Mundarija Kirish I bob. Axborot resurs markazlari haqida
Farg‘ona politexnika instituti axborot-resurs markazi
Download 193.5 Kb.
|
kurs ishi tayyor (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- FarPiARM_bot
Farg‘ona politexnika instituti axborot-resurs markazi
Institut tashkil topgan 1967 yili institut qoshida 2 ta mo‘jazgina xonada kutubxona faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan va u asosan talaba yoshlar hamda kam’sonli professor-o‘qituvchilardan iborat kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni boshlagan edi. Bu vaqtda kutubxonada 6 kishi xizmat qilardi, kutubxona fondida bor-yo‘g‘i bir necha ming nusxa kitob bo‘lib, ular asosan rus tilidagi va juda kam nusxada o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlari edi. Xonalar kutubxona uchun moslashtirilganligi sababli undagi mebel jihozlari ham foydalanish uchun noqulay edi, u paytlarda orgtexnika to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas, kutubxona o‘zining mexanik holda harf terib matn yozish mashinasiga ham ega emas edi. “Bugungi kunda ARM va unda foydalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlarga havas qilsa arziydi: 2016 yilda institut ARMi mukammal ta’mirlanib qayta qurildi va bunga 1mld. 980 mln. so‘m davlat mablag‘i sarflanib, ARMning ichki va tashqi ko‘rinishi zamonaviy tus oldi, xizmat ko‘rsatish maydoni birmuncha kengaydi, ARM qoshida 75 o‘ringa mo‘ljallangan yangi “Elektron kutubxona” barpo etildi va u zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlandi, “Badiiy adabiyotlar” va “Davriy matbuot nashrlari” uchun alohida bo‘limlar va xonalar tashkillandi. Barcha kompyuterlarning institut lokal tarmog‘iga va “Internet” tarmog‘iga ulanganligi ARM xizmatidan foydalanuvchilarning nafaqat ichki imkoniyatlardan, balki tashqi axborot resurslaridan ham samarali foydalanishlariga imkon yaratdi. Hozirgi kunda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida institut hududida yangi o‘quv zali (Renaissance hall) tashkil etildi. Unda talabalar bepul WiFi tarmog‘iga ulanishlari va o‘zlari kerakli ma’lumotlarni yuklab olishlari mumkin. O‘quv zalida 100 nafar talabaga yetadigan o‘rin mavjud va 2840 nusxadagi kitoblardan beminnat foydalanishlari mumkin. Energetika fakulteti institut hududidan ajrab chiqqanligi sababli, fakultet binosida 50 nafar talabaga’mo‘ljallangan o‘quv zali yaratildi. O‘quv zalida mutaxassislikka oid 3000 dan ortiq o‘quv adabiyotlari mavjud. ARMning “Davriy matbuot nashrlari” bo‘limida foydalanuvchilar 100 nomga yaqin mahalliy va Rossiyada chop etilayotgan gazeta-jurnallar bilan tanishib borish imkoniyatiga ega. ARMda kitobxonlarga xizmat ko’rsatishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. Jumladan, “Elektron kutubxona”dagi barcha kompyuterlar “Internet” va “Ziyonet” tarmoqlariga ulangan, kompyuterlar bazasiga 10000 ga yaqin institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlar, elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ishlanmalar, o‘quv adabiyotlarining elektron variantlari, turdosh OTMlarda tayyorlangan fanlar bo‘yicha alternativ ma’ruza matnlari hamda 100 dan ortiq elektron filmlar mavjud. ARMda barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlarning elektron variantlariga buyurtma berish va olish bo‘yicha Telegram guruhlari va FarPiARM_botlar yaratilgan. Download 193.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling