Mundarija: Kirish I. Bob. Alsgeymer kasaligi


Download 1.33 Mb.
bet9/10
Sana21.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1374708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ALSGEYMER KASALIGI POTOGNEZIDA ISHTIROK ETUVCHI LIPIDLAR ALMASHUNUVI

Yogʻlarning ahamiyati
Yogʻlar juda zararli deb aytiladi va bu toʻgʻri. Chunki juda koʻp miqdorda qovurilgan va boshqa “yogʻli” taomlarni tanovul qilish ortiqcha vazn paydo boʻlishiga va sogʻligʻimiz bilan bogʻliq muammolarga sabab boʻladi. Shu bilan birga, yogʻlar tana uchun kerakli va bir qancha muhim vazifalarni ham bajaradi.
Misol uchun, bir qancha vitaminlar yogʻda eruvchandir, yaʼni bu vitaminlar tanada yaxshi soʻrilishi uchun yogʻ molekulalari bilan bogʻlanadi. Shuningdek, yogʻlar energiyani uzoq vaqt mobaynida saqlab beradi, ular uglevodlarga nisbatan ikki baravar koʻproq energiya saqlaydi, shu bilan birga, tana uchun izolyatsiyani ham taʼminlaydi.
Boshqa barcha yirik biologik molekulalar singari, muayyan miqdordagi yogʻlar tanamizning (va boshqa organizmlarning jismlarini) toʻgʻri ishlashi uchun zarurdir.
Mumlar
Mumlar – lipidlarning yana bir biologik jihatdan muhim boʻlgan turi. Baʼzi suv qushlarining patlari va ayrim oʻsimliklarning barglari mum bilan qoplangan boʻlib, uning gidrofob (suv oʻtkazmaydigan) xossalari suvni soʻrib olish yoki suvda ivib qolishning oldini oladi. Shuning uchun koʻplab oʻsimliklarning barglarida suv tomchi boʻlib qoladi va yomgʻir yogʻayotgan paytda ham ayrim qushlar ivib ketmaydi.
7-rasm

Mum bilan qoplangan yorqin barg yuzasi tasviri.
Grafik material OpenStax Biologyʼdan olindi.
Struktura jihatidan mumlar odatda murakkab efir bogʻlari orqali spirtlarga bogʻlangan uzun yogʻ kislotalari zanjirlarini oʻz ichiga oladi, oʻsimliklarda hosil boʻlgan mumlar koʻpincha oddiy uglevodorodlar bilan ham yaxshi aralashadi66start superscript, 6, end superscript.
Fosfolipidlar
Hujayra ichidagi suyuq shilimshiq modda (sitozol)ni nima himoyalab turadi? Hujayralar plazmatik membrana bilan qoplangan boʻlib, u hujayraning ichki muhiti va atrofdagi muhitdan toʻsiq boʻlib xizmat qiladi.
Fosfolipidlar deb nomlanuvchi lipidlar plazmatik membrananing asosiy komponenti hisoblanadi. Yogʻlar kabi ular ham odatda glitserin asosiga birikkan yogʻ kislotalari zanjirlaridan iborat. Fosfolipidlarda odatda ikkita yogʻ kislotasi dumchalari bor va glitserin asosining uchinchi uglerodini modifikatsiyalangan fosfat guruhi egallagan. Turli xil fosfolipidlar fosfat guruhida har xil modifikatorlarga ega, xolin (azotli saqlovchi birikma) va serin (aminokislota) bularga umumiy misol boʻladi. Modifikatorlar fosfolipidlarga turli xossa va funksiyalarni beradi.
8-rasm


Fosfolipid strukturasi: yogʻ kislotasining gidrofob dumlari va gidrofil boshchasi (murakkab efir bogʻlari, glitserin asosi, fosfat guruhi va fosfat guruhiga biriktirilgan R guruhni oʻz ichiga oladi) koʻrsatilgan. Ikki qavat boʻylab tizilgan fosfolipidlardan iborat qoʻshqavatli membrana, yogʻ kislota boshchasi tashqi tomonga yuzlangan, yogʻ kislota dumi esa oʻrtada joylashgan.
Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
Fosfolipid – amfipat molekula, yaʼni unda gidrofob va gidrofil qismlar mavjuddir. Yogʻ kislotasi zanjirlari gidrofob boʻlib, suv bilan aralashmaydi, fosfat saqlovchi guruh esa (oʻzidagi zaryad tufayli) gidrofildir va suv bilan taʼsirlashadi. Membranada fosfolipidlar qoʻshqavatli strukturani hosil qiladi, ularning fosfat boshchalari suvga yuzlanadi va dumchalari ichki tomonga yoʻnaladi (yuqoridagi rasmga qarang). Bunday joylashuv gidrofob dumchalarga suv tegishining oldini olib, uni past energiyali va barqaror tartibga aylantiradi.
Agar bir tomchi fosfolipid suvga tomizilsa, u oʻz-oʻzidan mitsella deb nomlanuvchi shar shaklidagi strukturani hosil qilishi mumkin, undagi gidrofil fosfat boshchalari tashqi tomonga yuzlanadi, yogʻ kislotalari esa ichki yuzada qoladi. Mitsellaning hosil boʻlishi energetik jihatdan afzaldir, chunki u gidrofob yogʻ kislota dumchalarini berkitib, gidrofil fosfat boshchalarining atrofdagi suv bilan oʻzaro taʼsirlanishiga imkon beradi.

Xulosa
lipid molekulalarning yana bir sinfidir. Steroidlar toʻrtta halqaning birlashishidan hosil boʻlgan strukturani namoyon qiladi. Struktura jihatidan ular boshqa lipidlarga oʻxshamasa-da, ular suvda eruvchan boʻlmagani va gidrofobligi sababli lipidlar turkumiga kiritiladi. Barcha steroidlarda toʻrtta bir-biriga bogʻlangan uglerod halqalari mavjud va ularning koʻpchiligida, jumladan, xolesterinda ham kaltagina dumcha bor. Shuningdek, koʻpgina steroidlar quyida xolesterin misolida koʻrsatilganidek, OH funksional guruhiga ega; bunday steroidlar spirtlar sifatida ham turkumlanadi va shuning uchun sterollar deb nomlanadi.

Steroidlarga misol: xolesterin va kortizol. Har ikkisida ham toʻrtta birlashgan uglevodorod halqalari mavjud.
Grafik material OpenStax Biologyʼdan olindi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling