Mundarija: Kirish I. bob. Atmosfera xavosi va uni ifloslantiruvchi manbaalar


Atmosfera xavosining ifloslanish darajasi va uning salbiy oqibatlari


Download 135.44 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi135.44 Kb.
#1563269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atmosfera ifloslanishining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.

1.2 Atmosfera xavosining ifloslanish darajasi va uning salbiy oqibatlari
Atmosfera xavosini tarkibini ifloslanish xar bir zaxarli moddaning ruxsat etilgan me`yori (PDK) bilan belgilanadi. Zararli chiqindilarning ruxsat etilgan me`yori uzoq vaqt davomida yoki tirik organizmlarga shu jumladan inson salomatligiga va tabiiy muxitga salbiy ta`sir ko’rsatmaydi.
Atmosfera xavosining ifloslanish darajasi butun dunyo sog’likni saqlash tashkiloti (VOZ) tomonidan 4 guruxga bo’linadi:
1. Atmosfera xavosining zararsiz tarkibi.
2. Kasallik qo’zg’atuvchi darajasi.
3. Surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi darajasi.
4. O’tkir kasalliklarni keltirib chiqarish darajasi.
Atmosfera xavosi tarkibidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori 2 o’lchamda beriladi: bir yo’la maksimal ifloslanish darajasi shu muxitda faoliyat ko’rsatish 5-20 minut davomida ruxsat etiladi. Zaxarli moddaning o’rtacha sutkalik ruxsat etilgan darajasi. Bunda 8 soat davomida faoliyat ko’rsatishga ijozat beriladi.
Axoli maskanlarida atmosfera xavosi tarkibidagi
ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan me`yori.
Sanoat korxonalarida atmosferaga chiqariladigan xar bir ifloslantiruvchi modda uchun chiqindini cheklangan darajasi (PDV) ijozat etuvchi tashkilotlar tomonidan (ekologiya qo’mitasi) belgilanadi. Bundan tashqari ifloslantiruvchi moddalarning cheklangan darajasi taxlil qilinib tegishli xujjatlar (PDV) tayyorlagunga qadar korxonada chiqindining vaqtincha (VSV) kelishilgan miqdoriga ruxsat etiladi.
Biologik qobik elementlari uzviy bog’langanligi tufayli insonning xo’jalik faoliyati natijasida ifloslangan atmosfera o’z navbatida tabiatning boshqa komponentlariga xam ta`sir yetadi. Natijada suv va tuproqning tabiiy xolatida, kishi organizmida, xayvon va O’simlik tanasida salbiy o’zgarishlarni vujudga keltirib bioqobiqda mintaqaviy kasali, jigar sirrozi, qon bosimi, rak, bronxit, o’pka kasalliklarining ko’p aynishiga sabab bo’ladi xamda yurak-qon tomiri sistemasini shikastlaydi.
Atmosferaning ifloslanishi tufayli Quyoshning to’g’ri radiatsiyasi 15%, ul`trabinafsha nurlari 30% ga kamayadi. Natijada ba`zi zararli baktyeriyalarning ko’p aynishi uchun sharoit vujudga keladi, xar xil kasalliklar xususan raxit kasalligi ko’payadi.
Agar atmosfera oltingugurt oksidi ko’p to’planib qolsa kishilarda bronxit, astma, o’pka yallig’lanishi, ko’z kasalliklari, jigar qon bosimining oshishiga olib keladi. Chunki xavo tarkibidagi oltingugurt oksidi suv bilan kimyoviy birikib kuchsiz kislota xosil qiladi va ko’zlardagi shilliq pardalarni kuydiradi.
Atmosfera xavosi tarkibida oltingugurt miqdori 0,13 mg/m bo’lganda axoli orasida surunkali astma kasalligi 13 %, 0,38 mg/m bo’lganda 18% va 0,8 mg/m bo’lganda 26% tashkil yetadi.(urtacha 1 kecha kunduzgi me`yeri 0,05 mg/m ).
Uglerod oksidining (SO ) xavoda ko’p ayishi natijasida kishi organizmida gemoglabin kamayadi, yurak, qon tomir tizimlari buziladi, sklyeroz kasalligi ko’payadi, bosh aylanadi, yurak tez urib uyqu buziladi, kishi tajang bo’lib qoladi.
Atmosfera vodorod sul`fid gazining ortib ketishi natijasida odamning boshi og’riydi, qayd qiladi, darmonsizlanadi va xatto xid bilish qobiliyati zaiflashadi, ftor birikmalari ta`sirida burundan qon keladi, oshkozon ichak kasalliklari vujudga keladi, suyak yemirilishiga olib keladi. Masalan, tetik alyumin ishlab chiqarish kombinati normadan ko’p miqdorda ftor birikmalarini chiqarishi natijasida qishloq xo’jalik ekinlarining xosildorligiga va sifatini pasayishiga, xayvonlarning tish va suyaklarini yemirilishiga olib kelmoqda.
Kishi organizmiga radioaktiv moddalar yomon ta`sir etib, usti bezini, jinsiy bezlar faoliyatini, qalqonsimon bez faoliyatini normal ishlashiga salbiy ta`sir yetadi, qon tarkibining o’zgarishiga olib keladi.
1920 –yillarda O`rta Osiyo tabiatini dastlabki o`rgangan olimlar tomonidan biotsenozlarning tizimlar, shuningdek, biotsenoz va landshaftlarning birinchi modeli yaratildi.
1930-yillarda ekologiya-geografiya yo`nalishiga asoslangan O`rta Osiya ekologiya maktabi hozirgi M. Ulug`bek nomidagi O`zMU qoshida shakllandi. Maktab o`lkaning nafaqat biologik majmuilari va biotarkibiy qismlarini o`rganishga katta ahamiyatga ega bo`lib qolmay, balki tabiiy geografiya, ayniqsa landshaftshunoslik g`oyalarining rivojlanishida ham katta rol o`ynadi. Bundan tashqari, ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, shuningdek, ekologiyaga oid adabiyotlarning namunalarini yaratishda ushbu maktabning xizmatlari kattadir. Maktab ekologlari byergan ilg`or g`oyalar o`lkaning tabiati va tabiiy resurslarini aniqlash va o`rganishda hamda O`rta Osiyoda ekologik geografik g`oyalarning rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.
Geografik yo`nalishdagi yirik ekologik geografik ishlar O`rta Osiyoning tabiati, biomajmuilari, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va xududiy ajralishlari, rayonlashtirish, landshaftlar xaritasini yaratishga qaratildi. Shuningdek, jazirama cho`l va yuqori tog`li cho`llar va ularning o`ziga xos tabiiy majmualarini o`rganish metodlari ishlab chiqildi.
1930-yillarda ekologo-geografik ilmiy izlanishlarning natijalari kitob holida chop etila boshlandi. Bunda faqat ma'lum joyning ekologik holati haqida gap bormay, balki ekologiya fanining asoslari biotsenologiya va fitotsenologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi.
O`rta Osiyo ekologlarining ayniqsa, o`lkaning ayrim landshaftlarining ekologiyasini o`rganish, tuzilmasi, faolligi, dinamikasi va evolyutsiyasi, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muammolari ishlab chiqildi. D.N. Kashkarov ishlari landshaftlarning ayrim elementlari va ularning o`zaro bog`liqliklari, birligi hamda modda va enyergiya almashinuvi, namlik, tuproq va biotik omillarning roli, antropogen omillarning landshaftlarga ta'siri va boshqalar ochib byerilgan. U birinchi bo`lib landshaftlar va biotsenozlarning modelini yaratishga harakat qildi.
P.A. Baranov va I.A. Raykovalar Pomir tog`larida cho`l biotsenozining kelib chiqishi, dinamikasi va evolyutsiyasida organizmlar hayotida noqulay haroratning roli, madaniy biotsenozlarni yuqori tog` sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqildi. R.I. Abolin, e.P. Korovin, M.V. Kultiasov va I.I. Granitovlarning ekologo-fitotsenologik qarashlari ularning chop etgan bir qator ishlarida o`z aksini topgan. O`rta Osiyoda Zooekologik yo`nalishdagi kompleks ishlarning rivojlanishi T.Z. Zohidov nomi bilan chambarchas bog`liq. U ko`p yillar davomida cho`llarni ekologik nuqtai nazardan rivojlantirish va biologik resurslarni ekologik faunistik tahlil va sintez metodi yordamida baholashga alohida e'tibor byerdi.
T. Zohidov Qizilqum cho`llarining o`ziga xos hayot maqoni ekanligini, qumli, sho`rxok, loyli va toshloq cho`llarni mutaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o`z navbatida mayda hududiy birliklar, fatsiyalarga ajratib byerdi.
Shunday qilib ekologik rayonlashtirish tirik organizmlarga ma'lum bir tabiiy sharoiti bilan ta'sir etishini ifoda yetadi. D.N. Kashkarov va T.Z. Zohidov va boshqalarning ishlarida har bir tabiiy omil (geologik, tarixiy, orografik, iqlim, o`simliklar va boshqalar) ta'sirida ma'lum hududlar bo`yicha hayvonlar guruhi hamda biotsenozlarning taqsimlanganligi ochib byerilgan.
Ekologiya fanini rovojlantirish, tabiatni muhofaza qilishga doir amalga oshirilayotgan ishlar hozirgi kunda ham davom etayapti. (O’bekistonda Fanlar Akademiyasi qoshida ish olib borayogan botanika, zoologiya va parazitologiya institutlari olimlari o'simliklar va hayvonlar ekologiyasiga bag'ishlangan ishlarni olib bormoqdalar. O’zbekistonda ekologik yo'nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Qashqarov va E.P.Korovinlar hisoblanadilar. Ular ekologik-ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ekolog mutaxassislar tayyorlash masalasini o'rtaga tashlaydilar va uning nihoyatda zarur ekanligini ta'kidlaganlar. (O’zbekiston Fanining akademiklari T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiev muxbir a'zolaridan V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov kabilar O'zbekistonda hayvonlarni o'rganish va ekologiya faniga hissa qo'shgan bo'lsalar E.P.Korovin, I.I.Granitov, V.A.Burigin, O.X. Xasanov kabi olimlar O’zbekiston o’simliklarini o'rgandilar va ekologiya fanini rivojlantirdilar.
Populyatsiya, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfyera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya 4 bo'limga bo’lib o'rganiladi.
1. Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi.
2.Populyatsion ekologiya «populyason» - fransuzcha so’z bo"lib, «aholi» degan ma'noni bildiradi. Populyatsiyalar dinamikasi, ma'lum sharoitda turli organiznilar sonining o"zgarishi biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi.
3.Sin ekologiya «sin» - yunoncha so'z bo’lib, uning ma'nosi «birgalikda» demakdir. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o'rganadi.
4. Biosfyera «bios»- hayot- «sfyera»- shar so'zlaridan olingan bo’lib, ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ushbu ta'limotni vujudga keltirgan. Ushbu talimot asoschisi Vyernadskiy V.I. hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya'ni yyer qobig'idagi mavjudotlar tizimi biosfyera deb ataladi.Hozirgi vaqtda ekologiyaning juda kcf p tarmoqlari mavjud. Jumladan filologik ekologiya, bioximik ekologiya, poliekologiya, landshaftlar ekologiyasi, qishloq xo'jaligi ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keladi.
Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan foydalanadi. Ularning keng tarqalgani quyidagilar:
1. Tasviriy, 2. Taqqoslash, 3. Tajriba, 4. Modellashtirish. Tasviriy. Taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlarda foydalaniladi. Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi.
. Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida ko'pincha tasviriy, taqqoslash va tajriba hamda ekosistemalarning modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan uslublardir. Ammo, modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan hisoblanadi. Biologiyada modellashtirish tuzilishlarini, fiziologik funksiyalarni hamda evolyusion va ekologik jarayonlarni va shunga o'xshashlarni soddalashtirish yo'li bilan o'xshatish ma'nosida umumlashtirish, dinamik yoki statistik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil qiluvchi tadqiqot uslubidir. Hozirgi kunda ekologiyaning ijtimoiy va tabiiy rivojlanayotgan ko'p tarmoqlari mavjud. Jumladan, fiziologik ekologiya, bioximik ekologiya, evolyusion ekologiya, morfologik ekologiya, paleoekologiya, landshaftlar ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va odam ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keldi.
Ekologiya tabiatdagi muvozanatni, tabiiy xodisalarni o'rganuvchi istiqboli keng fan hisoblanadi. Tabiat va uning mahsulotlari inson uchun ekan, ulardan oqilona va odilona foydalanish kerak. Yyerga, suvga, hayvonlar va o'simliklarga bo'lgan munosabatimizni tiklashimiz orqaligina Ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin.
Endilikda jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan fan-texnika va uning yutuqlari ekologik nuqtai nazardan ko'rib chiqilishi lozim. Atrof muxitni muhofaza etish va tabiat ehsonlaridan tadbirkorlik bilan foydalanish har bir insonga ta'lluqlidir.
Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfyera o`rtasidagi o`zaro mu­no­sabat masalalarini jadal o`rganmoqda.
Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta`si­rida tabiat o`zgarishlarini oldindan ko`ra bilish, tabiatda kechayotgan jara­yon­larni boshqarish yo`llarini o`rganish, zararkunandalarga qarshi ko’rash­ning zararsiz va samarador usullarini yaratish, sanoat korxonala­rida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish.
Ekologiya umumiy va xususiy yoki tarmoqli bo`ladi. Umumiy ekolo­giya yoki sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va ekosi­stemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funktsional printsi­plarini, xususiy ekologiya yoki autekologiya esa ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o`zaro munosabatini, turlarning muhitga ko`proq va uzviy moslashganligini o`rganadi. Xususiy ekologiya – o`simlik va hayvonlar ekologiyasidan iborat.
Bugungi kunda ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta`siri natijasida ekologiya tushunchasi o`ta kengayib ketdi. Inson ekologiyasi degan tushuncha paydo bo`ldi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil Amyerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga ko`rsatayotgan ta`sirini o`rgatadi. Insonning tabiatga ko`rsatayotgan ta`sir doirasi beqiyosdir, chunki hozirgi kunda insonning tabiatga nisbatan o`tkazayotgan salbiy ta`sirlari natijasida unumdor yerlar yeroziyaga uchrab unumsiz yerlarga aylanmoqda, dasht ekosistemasi degan tabiiy ekosistemalar deyarli yo`qolib bormoqda, inson qo`li tegmagan o`rmonlar ham juda kam qolgan. yer yuzi quruqligidagi o`rmonlar maydoni 75 % dan 25 % gacha kamaygan.
Agar yashil o`simliklar maydoni kengaytirilmasa, gidroenyergiya va atom enyergiyasidan keng foydalanishga o`tilmasa, yana 100 yildan so`ng atmosferada kislorod kamayib, karbonat angidrit miqdori ko`payib kishi organizmining yashashai uchun xavf tug`diradi.
Qurg`oqchil mintaqalarda kishilarning xo`jalikdan noto`g`ri foydalanishi natijasida qayta cho`llanish xodisasi yil sayin kuchayib bormoqda. Hozir yer qurrasi bo`yicha cho`llashgan maydonlar 30 mln km2 ga etgan bo`lib, bu sayyoramiz quruqlik maydonining 20 % ni egallaydi.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari insonning tabiatga ta`sir etish yo`llari va shakllari ko`payib, ular tabiatda bo`ladigan miqdor o`zgarishgagina emas, balki sifat o`zgarishlarga ham olib keladi.
Ekologiya tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog`lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil yetadi.
Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir.
1.Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o`rganish;

  1. Biosfyeradagi jarayonlarni o`rganish, boshqarish, bashorat qilish, insonning yashash muhitini saqlash;

  2. Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir.

Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosat strategiyasi bilan belgilanadi va uning muhim tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:

  • teng huquqlik va o’zaro foyda, o’zga davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik;

  • hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, tinchlik va xavfsizlikni saqlash;

  • tashqi aloqalarni ikki tomonlama va ko’p tomonlama rivojlantirishga kelishish.

Milliy siyosatning shakllanishi va xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlari mamlakat ekologik salohiyatini saqlashga asoslanadi.
Ekologik muammolarning ko’lami va murakkabligi, tabiiy resurslarning qo’llanilishi va ulardan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim masaladir. SHu sababli bu sohalarni moliyalashtirish resurslardan hamkorona foydalanish va mavjud ekologik muammolarni hamkorlikda echishni taqozo yetadi. SHunga bog’liq tarzda O’zbekiston xalqaro ekologik maqonda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik asosida integratsiya jaryoniga qo’shilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil BMT ga a’zo bo’ldi. 1993-2004 yillar mobaynida quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan ishga aloqador bog’lanishlar o’rnatildi: BMT, TASIS, BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha departamenti, KUROON, YUNIDO, YUNeSKO, VOZ, VMO, yer Kengashi, Qonventsiya Kotibiyati, Butun Jahon banki, GEF. 2001 yilda O’zbekiston Respublikasi KUROONga a’zolikka saylandi.
Bulardan tashqari O’zbekiston evropa hamkorligi doirasida «evropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha tashkilot, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR), NATO kabi xalqaro tuzilmalar bilan faol aloqa bog’lagan. O’zbekiston evropa uchun Iqtisodiy komissiya bilan hamkorlik o’rnatib, uning «evropa uchun atrof-muhit» jarayonida ishtirok etmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi sohasida Osiyo mintaqasidagi xalqaro tashkilotlar, xususan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, EKO va boshqa qator mamlakatlar bilan uzviy aloqa bog’lagan. SHuningdek, soha bo’yicha AQSH, Hamdo’stlik mamlakatlari bilan ham aloqa mavjud.
YUNeP tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda Hududiy ekologik markaz tashkil etilib, har bir respublikada uning milliy ofislari faoliyat ko’rsatmoqda.
John Harpyer tabiatdagi o’zgarishlarni izohlar ekan, “tabiat barcha narsani hazm qilishi mumkin, biroq uning sog’lom muhiti yo’qolishi muqarrar” deydi. Ekologiyaningtarixihaqidaquyidagiolimlartadqiqot olib borganlar. Jumladan, Jonathan Andyerson, Mike Bonsall, Angela Douglas, Chris Elphick, Valyerie Evinyer, Andy Foggo, Jyerry Franklin, Kevin Gaston, Charles Godfray, Sue Hartley, Marcel Holyoak, Jim Hone, Petyer Hudson, Johannes Knops, Xaviyer Lambin, Svata Louda, Petyer Morin, Steve Ormyerod, Richard Sibly, Andrew Watkinson, Jacob Weinyer, and David Wharton. Shuningdek, Jane Andrew, Elizabeth Frank, Rosie Hayden, Delia Sandford and Nancy Whilton kabilartabiatnimuhofazaqilishningilmiynazariy asoslari haqidafikryuritishagan.Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1869 - yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan.
Ekologiya – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini bildiradi. “Ekologiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “oykos” – uy, vatan, maqon va “logos” – ta’limot, - degan ma’nolarni bildiradi.
Ekologiya bu - organizmlar va ularning atrof- muhit bilan o’zaro sodir bo’layotgan hamkorligini o’rganadigan soha hisoblanadi.Ekologlar esa mana shu hamkorlikni o’rganadigan olimlardir.

Download 135.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling