Mundarija: Kirish I. bob. Atmosfera xavosi va uni ifloslantiruvchi manbaalar


I. Bob. Atmosfera xavosi va uni ifloslantiruvchi manbalar


Download 135.44 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi135.44 Kb.
#1563269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atmosfera ifloslanishining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.

I. Bob. Atmosfera xavosi va uni ifloslantiruvchi manbalar.
1.1. Atmosfera xavosining ifloslanishiga transport vositalarining ulushlari.
Atmosfera xavosi xar xil gazlarning mexanik aralashmalaridan iborat bo’lib, tabiiy xolda 78 % azot, 21 % kislorod, 0,9 % argon, 0,003 % CO va qolgan inyert gazlardan iborat.
Atmosfera uch qatlamdan iborat:
1. Troposfyera-quyi 17-18 km. ni uz ichiga oladi.
2. Srotosfyera 18-60 km gacha bo’lgan qatlam.
3. Mezosfyera eki ionosfyera 60-80 km.dan yuqori bo’lib, ionlashgan gazlardan iboratdir.
Troposfyeraning ustki qatlamida (50-200 m.gacha) meteorologik o’zgarishlar tez-tez ro’y byerish natijasida atmosferaning turli darajada ifloslanishi vujudga keladi. Stratosfyeraning 20-30 km katlamida azon gazining yuqori qonsentrasiyasi mavjud bo’lib, azon qobig’ini vujudga keltiradi. Azon qobig’i quyoshdan kelayotgan ul`trabinafsha nurlarini ushlab qolib, tirik organizmlarni bu unrdan muxofaza qiladi. Shu bilan birga yyerda hayotning muntazam davom qilishini ta`minlaydi. Atmosfera xavosi yer sharini isib va sovub ketishidan saqlaydi. Shu bilan birgalikda tirik organizmlar xayotida aloqa vositasi ya`ni to’lqin
tarqatish vazifasini bajaradi.
Tirik organizmlar atmosfera xavosi tarkibidagi O bilan nafas oladi va SO gazini chiqaradi Yashil o’simliklar esa SO bilan nafas olib O ni chiqaradi
Kislorod barcha yonish, achish, oksidlash jarayonlarida ishtirok qiladi. Inson bir sutkada 500 litr O istemol qilib o’pka orqali qariyb 10 ming litr xavoni (12kg) o’tqazadi. Bitta avtomobil bir sutkada 20-30 kishini bir yillik O ni sarflaydi.
Kishi nafas olganda qon tarkibidagi gemoglabin NV kislorodni biriktirib qonga surilgan organik moddalarni xujayralarda parchalanishini amalga oshiradi. Atmosfera tarkibidagi N gazi esa oqsil, organik moddalarning vujudga kelishiga ishtirok yetadi. Inson tanasi asosan 4 elementdan tarkib topgan: uglerod, kislorod,vodorod va azot (96%) qolgan 3 % kalsiy, kaliy, fosfor, oltingugurt, 1 % esa boshqa mikroelementlardir.
O’simlik tanasida bu ko’rsatgich quyidagicha S-45 %, O - 42 %, N-6,5%, N- 1,5 % qolgan 5 % boshqa elementlardan iboratdir.
Atmosfera xavosi ikki xil usulda ifloslanadi:
1. tabiiy (biologik).
2. sun`iy (antropogen).
Biologik ifloslanish- tabiiy muxitda vujudga keladigan vulkan-
lar, shamol, yomg’irlar , tabiiy ofatlar natijasida atmosfera xavosiga
qo’shiladigan o’simlik, xayvon qoldiqlari, zaxarli gazlar (SO, NO, SO)uglevodorodlar (metan, etan, ammiak va boshkalar) va kosmik fazodan kelib qo’shiladigan gazlar, chang zarrachalari oqibatida ifloslanadi.
Kosmik fazodan xar yili atmosfera 1 mld. tonnadan ortiq xar xil gaz va chang zarrachalari qo’shiladi .
Yer yuzida mavjud bo’lgan 500 dan ortiq doimiy otilib turuvchi vulqonlarning xar biridan yiliga urtacha 75 mln. tonnagacha chiqindi chiqadi. Eski orol dengizi chekinishi munosabati bilan vujudga kelgan 2,5 mln. gektar maydon yuzasidan xar yili 100 mln tonnadan ortiq
chang va tuz zarrachalari ko’tariladi.
Atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar yer yuzasida sodir bo’ladigan jarayonlar uchun katta axamiyatga ega. Chunki changlar suv bug’lari uchun qondensasiya yadrosi xisoblanib, yong’inlarni vujudga keltiradi.Quyoshni to’g’ri radiatsiyasini yutib yer yuzasidagi organizmlarni ortiqcha nurlanishdan saqlaydi. Shuning uchun xam atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar ma`lum darajada uning zaruriy elementi xisoblanib, undagi xodisa va jarayonlar ni borishini tartibga solib turadi. Lekin ayrim xollarda kuchli vulqonlarni otilishi, chang to’zonlarni ko’tarilishi tufayli atmosfera xavosi me`yeridan ortiq ifloslanish xolatlariga xam sabab bo’lishi mumkin.
Sun`iy ifloslanishi. Insonning aktiv faoliyati natijasida sanoat, energetik, qishloq xo’jaligi, transport, qonchilik, maishiy xizmat korxonalaridan chiqadigan zararli gazlar, buglar, changlar, bakteriya, mikroblar yordamida atmosfera xavosini ifloslantiriladi. Atmosfera xavosiga chiqariladigan iflos moddalarning zaxarli gazlar asosiy qismini (SO, SO , NO ) uglevodorodlar, chang, qurum, metall birikmalari tashkil qiladi. Bular ko’p xollarda organik yoqilg’ilarni ishlatish (yondirish) jarayonida vujudga keladi. Xar yili atmosfera xavosiga 200 mln. tonna chang, 700 mln. tonna SO , 210 mln. SO , 300 ming tonna qo’rgoshin birikmalari va qurum chiqariladi. Qurum tarkibida 1,5-2 benzorin, dioksid kabi qoncyerogen moddalar bo’lib nafas olish yo’llarida rak kasalligini keltirib chiarishga sabab bo’ladi.
Yoqilg’i bilan ishlaydigan (mazut, ko’mir) bitta elektr stansiyasi atmosfera xavosiga bir sutkada urtacha 1,2 tonna SO , 3-4 tonna SO, 1,5 tonna NO va 10 tonnadan ortiq kul qurum chiqaradi
Chorvachilik korxonalari atmosfera xavosini chang uglevodorodlar (NN , SO, SO ) gazlar yuqumli kasallik tarqatuvchi baktyeriyalar bilan ifloslantiradi. Masalan: 100 ming bosh qoramolga ixtisoslashgan qoramolchilik fermalari atmosfera xavosiga bir sutkada 0,3-2 tonnagacha chang, 10-15 kg. gacha syerovodorod N S, 50-200 kg NN , va 1,5 mln. gacha baktyeriyalar bilan ifloslantiriladi.
Avtotransportning atmosferaga chiqaradigan umumiy zaxarli modda miqdori 75-85 % gacha egallaydi. Agar 1 km ga beshta avtotransport (urtacha) to’g’ri kelsa, katta shaxarlarda 200-300 ga teng 2000 yilga borib 700-800 ga yetadi. Markaziy ko’chalarda SO ning miqdori 5-10 ba`zan 30 barobarga oshadi. Uzbekistonda transport chiqindisi 50-70 % ni tashkil qiladi.
Avtomobillardan chiqadigan tovush
urtacha GOST 19358-85
Yengil mashinalar 80-82 80 77
Avtobuslar 3,5 t. 81-84 81 80
Yuk mashinalari 3,5 t. 81-84 81 79
Yuk mashinalari 3,5 t.ortiq 86-89 86 83
Yuk mashinalari 10 t. ortiq 91-88 88 84
Atmosfera xavosini avtotransport vositalari 200 dan ortiq qoncyerogen moddalari bilan ifloslantiradi. Ma`lumotlarga ko’ra yer sharidagi 400 mln dan ortiq avtomobil` atmosferaga xar yili 300 mln. tonnaga yaqin zaxarli moddalar chiqaradi Shundan 200 mln. tonnasi SO,50 mln. tonnasi uglevodorodlar, 30 mln tonnasi Azot oksidi, qolgan kismiboshqagaz, chang va kattik chiqindilarga to’g’ri keladi.
Avtotransport vositalari bundan tashkari yer shari axolisiga nisbatan 3-4 marotaba ko’p kislorod sarflaydi.
Atmosfera xavosining quyi qatlamiga chiqariladigan zaxarli gazlarning 50-80 % ni avtotransport chiqindisi tashkil qiladi.
Ko’chmas va xarakatlanuvchi (transport vositalaridan) manbalardan Respublikamiz atmosfera xavosiga 4 mln. tonnadan ortiq zaxarli moddalar chiqadi. Bu chiqindilarning 50%-SO, 15% uglevodorodlar, 14 % oltingugurt oksidi, 9 % azot oksidi, 8 % kattik chiqindilar va qolgan 4 % qoncyerogen moddalar tashkil qiladi. Shuni qayd etish kerakki chiqariladigan umumiy chiqindilarning 67 % transport vositalari chiqindisini tashkil yetadi.
Viloyatimiz xududida joylashgan sanoat korxonalari xamda transport vositalari tomonidan xar yili 180-200 ming tonna xar xil chang, bug va shunga uxshash zaxarli moddalar ishlab chiqaradi Shuning 50-60 % transport vositalari chiqindilari tashkil yetadi.
XX asrning ikkinchi yarmida atmosferaning ifloslanishi to‘g’risidagi masala dolzarb global masalalardan biriga aylandi. “Atmosferaning ifloslanishi” tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflarni umumlashtirgan holda unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: atmosferaning ifloslanishi- atmosferaning quyi qatlamlarida kishilarning salomatligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun xavfli bo‘lgan , tabiiy muhitning inson hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun nomaqbo‘l yo‘nalishlarda o‘zgarishiga olib keladigan miqdordagi zararli moddalarning to‘planishidir.
Atmosferaning tarkibi tabiiy va inson faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan (antropogen) omillar ta’sirida o‘zgaradi.Tabiiy o‘zgarishlar litosfera, gidrosfera va biosferadagi o‘zgarishlar bilan bog’liq. Masalan, vulkanlarning faoliyati, cho‘llarda qumlarning to‘zishi va uchirilishi, o‘simliklarning gulchanglari, okeanlarning har xil tuz zarrachalari va boshqa chang zarrachalari atmosferada mavjud bo‘lgan changlarning tabiiy manbalaridir.
Yerda odamning paydo bo‘lishi bilan bog’liq holda atmosferada antropogen o‘zgarishlar va havoning ifloslanishi sodir bo‘la boshladi. Atmosferaning mahalliy miqyoslarda ifloslaaaaaaanishi anchadan buyon ma’lum bo‘lsada, XX asrda umumbashariy miqyosdagi dolzarb muammoga aylandi.
Kosmik tadqiqotlar atmosferaning 20 km va undan ham balandroq qismlari, ya’ni butun troposfera va stratosferaning quyi qismlari ifloslanganligini ko‘rsatdi.Troposferaning quyi qatlamlariayniqsa sezilarli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi antropogen manbalardan chiqarilayotgan gazlar (90% gacha ) va aerozollar (10%) tufayli sodir bo‘lmoqda.Gazdan va undagi muallaq erkin zarrachalardan , qattiq jismlarning zarrachalaridan va suyuqlik tomchlaridan tashkil topgan birikmaga aerosol (yunoncha air- havo;nemischa sol- erituvchi)deyiladi.
Atmosferaga chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligi aniqlangan.Sanoatda va aholiga xizmat ko‘rsatish doirasida foydalaniladigan ko‘pgina moddalar zaharli bo‘lganligi tufayli ularni atmosferaga chiqarish jahon mamlakatlarining katta qismida ta’qiqlangan. O”zbekistonda ham havoda zaharli moddalarning miqdori maxsux sanitariya me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. 4-jadvalda atmosferaning ifloslanishiga sabab bo‘ladigan asosiy moddalar ko‘rsatilgan.

Download 135.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling