI POTOGNEZIDA ISHTIROK ETUVCHI LIPIDLAR ALMASHUNUVI

Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
Yogʻ molekulalari triatsilglitserinlar yoki shifokorlar tilida triglitseridlar deb ham ataladi. Inson tanasida triglitseridlar asosan adipotsit deb nomlanuvchi maxsus yogʻ hujayralarida saqlanadi. Adipotsitlar adipoz toʻqimalarini hosil qiladi11start superscript, 1, end superscript. Koʻplab yogʻ kislotalari yogʻ molekulalarida uchrasa, ularning baʼzilari tanada erkin ham uchraydi va ularga lipidning bir turi sifatida qaraladi.
Yuqoridagi misolda koʻrsatilganidek, triglitserid yogʻ kislotasining uchta dumchasi bir-biriga oʻxshamaydi. Yogʻ kislotasi zanjirlari uzunligi, shuningdek, ularning toʻyinmaganlik darajasiga koʻra farq qiladi.

  • Uglevodorod zanjiridagi qoʻshni uglerodlar faqatgina oddiy bogʻlarni hosil qilgan boʻlsa, yogʻ kislotasi toʻyingan deb aytiladi. (Yogʻ kislotalari vodorodga toʻyinadi, toʻyingan yogʻda iloji boricha koʻproq vodorod atomlari uglerod skeletiga birikadi.)

  • Uglevodorod zanjirida qoʻshbogʻ boʻlsa, yogʻ kislotasi toʻyinmagan hisoblanadi, chunki endi unda vodorodlar soni kam boʻladi. Yogʻ kislotasida faqat bitta qoʻshbogʻ boʻlsa, u mono-toʻyinmagan; bir nechta qoʻshbogʻ boʻlganda esa u poli-toʻyinmagan deyiladi.

Toʻyinmagan yogʻ kislotalaridagi qoʻshbogʻlar boshqa turdagi qoʻshbogʻlar singari sis yoki trans konfiguratsiyasida mavjud boʻlishi mumkin. Sis konfiguratsiyasida bogʻ hosil qilgan ikkita vodorod bir tomonda, trans konfiguratsiyada esa qarama-qarshi tomonda joylashadi (quyida koʻrsatilgan). Sis qoʻshbogʻ yogʻ kislotasida burchakli strukturani hosil qiladi va bu yogʻlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan xususiyatdir.

5-rasm


Toʻyingan yogʻ kislotasiga misol: stearin kislotasi (toʻgʻri zanjir). Toʻyinmagan yogʻ kislotasiga misol: sis olein kislotasi (sis qoʻshbogʻ, burchaksimon zanjir), trans olein kislotasi (trans qoʻshbogʻ, toʻgʻri zanjir).
Grafik material OpenStax Biologyʼdan olindi.
Toʻyingan yogʻ kislotalari dumchalari toʻgʻri chiziq shaklida boʻladi, shuning uchun toʻyingan dumchali yogʻ molekulalari bir-biriga zich joylashadi. Ushbu zich joylashish xona haroratida (nisbatan yuqori erish haroratiga ega boʻlganda) yogʻlar qattiq boʻlishini taʼminlaydi. Misol uchun, sariyogʻda yogʻning katta qismi toʻyingan boʻladi22squared.
Aksincha, sis-toʻyinmagan yogʻ kislotasi dumchalari oʻzining sis qoʻshbogʻi sababli burchakli strukturani hosil qiladi va bu bir yoki undan koʻproq sis-toʻyinmagan yogʻ kislotasi dumchalarining zich joylashuvini qiyinlashtiradi. Shunday qilib, toʻyinmagan dumchali yogʻlar – biz biladigan oʻsimlik moylari xona haroratida (nisbatan past erish haroratida) suyuqlik koʻrinishida boʻladi. Misol uchun, zaytun moyi asosan toʻyinmagan yogʻlardan tashkil topgan22squared.
Shu joyda bir narsa eʼtibordan chetda qolganini sezgan boʻlsangiz kerak. Trans yogʻlar yoki yogʻ kislotasi dumchalaridagi trans qoʻshbogʻli toʻyinmagan yogʻlar haqida toʻxtalib oʻtmadik. Trans yogʻlar aslida tabiatda juda kam uchraydi, ammo qisman gidrirlash yoʻli bilan sanoat jarayonlarida osongina ishlab chiqariladi.
Ushbu jarayonda vodorod gazi (asosan sis-toʻyinmagan yogʻlaridan tarkib topgan) moylardan oʻtkaziladi va qoʻshbogʻlarning baʼzilarini oddiy bogʻlarga aylantiradi. Qisman gidrirlashdan maqsad yogʻlarga xona haroratida qattiq holda boʻlish kabi toʻyingan yogʻlarga xos baʼzi xossalarni berishdir, ammo kutilmagan tarzda sis qoʻshbogʻlarining baʼzilari oʻz konfiguratsiyasini oʻzgartirib, trans qoʻshbogʻga aylanadi33cubed. Trans-toʻyinmagan yogʻ kislotalari yanada zichroq joylashadi va xona haroratida ham qattiq boʻladi. Misol uchun, margarinning ayrim turlari katta miqdorda trans yogʻlardan tarkib topgan33cubed.
Qisman gidrirlash va trans yogʻlar sariyogʻsifat mahsulotlarni arzon narxlarda ishlab chiqarishning oson yoʻli boʻlib koʻrinishi mumkin. Afsuski, trans yogʻlar inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatar ekan. Trans yogʻlar va yurak qon-tomir kasalliklari oʻrtasida kuchli bogʻliqlik sababli AQSH oziq-ovqat va dori administratsiyasi (FDA – US Food and Drug Administration) yaqindagina oziq-ovqatlar tarkibida trans yogʻlar boʻlishiga nisbatan taqiq qoʻydi. Kompaniya va firmalarga oʻz mahsulotlari tarkibidan trans yogʻlarni chiqarib tashlash uchun 3 yillik muhlat berildi44start superscript, 4, end superscript.
Yogʻ kislotalarining eslatib oʻtishga arziydigan yana bir sinfi omega-3 va omega-6 yogʻ kislotalarini oʻz ichiga oladi. Omega-3 va omega-6 yogʻ kislotalarining uch xil turi mavjud, ammo bularning barchasi ikkita muhim shakldan hosil boʻladi: linolen kislotasi omega-6 uchun va alfa-linolen kislotasi omega-3 uchun.
Inson tanasi bu molekulalar (va ularning hosilalari)ga muhtoj, ammo alfa linolen kislotasini ham, linolen kislotasini ham sintezlay olmaydi55start superscript, 5, end superscript. Shunga koʻra alfa-linolen kislotasi va linolen kislotalari muhim yogʻ kislotalari sifatida tasniflanadi va ratsionimizdan oʻrin olishi juda muhim. Losos kabi baʼzi baliq turlari, chia va zigʻir donlari omega-3 yogʻ kislotasining manbaidir.
Omega-3 va omega-6 yogʻ kislotalari kamida ikkita sis-toʻyinmagan bogʻlardan iborat boʻladi. Quyida koʻrsatilgan alfa-linolen kislotasi biroz egri shakl hosil qilgan. Alfa-linolen kislotasi qoʻshimcha qoʻshbogʻlarning hosil boʻlishidan 6 ta sis-toʻyinmagan qoʻshbogʻ va yarim aylana shaklini hosil qilgan omega-3 – dokozageksaen kislotasiga misol boʻladi. 
6-rasm

Rasmda alfa-linolen kislotasi va uning uchta sis qoʻshbogʻi yarim aylana shaklini hosil qilgani koʻrsatilgan.
Grafik material OpenStax Biologyʼdan olindi.
Omega-3 va omega-6 yogʻ kislotalari tanada bir qancha vazifalarni bajaradi. Ular bir qator muhim signal uzatuvchi molekulalar, shuningdek, yalligʻlanish va kayfiyatni boshqaruvchi molekulalarni sintezlash uchun asos (boshlangʻich material) boʻlib xizmat qiladi. Ayniqsa, omega-3 yogʻ kislotalari yurak xurujida toʻsatdan oʻlim xavfini hamda qondagi triglitseridlar miqdorini kamaytiradi, qonbosimni tushiradi va tromblar (qon laxtalari) paydo boʻlishining oldini oladi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling