Mundarija kirish I bob. Milliy uyg‘onish davri adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1415086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JADIDCHILIK




MUNDARIJA 
 
KIRISH…………………………………………………………………………….. 
I BOB. MILLIY UYG‘ONISH DAVRI ADABIYOTINING O‘ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
1.1. Milliy uyg’onish harakatining vujudga kelishi………………………………… 
1.2. Jadid adabiyotida janrlar rang-barangligi, mavzular olami…………………… 
II BOB. XX ASR IKKINCHI CHORAGIDAGI OZODLIK HARAKATLARI 
VA DRAMMATURGIYANING RIVOJI 
2.1. Abdulla Avloniyning XX asr Turkiston madaniy hayoti va jadid 
dramaturgiyasiga qo’shgan hissasi…………………………………………………... 
2.2. Jadid matbuotchiligida dramaturgiyaning roli………………………………….. 
XULOSA……………………………………………………………………………. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama mukammal, barkamol 
inson sifatida kamol toptirish dolzarb masalaga aylandi.
Sh.Mirziyoev
1
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: ―Yoshlarimizning
mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib,
dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan
insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning 
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan edilar
2
. Shubhasiz, yosh
avlodning zamon talablariga munosib, mustaqil fikrqarashiga ega, yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyat sohibi va dunyoning har bir burjidagi 
tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bo‘lib kamol topishida 
adabiyot va san‘atning, bu soha vakillarining roli beqiyosdir. O‘qituvchi nafaqat
o‘quvchiga bilim beradi, balki uni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida kamol
topishga ham harakat qiladi. Bu borada adabiyot o‘qituvchisi zimmasiga yanada
kattaroq mas‘uliyatlar yuklanadi. Chunki adabiyot darsida o‘quvchi o‘zi uchun
kerakli bilimlarni olishi bilan birga mustaqil fikr yurita oladigan, dolzarb
muammolarga javob beradigan, hayotning har bir jabhasiga tanqidiy baho berib, 
mushohada qiladigan inson sifatida kamol topadi. Uzluksiz ta’lim tizimida
adabiyot darslarida o‘quvchi asosan badiiy matn bilan ishlaydi. Badiiy asarni
o‘qish, uqish, unga munosabat bildirish uchun esa ko‘pincha asarlarni o‘qib
kelish uyga vazifa sifatida beriladi. O‘quvchi darslarda egallagan nazariy
bilimlari asosida o‘qigan asariga muayyan darajada munosabat bildiradi, asarda
aks etgan voqelik va obrazlarni baholaydi. Bunda muayyan natijalarni qo‘lga
kiritishi bir jihatdan o‘qituvchining mahoratiga, o‘quvchi qalbida mutolaaga havas
uyg‘ota olishiga bog‘liq bo‘lsa, yana bir jihatdan, o‘quvchining mushohada yurita 
1
Mirziyoyev Sh.M. “ Milliy taraqqiyot yolimizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz” 1 jild-T: 
O‘zbekiston, 2017.-592b 
1.Мирзиѐев Ш. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз // Халқ сўзи 2016 йил 16 декабр 



olishiga ham bog‘liqdir. Badiiy asar tahlili, o‘quvchining mustaqil fikrga
o‘rgatish masalalariga bag‘ishlangan bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-
da, adabiyot darslarida o‘quvchilarning badiiy-estetik tafakkurini shakllantirishda
mustaqil ishlardan foydalanish masalasi maxsus tadqiq etilmagan. 
So'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
takomillashtirish, jamiyatimizda o'qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor 
ziyolilarga bo'lgan hurmat-e'tiborni yanada oshirish ustuvor masalaga aylandi. 
Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida jahon miqyosidagi raqobatga 
bardosh bera oladigan milliy taʼlim tizimini yaratish va uni kompleks rivojlantirish, 
malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. 
Bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va oʻzgarishlar natijadorligi 
maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqaladi. 
Davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim tizimiga umumxalq ishi, deb qaralishi 
belgilandi. Taʼlim sohasidagi muammolar, ularni hal etish, taʼlim sifatini oshirishga 
oid vazifalar belgilab olindi. 
Oʻtgan yil 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlab 
oʻtkazilgan tantanali marosimda Prezidentimiz tarixga nazar solib, IX-XII asrlarda 
yurtimiz hududida Birinchi, XV asrda Ikkinchi Renessans porlaganini taʼkidlab, 
“Koʻpchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan 
oʻylayman: mamlakatimizda Uchinchi Renessansni XX asrda maʼrifatparvar jadid 
bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. 
Ular “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas”, degan hadisi 
sharifni hayotiy eʼtiqod deb bildilar, milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, 
avvalo, maʼrifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur 
egallash orqali erishish mumkin, deya taʼkidladi. Darhaqiqat, XX asr boshlarida 
mustamlaka sharoitida, hukmron siyosiy mafkura doirasida qoloqlikdan 
qutulishning yagona yoʻli — madaniy yoʻnalish orqali taraqqiy etish mumkinligini 
tushungan milliy maʼrifatparvarlarimiz, eng avvalo, madaniy va maishiy hayotdagi 
qoloqlikni tugatish, milliy ongni isloh etishda anʼanaviy madaniyatni dunyo 
madaniyati tizimida qayta koʻrib chiqish zaruriyatini olib chiqdilar. 



Ularning aksariyati oʻz asarlarida Turkiston xalqi madaniyatini rivojlantirish, 
maʼrifatga chaqirish, Vatan taqdiri va uning istiqboli uchun qaygʻurish kabi 
muammolarni koʻtarib chiqqan edilar. Jadid bobolarimiz Turkiston aholisining 
ijtimoiy-siyosiy fikr doirasini kengaytirish, xalqning dunyoqarashida madaniy-
maʼrifiy oʻzgarishlar yasashning muhim omili sifatida maktab islohotini birinchi 
zaruriyat deb belgilab olgan edi. “Millatning taraqqiysi aning avval muntazam 
maktablaridan boshlanur. 
Agarda biz dinimizni, millatimizni yaxshi koʻrub, muhofaza qilmoqchi boʻlsak, 
avval saodat eshigi boʻlgan maktabimizni zamongʻa muvofiq isloh qilish kerak”, deb 
yozgan edi Hoji Muin Shukrullo. Haqiqatan ham, maktablar islohi masalasi jadid 
bobolarimizning keng va qamrovli munozaralariga sabab boʻldi. Turkiston 
maktablari qanday boʻlishi kerak, ular qaysi yoʻnalishda rivojlanishi zarur, degan 
masalalar millatparvarlarning diqqat markazida boʻldi. 
Millatning madaniy taraqqiyotini ziyolilar boshqa xalqlar taraqqiyoti bilan 
qiyoslashga harakat qilib, ularning yutuqlari sabablarini aniqlashga, namuna olishga 
daʼvat etganlar. “Ibtidoiy maktablarimizning tartibsizligi yoxud taraqqiyning yoʻli” 
maqolasi muallifi Niyoziy Rajabzoda oʻlkadagi boshlangʻich maktablarning zamon 
talabiga javob bera olmayotganini, Angliya, Germaniya mamlakatlari ilm-fan 
taraqqiysi natijasida “yer yuzining boyliklarini oʻzlariga qoratub olibdurlar, ilm-
maʼrifatdan mahrum boʻlgan millat esa sanʼat va hunar sohibi boʻlgan millatlarning 
oyogʻi ostida ezilurga majbur boʻladurlar”, deb qayd etgan edi. 
“Agarda har millatning istiqbolini bilmak xohlansa, ul millatni bolalarigʻa 
nazar va... alarning sihatlariga va husni tarbiya va taʼlimlarigʻa” katta eʼtibor 
zarurligi Abdusalom Azimiyning “Taʼlim va tarbiya” maqolasining bosh mavzusi 
boʻlgan. N.Yovishevning “Hozirgi madrasamizda oʻquv” maqolasida XX asr 
boshlaridagi Turkiston oliy oʻquv dargohlari va mudarrislari haqida tanqidiy soʻz 
borib, ular Ulugʻbek, Navoiy kabi allomalar davridagi madrasa va mudarrislar bilan 
qiyoslanadi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling