Mundarija kirish I bob. Milliy uyg‘onish davri adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana30.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1415086
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JADIDCHILIK

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jadid publitsistikasining rivojlanishi va 
xalqqa yetib borishida matbuotning o‘rni va ahamiyati katta bo‘ldi. Jadidlarning 
ozodlikni, Vatanni jondan ortiq sevuvchi, ilg‘or, tushungan, har tomonlama kamol 
topgan erkin Turkiston fuqarosini tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan 
publitsistik maqolalari matbuot nashrlari orqali xalqqa etkazildi va bu jarayon 
publitsistlarning qalami o‘tkirlashishi va davr muhitini yoritishlarida katta 
imkoniyat bo‘ldi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
20
Adabiyot nazariyasi. 1-tom – T: Fan, 1978. 


38 
XULOSA 
Adabiy-badiiy tafakkurimiz taraqqiyoti tarixida mohiyati va mazmuniga ko‘ra 
tamoman yangi bo‘lgan XIX asrning ohiri - XX asr boshi adabiyotining roli va o‘rni 
alohida. Bu davrning milliy uyg‘onish davri deb atalishi bejiz emas. Bu adabiyot 
yangi adabiyotdir, shakl va mazmuniga ko‘ra rang-barangdir, biroq uning etakchi 
yo‘nalishini milliy istiqlol g‘oyasining shakllanishi va badiiy ifodasi tashkil 
qildi.Yangi adabiyot deganda biz ko‘p asrlik adabiyotimizning asosan so‘nggi asrini 
ko‘zda tutamiz. Bu aslida sal ilgariroq, o‘tgan asrning so‘ngidan boshlandi. 
Bu adabiyotning ikkinchi bir nomi «jadid adabiyoti» edi. «Jadid» ham aslida 
«yangi» degani. «Jadid adabiyoti» tushunchasi fanda jadidchilik deb nom olgan 
ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy-islohotchilik harakatining tarkibiy bir qismi sifatida 
qaraldi. Bu harakat turmushning barcha sohalarini yangilash, eng muhimi va 
asosiysi, idora usulini yangilash shiori bilan chiqdi. Idorachi? Idora boshqalarning 
qo‘lida edi. Demak, uni o‘zgartirish uchun, avvalo, unga ega bo‘lish kerak. Bu, o‘z 
navbatida, mustaqillikka, milliy istiqlolga kelib taqalar edi. 
Milliy uyg‘onish adabiyoti g‘oyalar majmuidan iborat ekan-da, degan tasavvur 
qolmasligi kerak. Unda ko‘tarilgan g‘oyalar mutlaqo yangi va aksariyat mavjud 
tuzumga zid bo‘lgani uchun shakl va ifoda vositalarini ham shunga moslashga 
majbur bo‘ldi. She’riyatda barmoq vaznining o‘z o‘rnini topib borishi, sarbastning 
kirib kelishi, an’anaviy badiiy-tasviriy vositalardagi o‘zgarishlar, mumtoz 
adabiyotimizga suyangan holda jahon adabiyoti tajribalaridan foydalanish, 
jumladan, realistik prozaning shakllanishi, teatrchilikning yo‘lga qo‘yilishi, ijtimoiy 
publitsistikaning kundalik ehtiyojga aylanib borishi kabilar buning yorqin dalilidir. 
Nihoyat, bu davr Furqat, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi ijodi chinakam jahoniy 
miqyosga ega shahsiyatlarni etkazdi. U adabiyotimizning bugungi avlodi uchun ham 
ilhom manbai, mahorat maktabi bo‘lib turibdi 
O’tmishga nazar solib, uni o’rganib, o’z davrini tahlil qilgan jadidlar o’z 
Vatanining kelajagi loyihasini tuza bildilar, uning rivojlanish yo’llarini 
rejalashtirdilar. Ularning deyarli barchasi oliy diniy ta’lim olganlari, Jomiy, Navoiy, 
Fuzuliy she’riyati, qadimgi Sharq mutafakkirlarining falsafiy asarlari ruhid 


39 
tarbiyalanganlari, o’z bilimlarini chet el madaniyati, jumladan, ham Sharq, ham 
G’arb madaniyati yutuqlari bilan boyitdilar. 
Turkistonda bu harakatning ko’zga ko’ringan vakillaridan Mahmudxo’ja 
Behbudiy, Ubaydulla, Asadullaxo’jayev, Munavvarqori, Abdurashidxonov, Abdulla 
Avloniy, Toshpo’atbek Norbutayev, Xoji Muin, Abduqodir Shakuriy, Nosirxonto’ra 
Kamolxonto’rayev, Obidjon Mahmudov, Ashurali Zohiriy, Eshonxo’ja 
Xonxo’jayev, Is’honxon to’ra Ibrat; Buxoroda - Sadriddin Ayniy, Fayzullo 
Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Mussa Saidjonov, Abdulvohid Burxonov, Usmon 
Xo’jayev, Mirkomil Burxonov, Muhitdin Rafoat, Muhitdin Mansurov, Muxtor 
Saidjonov, Abduqodir Muhitdinov va b. lar; Xivada – Bobooxun Salimov, 
Polvonniyoz Xoji Yusupov, Avaz O’tar, Husayn matmurodov, Nazar Sholiqorov, 
Otajon Abdalov, Xudoybergan Devonov, Muhammad Rasul Mirzo, Matyoqub 
Pozachi, Otajon Sadayev, Bekjon Raximov, Muhammad Devonzoda va b. lar 
nomlarini alohida tilga olish zarur. Bular nafaqat halq ommasining ma’rifatli 
qilishga balki, mustaqillik g’oyalarini shakllantirishda ham katta hissa qo’shdilar. 
Jadidchilik asta-sekin rivojlanib borgan. Ma’rifatparvarlik g’oyasidan 
boshlangan bu harakat, keng quloch yozib borgan. Ma’rifatparvarlik bilan 
birgalikda, jadidlar eski ijtimoiy va siyosiy tizim taraqqiyotning ilg’or shakliga 
o’zgartirishga intilganlar. Lekin bu harakatning ikkinchi bosqichi edi, biz bu haqda 
keyinroq fikr yuritamiz. Ma’rifatparvarlik bosqichida, jadidlar o’zlarining asosiy 
vazifasi sifatida yangi tizimdagi ta’limni yaratishni ko’rdilar va bor kuchlarini shu 
islohotni amalga oshirishga sarfladilar. Ma’orif sohasidagi olib borilgan o’zgarishlar 
to’g’risida keyinroq batafsil so’z yuritamiz. 
Turkiston jadidlarini birlashtirishda «Jadidlarning rahbari» deb tan olingan 
Mahmudxo’ja Behbudiyning xizmati beqiyos bo’ldi. Jadidlar tarkibini yosh jihatdan 
tahlil qilish natijasida, jadidlarning Turkistonning bo’lg’usi davlat qurilishi 
dasturlarida, haqiqatan ham, yoshlar dunyoqarashi o’z aksini topganligiga ishonch 
hosil qilamiz. 1910 yilda jadidlar safini asosan 19 yoshdan 36 yoshda bo’gan bo’lsa, 
keyinchalik yoshlarning sevimli shoiriga aylangan Cho’lpon, endigina 13 yoshda 


40 
edi. Ularning hyech birlari, siyosiy ta’kiblar tufayli keksalik yoshigacha yetib 
yashamaganlar. 
Jadidchilik Markaziy Osiyoda va Yevropadagi ilg’or islohatlar oqimi ta’siri 
ostida, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga keldi va ijtimoiy taraqqiyotda 
burilish bosqichini belgilab berdi. Milliy ziyolilar, ilg’or tarakkiyparvar kuchlar 
mustamlaka Turkiston, Rossiyaga yarim qarash bo’lgan Buxoro va Xiva 
xonliklaridagi inqirozli ahvol, bu o’lkalarning umumjahon tarqqiyotdan tobora ortda 
qolayotgani, mahalliy aholining erk uchun intilishlarining bostirilish sabablarini, 
nafaqat iqtisodiy sohada, balki diniy, ma’naviy sohada ham yuzaga kelgan 
turg’unlikni chuqur anglab yetdilar va bu ular ongida jamiyatni isloh etish 
g’oyalarini uyg’otdiki, busiz taraqqiyotni tasavvur etib ham bo’lmasdi. 
Vatanimizdagi bu islohatchilik harakati murakkab, tarixiy jihatdan serqira 
yo’lni bosib o’tdi. Jadidchilik turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohatlar uchun olib 
borilgan harakatlarning falsafiy tajribasini tanlab olib, bu tajribani milliy asosda 
qayta ishlashga intildi, ayni paytda, ijtimoiy taraqqiyot haqidagi turli qarashlarning 
to’qnashuv maydoni ham bo’ldi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh 
g’oyasi, ana shu murakkab yo’lda shakllanib yetildiki, bu g’oyani biz bugungi kunda 
amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning g’oyaviy nishonasi, keng miqyosdagi 
islohatlarning nasliy asosi sifatida baholashimiz mumkin. 
Markaziy Osiyoda jadidchilik serqirra bo’lib, uning Turkiston, Buxoro, Xiva 
jadidchiligiga bo’lish lozim. Xususan Buxoro va Xiva jadidchilik o’ziga xos 
rivojlanib bu shu hudud aholisining (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hg’olati bilan 
bog’liq edi). Jadidchilikning asosiy yo’nalishi bo’lib oqimlaridan biri – Buxoro 
jadidchiligi bo’lgan. Buxoro jadidchiligi o’z xususiyatlari va jamiyatning ahloqiy 
ahvoli bilan bog’liq edi. O’ziga xos tarzda ajralib turadigan va murakkab shaxs 
bo’lgan Fayzulla Xo’jayev, uning maslakdoshlari Buxoro jadidchiligida markaziy 
o’rin tutdilar. 


41 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling