Mundarija: Kirish I. bob. Atmosfera xavosi va uni ifloslantiruvchi manbaalar
Download 135.44 Kb.
|
Atmosfera ifloslanishining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 Atmosfera xavosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta`siri. 2.2. Atmosfera xavosi ifloslanishining iqtisodiy zararlari.
Mundarija: Kirish I.bob. Atmosfera xavosi va uni ifloslantiruvchi manbaalar. 1.1. Atmosfera xavosining ifloslanishiga transport vositalarining ulushlari. 1.2. Atmosfera xavosining ifloslanish darajasi. II.bob. Atmosfera xavosi ifloslanishining insonga, o’simliklar va xayvonot olamiga ta`siri. 2.1 Atmosfera xavosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta`siri. 2.2. Atmosfera xavosi ifloslanishining iqtisodiy zararlari. 2.3. Atmosfera xavosining tabiiy tozalanishi va uni muxofaza qilishga qaratilgan tadbirlar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Ekologiya yunoncha so’z bo’lib "oikos" (oykos) –yashash joyi, maqon va «logos» – fan, so’zidan olingan bo’lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muxit bilan o’zaro munosabatini o’rganadigan biologik fan xisoblanadi. Ekologiya muhit omillarining o`simlik va hayvonlar organizmiga ta`sirini, organizm va populyatsiyaning muhit omillariga ko`rsatadigan reaktsiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizmlarni (jarayonlarni), tabiiy guruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosistemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosfyerani o`rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, u inson ta`siriga qanday javob byeradi bularning barchasi ekologiyaning predmetidir. Inson borki, hayot uchun ko’rashadi, tabiatning barcha injiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in`omlaridan foydalanadi, quradi, bunyod yetadi. Odatda inson biror maqsadni ko`zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki ko`pincha salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Kishilar o`zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, buni atrof-muhitning o`simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir salbiy ta`siri bo`ladi, natijada tabiat kambag`allashib boradi. Inson qurilish matyeriallari sifatida tabiiy o`rmonlarni kyeragidan ortiqcha kesadi, demak o`simlik dunyosi qisqarib, u o`z navbatida atmosfera havosini musaffo bo`lishiga rahna tug`diradi, tuproq yeroziyaga uchraydi, yer osti suvlari kamaya boradi, ko`chkilar paydo bo`lib, sel natijasida jarliklar hosil bo`lishi mumkin. Bu lavha insonning tabiatga ko`rsatgan ta`siridan bir parcha xolos. Tabiatga nisbatan ko`r-ko`rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida og`ir asorat qoldirishi mumkin. Bizni o`rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir muvozanatga kelganki, uning bir bo`lagiga etkazilgan ozor boshqa bo`laklariga ham salbiy ta`sir ko`rsatmay qolmaydi. Tabiatga ta`sir etishda ba`zi jiddiy xatolarga yo`l qo`yilishi mumkin ekanligini Orol fojiasi misolida yaqqol ko`rsatish mumkin. Download 135.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling