Mundarija Kirish I bob. Axborot resurs markazlari haqida


Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatadi


Download 193.5 Kb.
bet10/14
Sana21.06.2023
Hajmi193.5 Kb.
#1642910
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishi tayyor (2)

Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatadi
1. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot bo‘limi. (davriy nashrlar) Ilmiy metodik bo‘lim mudiri Abduqaxorova Zulfiya. Bo‘lim xodimlari ilmiy izlanuvchilarga mavzular bo‘yicha ma’lumotlar topishida, bitiruv malakaviy ishlar bilan shug‘ullanayotgan bitiruvchi talabalarga, magistrlarga diplom ishlari uchun ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadilar. Analitik, tematik va adresli bibliografik ma’lumotlar beradilar. Muhim va unutilmas sanalarga atab bukletlar, devoriy gazetalar, bibliografik tavsiyaviy ro‘yxatlar tayyorlaydilar, turli mavzularda tadbirlar tashkil qiladilar. Axborot-resurs markazi faoliyatini targ‘ibot qilish ishlari bilan shug‘ullanadilar 
2. Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi. Bo‘lim mudiri Salimova Muborakxon. Bo‘limning asosiy vazifasi markazga kelib tushayotgan yangi adabiyotlarni hujjat asosida qabul qilib oladi, tekshirib analiz qiladi, inventar kitobga yozadi, sumar hisob kitobiga sistema asosida bosqichma-bosqich belgilab boradi, adabiyotlarga texnik ishlov beradi. ARM ning barcha bo‘limlariga tartib asosida taqsimlaydi va yangi qabul qilingan adabiyotlarning ro‘yxatini tuzib universitet kafedralariga tarqatadi. Yangi adabiyotlarga katalog kartochkalari yoziladi va qat’iy tartib asosida kataloglarga joylashtiradi. Foydalanuvchilar tomonidan yo‘qotilgan kitoblarni ARM fondidan chiqaradi, o‘rniga olingan kitoblarni hisobga kiritadi. ARM ga keltirilgan yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlar tayyorlaydi, hisobot beradi va barcha fakultetlarga tarqatadi.
 3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi. (o‘quv zallari va kitoblarni saqlashni inobatga olib). Bu bo‘lim mudiri Zokirova Oyimxon. Ushbu bo‘lim o‘quv zallarida abonementda yagona kitobxonlik bileti bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda rahbariyatga yetkazib turadi. Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularni saqlanishini, saqlash tartibini ta’minlaydi. Foydalanuvchilar uchun kutubxonashunoslik va bibliografiya, foydalanish tartib qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Foydalanuvchilarga berilgan kitoblarni fondga qaytarilishi, adabiyotlarni butligi hamda sifatini nazorat qilib boradi. o‘quv zallari kitob fondlari tarkibini o‘rganib, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlaydi. 
Elektron o‘quv zallari uchun ARM fondida kam sonli hamda noyob adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazilishini ta’minlaydi. Elektron axborotlarni o‘quv zalida foydalanuvchilarga yetkazib berishni hamda kerakli elektron resurslar bilan to‘ldirib borish ishlarini tashkil qiladi.

Download 193.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling