Mundarija kirish I. Bob. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda tejamkorlikni tarbiyalashning nazariy asoslari
II.BOB.O’QUVCHILARNING TEJAMKORLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA IQTISODIY TARBIYANING TUTGAN O’RNI
Download 213 Kb.
|
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarni tarbiyalashda tejamkorlikdan foy
II.BOB.O’QUVCHILARNING TEJAMKORLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA IQTISODIY TARBIYANING TUTGAN O’RNI
2.1 Tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni singdirish. Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor unosabatlariga o‘tish, mamlakatimizda isloh etish va modernizatsiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida g‘oyat mashaqatli, sharafli taraqqiyot yo‘li bosib o‘tildi. Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko‘zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o‘z o‘rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog‘liqlikda amalga oshirib kelinmoqda. Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o'quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko'nikma, malakalarni shakllantirish o'ziga hos ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy -tarbiya o'quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakliantirish, oila ho'jaligini yuritish,- mavjud moddiy boyliklarn; asrash, ko'paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to'g'ri tashkil etish va hokazolarni tashkil etish Ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo'lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Iqtisodiy tarbiya ta'lim muassasalarida'yo'lga qo'yilayotgan iqtisodiy bi'lim bilan chambarchas holda olib boriladi iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta'lim muassasasi va jamoatchilik o'rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: o'quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila ho'jaligini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, kichik va o'rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank operatsiyalari; byujdetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish; o'quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan oqilbna munosabatni tarbiyalash; ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko'nikma va malakalarini shakliantirish; ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish; o'quvchilarda tadbirkorlik fa'oliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish; ular tomonidan tor doirada bo'lsada tadbirkorlik faoliyatining yo'lga qo'yilishiga erishish. Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish ilg'orlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish korhonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko'nikmalarini shakllantiruvchi ishchanlik o'yinlari, o'quvchilarning ishlab chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi ko'rik-tanlovlar, ularning iqtisodiy tafakkurini o'stiruvchi iqtisodiy yo'nalishdagi konferentsiya, seminar va munozaralarni tashkil qilish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta'minlaydi. O'quvchilar ongida iqtisodiy ta'limning asosiy tushunchalarini singdirishda mehnat tarbiyasidan foydalanish, o’quvchilarning mustaqil fikrlovchi komil insonni shakllantirish to’g’risida fikrlar asoslab berilgan. Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish eng avvalo oiladan boshlanadi va maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda davom ettirilishi, iqtisodiy tarbiyaning mazmuniga sharq mutafakkirlari katta e’tibor qaratib kelganliklari, oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish, bolalarda o’z ehtiyojlarini to'laroq qondirishga bo’lgan izlanishlarda mehnatga yo’nalganlikni tarbiyalash haqida batafsil yoritib berilgan. Ma’lumki, «iqtisod» so’zining ma’nosi keng bo’lib, chuqur mazmunga ega. Ko’p urindi bu so’z xalq ichida «tejamkorlik» so’zining sinomini sifatida qo’llaniladi. Tejamkorlik haqida so’z ketganda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikki tushunamiz. Download 213 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling