Mundarija: Kirish I. Bob. Halqa bilan bajariladigan mashqlar
Download 217 Kb.
|
Halqada bajariladigan mashqlar o\'rgatish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning umumiy tavsifiva paydo bolish tarixi
IV- guruh. Yuqoriga siltanish va aylantirishlar bo'lib, ular bir-biridan qo'l yoki oyoq va halqaning o'zini harakatlari amplitudasi bilan farqlanadi.
DUMALATISHLAR Pol bo'yiab Gavda bo'yiab 5-rasm Halqaning aylanish o'qlarini klassifikatsiyalashda ularni halqa markaziga nisbatan joylashishini va buyum tekisligiga nisbatan orientatsiyasini (yo'nalishini) e'tiborga olish kerak. Shu munosabat bilan ikki guruh o'qlarni ajratish mumkin. Birinchi guruhga quyidagi uchta aylanish o'qlari kiradi 1) halqa tekisligida halqaning markazi orqali o'tadigan diametral o'qa; halqa aylanasida ikki nuqtani tutashtiradigan xorda o'qi (b); Snaryad aylanasidagi ixtiyoriy nuqta orqali o'tadigan urinma o'q (v). Bu o'qlarning hammasi charxpalak tipidagi harakatlar bilan bog'liq. O'qlarning ikkinchi guruhi - halqaning yassi tekislik bo'yicha aylanish o'qlari. Bu buyumga perpendikulyar bo'lgan markaziy о'Ч (§) va halqa doirasida joylashgan o'q (d). Halqaning inertsiya momenti aylanma harakat o'qiga bog'liq. Tayanchsiz aylanishga nisbatan halqaning ikki inertsiya momenti to'g'risida so'z yuritish kerak bo'ladi. Ulardan bin buyumning tekisligiga perpendikulyar bo'lgan o'q atrofida aylanish bilan xarakterlanadi Bu snaryadning eng katta inertsiya momenti. Halqaning ikkinchi inertsiya momentining ikkinchi qiymati diametral o'qqa nisbatan aylanishi bilan bog'liq. Halqani uloqtirishlarda maksimal inertsiya momentiga ega bo'lgan kam o'qqa nisbatan aylantirish eng mustahkam (turg'un), buyum tekisligidan o'tadigan markaziy o'qqa nisbatan halqani aylantirish (masalan, charxpalaklar, charxpalak bilan uloqtirishlar) eng noturg'un hisoblanadi. Halqaning uchish davomidagi siljish harakati halqani aylanishi bilan birgalikda sodir bo'lishi shart emas. Lekin, aylanma va siljish harakatlarini birgalikda bajarish eng tipik holdir. Buyumning tekisligiga perpendikulyar o'qqa nisbatan halqani aylantirishda giroskopik effekt kuzatiladi. Bu effekt buyumni tashqi halaqit beruvchi omillarning ta'siriga qaramay oldingi berilgan o'qqa nisbatan mustahkam (turg'un) aylanishga intilishida ifodalanadi. Halqaning tayanchsiz harakatlarida bu hodisa siltanish, depsinish tufayli beriladigan boshlang'ich impul's buyum tekisligi orqali aniq o'tmagan hollarda kuzatiladi. Bunday hollarda buyumni o'ziga xos (xarakterli) vibratsiyasi (tebranishi) yuzaga keladi. Giroskopik effekt halqani yurguzish singari harakatlarda ham vujudga keladi. U tufayli halqa og'ir kuchi ta'siri ostida tushib ketmaydi.Halqani tebratish harakatning aylanma va ilgarilanma hara-katlanish tashkil etuvchilaridan iborat bo'lgan murakkab harakatdan iborat.Qo'llarida yurgazish eng sodda turi-halqani bir traektoriya bo'ylab harakatlanish (masalan pol bo'ylab dumalatish). Jismonan qaralganda tebratishni ikki turga bo'lish mumkin; sirpantirib tebratish va sirpantirmasdan. Qizig'i shundaki, aylantirish vektori va tezlik harakati sirpantirishsiz harakati bilan o'zaro bog'liq bo'lgan, kattalik va yunalishi bo'ylab. Bu turdagi halqa harakatning o'q atrofida aylanishi sifatida ko'rib chiqish mumkin. Buyumni polga tegish nuqtasida joylashgan. Bu sharoitlar o'qqa nisbatan sirpantirib harakatlantirish (masalan qaytarib dumalatish), harakat tezligi va aylantirsh bir - biriga bog'liq bo'lmasligi mumkin. Eng murakkab halqani tebratish bu qiya tekislikda yuz beradi, bunda buyumni harakat yo'li hech qachon tekis bo'lmaydi. Umumiy olganda u sperallning oshib boruvchi qiya yo'lini tashkil etadi Halqani chayqatish tarkibiy harakatga kiradi unda harakatlantirish va aylantirishlar va o'zaro qo'shiladi. Qo'llarda yurgazish eng sodda turi-halqani bir traektoriya bo'ylab harakatlanishi (masalan, pol bo'ylab dumalatish). Jismonan qaralganda tebratishni ikki turga bo'lish mumkin; sirpantirib tebratish va sirpantirmasdan. Qizig'i shundaki, aylantirish vektori va tezlik harakati halqani sirpantirishsiz harakati bilan o'zaro bog'liq bo'lgan, kattalik va yo'nalishi bo'ylab. Bu turdagi halqa harakatini o'q atrofida aylanishi sifatida ko'rib chiqish mumkin. Buyumni polga tegish nuqtasida joylashgan. Bu sharoitlarida o'qqa nisbatan sirpantirib harakatlantirish (masalan, qaytarib dumalatish), harakat tezligi va aylantirish bir-biriga bog'liq bo'lmasligi mumkin. Eng murakkab halqani tebratish bu qiya tekislikda yuz beradi bunda buyumni harakat yo'li hech qachon tekis bo'lraaydi. Umumiy olganda u speralning olib boravchi qiya yo'lini tashkil etadi (7 - rasm). Yo'lning qiyshiqligini olib borishida' buyumning og'irlik kuchi vaqti bo'lishida, otish kuchi oidindan o'rin oladi. Shu bilan birga halqaning aylanish harakati qanchalik faol bo'lsa shunchalik og'irlik kuch ta'sirida otuluvchi bo'ladi. Halqa bilan ishlashda eng muhim texnikadan bin to'g'ri ushlash (halqa). Halqa bilan bajarilgan mashqlarda ushlashning ikki asosiy turi mavjud. Birinchisi mahkam ushlash (8 - rasm, a). U tegib turuvchi o'q atrofida halqani aylantirishda ishlatiladi. Masalan; oyoqni yoqoriga ko'tarish harakatida. Mahkam ushlash bir va ikki qo'llab bajarilishi mumkin. Ikkinchisi erkin ushlash (8 - rasm, b). U qoida bo'yicha halqani turli yo'llar bilan aylantirishda va ilishda ishlatiladi.Umuman olganda bu ikki ushlash turlaridao'zaro bog'liq va ko'pinchalik biri ikkinchisidan keyin keladi. 1.2.Buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning umumiy tavsifiva paydo bo'lish tarixi Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar badiiy gimnastika bo'yicha musobaqa dasturining asosiy mazmunini tashkil etadi. Oliy toifali gimnastikachilarning musobaqa kombinatsiyalari musobaqa uyg'unligida har xil buyumlar bilan bajariladigan harakatlarning turli tuman gavda harakatlari bilan birikmasidan iborat Badiiy gimnastikada foydalanadigan buyumlar uz shakli, fakturasi va o'lchamlari bilan ajralib turadi. Badiiy gimnastika sport programmasida buyumlar 5 ta (arqon, halqa, to'p, cho'qmor, lenta) hamda bittasi buyumsiz mashqlar bilan bajariladi. Arqon gimnastikachi uchun qulay uzunlikdagi, ko'ndalang kesim diametri 0.5-1.0 sm bo'lgan, uchlarida tugunlari bor yoki yo'q kanop (yoki boshqa) arqon bo'lib, rangi ixtiyoriy, lekin ko'rinadigan bo'lishi kerak. Gardish (obruch) aylana shakldagi, ichki diametri 80-90 sm, qalinligi kamida 300 gramm, yelimdan (plastmassadan) yasalgan buyum. Ilgari dyuralyuminiy va yog'ochdan yasalgan obruchlar ham ishlatilgan. Rangi ixtiyoriy rangda bo'ladi. To'p - rezina shar, diametri 18-20 sm., vazni kamida 400 gramm. Rangi ixtiyoriy rangda.3 Tasma (lenta) - uzunligi 50 - 60 sm., diametri lsm.li tayoqcha, harakatlantiruvchi qotirma - karabincha hamda 6 metr uzunlikdagi mato tasmasi +1 metr astar va eni 50-60 sm. og'irligi (tayoqchasiz) kamida 35 grammli konstruktsiya. Rangi ixtiyoriy rangda. Cho'qmor (bulavalar) bochkasimon ko'rinishga ega, bo'g'zi ingichkalashib boruvchi va boshchalari sharsimon ikkita buyum. Boshchasining diametri 3 sm. gacha cho'qmorning uzunligi 40-50 sm., har bir bulavaning og'irligi kamida 150 gramm. Rangi ixtiyoriy rangda. Badiiy gimnastika bilan shug'ullanuvchi o'rta va kichik yoshdagilar uchun nafakat buyumlardan foydalanishga ruxsat bcriladi, balki proportsional kichraytirilgan hajmdagi buyumlarni ishlatish ham tavsiya etiladi. Badiiy gimnastikada ishiatiladigan buyumlar turli xil manbalardan tanlab olingan. Arqon va to'p bilan bajariladigan mashqlar bolalarning o'yin-laridan ko'chirilgan. Ular 1930 yillarda tan olinib, 1965 yildan beri majburiy buyumlar sirasiga kiritilgan. Ayrim mutaxassislar 20-yillardayoq bolalar bilan ishlashda obruchli mashqlardan foydalangan. Xalqaro musobaqalarga 1967 yilda dastlab yog'och gardish (obruchlar) kirib kelgan, lekin keyinroq ularni yelim gardishlar siqib chiqargan. Tasma 1927 yilda Reynxold Glierning «Lolaqizg'aldoq» baleti tufayli aks buyumi sifatida ishlatila boshladi. Tasma bilan raqs tushish g'oyasi uning birinchi ijrojisi Asaf Messererga tegishli. U bunday raqsni bolaligida ko'chmanchi xitoy ko'zboy-lag'ichlari ijrosida ko'rgan edi. Tasma halqaro musobaqalar dasturiga 1971 yilda kiritilgan. Cho'qmor (bulavalar) bilan bajariladigan mashqlar dastawal 19-asrning o'rtalarida Chexiyaning Sokol gimnastikasida qo'l-lanilgan, keyinchalik XX-asr o'rtalarida sport gimnastikasida ishlatilgan. Xalqaro dasturga cho'qmorlar 1973 yilda kiritilgan Download 217 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling