Mundarija Kirish I bob. Axborot resurs markazlari haqida


ARM faoliyatiga oid ma’lumotlar


Download 193.5 Kb.
bet13/14
Sana21.06.2023
Hajmi193.5 Kb.
#1642910
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishi tayyor (2)

ARM faoliyatiga oid ma’lumotlar:
“Institut Axborot resurs markazida 32 nafar xodimlar va o‘rindoshlik asosida 10 nafar talaba yoshlar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Xodimlarning 18 nafari oliy ma’lumotga ega. ARMning 8933 nafar doimiy foydalanuvchi (kitobxon) lariga’axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatib kelishmoqda. Shundan bakalavriat talabalari 7673 nafar, magistrantlar 131 nafar, doktorantlar 26 nafar, professor-oʼqituvchilar 516 nafar, xodimlar 99 nafar va boshqalar 488 nafarni tashkil etadi. Ularga har kuni (yakshanbadan tashqari) 8-00 dan 21-00gacha navbatchilik asosida ARM nizomida qayd qilingan barcha turdagi axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatiladi. 
2022-yil holatiga ko‘ra АRMning umumiy fondi 12276 nomda, 243471 nusxadagi kitobdan iborat. Shu jumladan:

  • Darsliklar 2514 nomda, 55265 nusxada;

  • O‘quv qoʼllanmalar 3838 nomda, 81876 nusxada;

  • Ilmiy adabiyotlar 1352 nomda, 4110 nusxada;

  • Badiiy adabiyotlar 3360 nomda, 7750 nusxada;

  • Siyosiy adabiyotlar 182 nomda, 9102 nusxada;

  • Boshqa adabiyotlar 1030 nomda, 85568 nusxada.

  • Elektron hujjatlar to‘plami 9979 nomda,

Ulardan:

  • Elektron darsliklar va qo‘llanmalar- 128,

  • Darsliklarning elektron variantlari - 1995,

  • O‘quv qo‘llanmalarning elektron variantlari - 1976,

  • Xorijiy nashrlar elektron variantlari - 552,

  • Badiiy nashrlar elektron variantlari – 2925,

  • Ma'ruza matnlarning elektron variantlari - 240316.

XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishim mumkinki, hozirgi XXI asr axborot texnologiyalar asriga kelib avvalgi katta-katta binolarni egallab olib, son-sanoqsiz kitoblarga ega bo‘lgan an’anaviy kutubxonalarning mavqei biroz bo‘lsa ham kamayib ularning o‘rnini zamon talablariga javob bera oladigan har tomonlama qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan axborot-resurs markazlarining(ARM) vujudga kelishi bu sohaning rivohjlanishiga ham keskin ta’sir o‘tkaza oldi deb bemalol ayta olaman. Buni isboti sifatida Farg‘ona davlat universiteti axborot-resurs markazi misolida ko‘rsatib berishga harakat qildim. Unda asosan eski an’anaviy kutubxonalar va zamonaviy axborot-resurs markazlarining o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rsatib o‘tishga harakat qildim. Izlanishlarim natijasida axborot-resurs markazlari an’anaviy kutubxonalardan har taraflama ustunligi aniq bo‘ldi. Bunga misol tariqasida ulardagi ma’lumotlar bazasining kengligi, ulardan foydalanish imkoniyatlari, ularning saqlanish sharoitlari va boshqalar shular jumlasidandir. Qolaversa, universitet axborot-resurs markazi faqat o‘zining o‘qituvchilari va talabalarigagina xizmat ko‘rsatib qolmasdan balki, oddiy aholi uchun ham faoliyat yuritadi. Shu vaqtgacha kutubxonalarda faqat eski ma’lumotlar mavjud bo‘lib, yangi ma’lumotlarni esa internet orqali olishimiz mumkin edi. Endi esa bunga hojat yo‘q sababi axborot-resurs markazlarida kitoblar bilan birgalikda ularning elektron nusxalari hamda zamonaviy kompyuterlar bilan hijozlangan va barchasi internet tarmog‘iga ulangandir. Hozirgi axborot sivilizatsiyasi davrida kutubxona tushunchasining axborot resurs markazi (ARM) so‘ziga almashinuvini mohiyatan tushuntirib o‘tish bilan birgalikda Farg‘ona davlat universiteti axborot resurs markazi misolida ko‘rsatib o‘tishdan iboratdir. Axborot resurs markazining ahamiyati shundan iboratki,internetdagi turfa xil ishonchli va ishonchsiz ma’lumotlardan ko‘ra ko‘plab nodir va noyob asarlarning elektron nusxalari mavjudligi hamda bir vaqting o‘zida hohlagancha foydalana olish imkoniyatidadir

Download 193.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling