Mundarija kirish I bob. Dramaturgiya janri va uning o’ziga xos xususiyatlari


-sinfda Behbudiyning “Padarkush” dramasini o‘rgatish. Badiiyat va uslub


Download 267.5 Kb.
bet6/9
Sana21.06.2023
Hajmi267.5 Kb.
#1645671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Irodaxon 2023

2.2 10-sinfda Behbudiyning “Padarkush” dramasini o‘rgatish. Badiiyat va uslub.
Mahmudxoʻja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yilda yozilgan boʻlib, oradan ikki yil o'tgach, ya'ni 1913-yilda kitob holida nashr qilinadi. Behbudiy oʻzbek adabiyoti tarixida birinchilardan boʻlib dramatik asar yozdi56 va u Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o'zbek teatrining tamal toshini qo'ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma'rifat ulug'lanadi. Muallif «oʻqimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi57. Behbudiy yoshlar ta'lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o'rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan oʻz gʻoyasini: «Bizlarni xonavayron... bevatan va bandi qilg'on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, jasorat, faqirlik,zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo'sinda bayon qiladi. Shunga e’tibor qaratish lozimki, «padarkush» so'zi lug'aviy jihatdan «ota qotili» degan ma'noni anglatadi. Dramada Boy, uning oʻgʻli Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili boʻlgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dramaturg ilgari surgan ma'rifatparvarlik g'oyasi shu obrazlarning oʻzaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon boʻladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qusurlar ularning gap-so'zlari, xatti-harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko'rsatiladi. Muallif Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega boʻlgan, ammo uni ilm yoʻli, farzand tarbiyasi uchun sarflashni oʻylamagan kimsa qiyofasini beradi. Eng achinarlisi, Boy Domlaning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga quloq tutmaydi; savollariga qo'pollik bilan, beparvo va loqayd javob qaytaradi. Boy hamma narsani - inson qadrini ham, obro'-e'tiborini ham boylik bilan oʻlchaydi; o'z boyligi tufayli hamma-hamma ularni «izzat qilishadi» degan fikr bilan yashaydi. Dramada boyning eng katta xatosi ziyoli kishilarning soʻzlariga quloq solmasdan, quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, oʻz jigarbandining taqdiriga befarq qaraganidir. Bilamizki, sharqona madaniyatimizda farzand, eng avvalo, otaga so'zsiz itoat etishi lozim. Boy ham vaqtida insofga kelib bolasini yoʻlga solganida, bunday mudhish holat, balki yuz bermagan boʻlar edi. Shu yerda dramaturg boyning tilidan bir narsani ta'kidlab o'tadiki, «mani savodim yo'q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilurman»58 - bu o'sha zamonga monand ayni haqiqat edi. Boyning gapida yana bir xato mavjud, u boylik topishdan oʻzga ishni bilmaydi. Inson faqatgina moddiy boylik bilan yashay olmaydi. Unda ma'naviy, jismoniy hamda ruhiy boylik ham boʻlishi lozim.
Ushbu dramada Boyni ilm-maʼrifatga, oʻgʻlini oʻqitish zarurligiga urg'u beradi. O'z zimmasidagi amri-ma'ruf va nahyi munkar, ya'ni yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarishdek bir vazifasini bajaradi. Shuning uchun ketar mahali «Boy, man sizga amri ma'ruf etdim va menga shariat boʻyicha lozim boʻlgan ishni bo'ynimdan soqit qildim»59 degan gapni aytadi. Keyin Ziyoli Boy huzurida paydo boʻladi. Boy uni ham yoqtirmaydi. Shu bois «qordan qutulib, yomgʻirga uchraymiz» deb g'udranadi. Domla aytgan fikr-mulohazaga yaqin gaplarni Ziyoli ham ta'kidlaydi. Muallif ishtirokchilarga ta'riflar ekan, Ziyoliga «millatchi musulmon» degan sifat beradi. Bu o'rinda «millatchi» so'zini «millatparvar» tarzida tushunish lozim. Chunki Ziyoli tabiatida musulmonchilik ham, millatparvarlik ham jamlangan. Behbudiy millatini sevib dinini esda tutadigan, ayni damda, dinini sevib millatini ham esdan chiqarmaydigan insonlarni shu obraz vositasida ko'rsatmoqchi boʻladi. Ziyoli «olimi diniy» - din bilimdoni va «olimi zamoniy» - zamon bilimdoni boʻlish uchun qanday ilmlarni egallash zarurligini Boy bilan boʻlgan suhbatida bir-bir sanab chiqadi.
Dramada Domla bilan Ziyolining turmushdagi yo'l-yo'rig'i bir-biriga yaqin. Ular asardagi Boy, Toshmurod, Tangriqul, Artun kabi obrazlarga qarama-qarshi turadi. Dramatik asar voqealarini oradagi shu ziddiyat harakatga keltiradi. Bu qarama-qarshilikka ijtimoiy ma'no berib, ma'rifatlilar bilan johillar, ilmlilar bilan ilmsizlar, ogohlar bilan loqaydlar oʻrtasidagi kurash tarzida tushunish oʻrinli boʻladi. Toshmurod do'st kim, dushman kim farqiga bormaydi.
Shuning oqibatida Tangriqul bilan birga o'z uyiga oʻgʻrilikka borishga rozi bo'ladi. Otasining sandiqdagi mol-mulkini o'marish yo'llarini maishatparast sheriklari bilan rejalashtiradi. Ularni o'z uyiga boshlab borganida otasi sezib qoladi; Boyni o'ldirib, pulini olib ketishadi.
Boyning arzandasi – Toshmurod oʻqimagani, ko'cha changitib yurgani sababli ham o'zidan yoshi kattaroq oʻgʻri, muttahamlarga qo'shilib qoladi. Mavzuga diqqat qilinsa, oradan bir asrdan ortiqroq vaqt o'tgan bo'lsa-da, ayni zamonamizda ham oʻqimagani bois turli aldovlarga ishonib, yomon yo'llarga kirib qolayotgan yoshlar yo'q emas. O'g'rilar ham Toshmurodning soddaligidan foydalanib, mahorat darslarining muqaddimasini aynan oʻzining uyida boshlab bermoqchi bo'lishadi60. Ya'ni yigitchani o'z uyiga oʻgʻrilikka boshlab, ustiga-ustak: «Barakalla! Ilgari ham o'g'irlik qilganga o'xshaysiz», - deb tag'in maqtab ham qoʻyishadi. Toshmurodning atrofidagi shunday bema'ni, yomon odamlar bilan oshno tutinib, maishatga berilishi, buzuq yoʻllarga kirib, oxir-oqibatda ota qotili padarkushga aylanishining asosiy sababi - bu oʻqimaganidir. Onasi Toshmurodni: «He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Koshki chechakda ketsayding! Voy, padarkush! Toshmurod!» deb qarg'ashga majbur boʻladi. Toshmurodga otasi ta'lim-tarbiya bermadi;oqibatda ota ham, oʻgʻil ham «qurboni jaholat» - jaholat qurboniga aylandi. Drama oxirida Ziyoli muallif g'oyasini «Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o'qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo'lmas va bular ichkilikni bo'yla ichmas... edi. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasida taraqqiy qiladi» degan tarzda bayon etadi.
I lm-fan hamma zamonlar uchun zarur va muhim boʻlgan. Olimlar jamiyat taraqqiyoti uchun ma'naviy tayanch vazifasini bajaradi. Shu jihatdan «Padarkush» dramasida aytilgan ilmga doir qarashlar, jaholatga qarshi ma'rifat yoʻlidan yurish zarurligi bugun ham ahamiyatli.
Mahmudxoʻja Behbudiyning ushbu dramasi XX asr boshlarida yozilgan bo'lsa-da, hozirgi kun bilan ham chambarchas bogʻliq. Chunki uning zamirida ma'naviy-ruhiy, tarbiyaviy ma'no yotadi. Tarbiya hech qachon eskirmaydigan hamda tugal yechimi topilishi mushkul boʻlgan masalalardandir. Insonni yoshligidan tarbiyalash lozim. Odam farzandini ham navnihol daraxtga mengzash mumkin. Uni qay tomonga yo'naltirib tarbiyalansa, umrining oxirigacha ana shu yo'ldan boradi.
Mahmudxoʻja Behbudiy juda qisqa sahna asari vositasida o'z ma'naviy dunyosini, ilm-ma'rifatning qadr-qiymatini zo'r mahorat bilan bayon qiladi. Aynan din ilmlaridan boxabar boʻlgani uchun uning qahramonlari nutqida «Ilm olish barcha erkak va ayollar uchun ham farzdir», «Beshikdan mozorgacha ilm izlash lozim» yoki «Xitoyga borib bo'lsa ham ilm talab qilinglar» kabi hadisi shariflarning mazmuni berib boriladi. Domla va Ziyoli nutqini muallif hikmatlar, ibratli gaplarga boy tarzda beradi. Ilmdan yiroq boʻlgan obrazlar nutqida esa ancha kambag'al va ko'cha-ko'yda qoʻllanadigan soʻzlar ishlatiladi61.
Bir narsani yoddan chiqarmaslik lozimki, mehnat-mashaqqatsiz hech qachon biror narsaga erishib bo’lmaydi. O’qib bilim olgan insonninggina hayot yo'li saodatli, umri oxirigacha rohat-farog'atda o'tadi. Farzandlar aynan ota-onasidan o'rnak oladi. Bu hayotiy hikmatni Mahmudxoʻja Behbudiy Toshmurod misolida kitobxonlarga yetkazmoqchi boʻlgan, albatta. Xulosa qilib aytganda, «Padarkush» dramasi ana shunday ilm-ma'rifatga targ'ib va tashviq qilish e'tiboridan juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Download 267.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling