Mundarija kirish I bob. Milliy uyg‘onish davri adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
JADIDCHILIK
2.2. Jadid matbuotchiligida dramaturgiyaning roli Publitsistikaning eng muhim vazifasi zamonning dolzarb muammolarini kun tartibiga qo‘yish, jamoatchilik fikrini uyg‘otish, qo‘zg‘atish, shakllantirish, bu orqali omma ongiga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. Bu borada matbuot eng qulay vosita va muhim quroldir. Ayni shu jihatlarni e’tiborga oladigan bo‘lsak, jadidlar publitsistikasi ham shu jarayonda tashkil topdi, deb ayta olamiz. Turkiston Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilganidan so‘ng uning koloniyaga aylantirilishi, Buxoro amirligi va Xiva xonligining vassal darajasiga tushishi oqibatida mahalliy xalqning moddiy va ma’naviy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatilgan chog‘da aholini ma’rifatli qilish, jaholat “botqog‘i”dan olib chiqish, uning milliy ongini oshirib, unga o‘zligini, o‘z ahvolini anglatish lozim edi. 16 Bu tarixiy vazifa “jadidlar” deb atalgan siyosiy oqim vakillari zimmasiga tushdi. Jadidlar ijtimoiy kelib chiqishlariga ko‘ra, turli toifalarga mansub bo‘lib, ularni yagona g‘oya – milliy istiqlol g‘oyasi birlashtirgan edi. Bu yo‘lda maorif singari matbuotning ham xizmati katta bo‘lishi tabiiyligini ular yaxshi tushunishgan. Mana shu ijtimoiy ehtiyoj, talab Turkistonda milliy matbuot yuzaga kelishining ijtimoiy omili bo‘ldi. Aytish mumkinki, jadidlar she’riyatda ham, dramaturgiyada ham, nasrda ham, publitsistikada ham birday muvaffaqiyat bilan qalam tebratgan. Publitsistikaning ilk namunalari o‘zbek matbuotida 1900-yildan keyingina paydo bo‘lgan edi. Lekin bu sohadagi tajribalarning g‘oyat kambag‘alligiga qaramay, jadid publitsistikasi 20- yillarning boshida o‘z rivojining eng yuksak cho‘qqilariga ko‘tarildi. Bu davriy publitsistikaning o‘sishi, birinchi navbatda, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon nomlari bilan bog‘liq. Ular vaqtli matbuotda o‘nlab maqolalar e’lon qildilar va 16 B.Axmedov. Tong qorong‘usida// O‘zbekiston adabiyoti va san`ati.-1988.-25noyabr 30 ularda benihoya o‘tkir ehtiros bilan, so‘nmas bir jo‘shqinlik bilan millat hayotining eng muhim masalalarini ko‘tarib chiqdilar. Jadidlar istilochilar va ularning mahalliy malaylari tomonidan toptalgan Turkiston o‘lkasini obod va taraqqiy etgan yurtga aylantirish, xalqni jaholat, ilmsizlik va xurofot botqog‘idan qutqarib, ilm-ma’rifatli etish orzusida keng faoliyat olib bordilar. Zero, ular bunday ezgu niyatlarga erishishda matbuot qudratli ta’sir vositalaridan biri ekanligini yaxshi anglashgan. XX asrning ufqida Turkistonda o‘zbek milliy vaqtli matbuoti tug‘ildi va tez sur’atlar bilan rivojlana bordi.Turkiston jadidlarining yetakchi namoyandalari: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniylar demokratik yo‘nalishdagi o‘zbek matbuotini shakllantirishga katta hissa qo‘shdilar. Jadidlar milliy nashrlar faoliyatini tashkil etish va yo‘lga qo‘yishda mahalliy rus matbuoti hamda Rossiyaning turli hududlarida tatar tilida nashr qilingan gazetalarning, xususan, Ismoil Gaspirali muharrirligida chiqqan “Tarjimon” gazetasining ish tajribasiga tayandilar. Matbuot jadidchilik g‘oyalarining tarqalishi va milliy uyg‘onish harakatining vujudga kelishida g‘oyat katta ahamiyatga molik bo‘ldi. 1905-yildan keyin chiqa boshlagan jadid gazetalarining qaldirg‘ochi “Taraqqiy” edi. Bu gazeta 1905-yildan e’tiboran chiqa boshlagan, ammo mushtariysizligi orqasidan to‘xtagan Ivan Geyerning gazetasi o‘rniga haftada ikki marta chop etilgan. Ulamolarning xalq o‘rtasidagi obro‘-e’tiborini tushirishga harakat qilgan, din, millat, vatan nomidan aytilgan fikrlari bilan yoshlarni milliy madaniyat uchun kurashga chaqirgan bu gazeta tez fursatda shuhrat topdi va shu sababdan tez orada yopildi. 1912-yildan boshlab jadidchilik harakati butun o‘lka bo‘ylab qanot yozadi. Xalqni ma’rifatli va madaniyatli qilish orqali, milliy ozodlikka olib chiqish masalasi esa Samarqand, Buxoro, Qo‘qon kabi shaharlarni ham o‘zining ta’sir doirasiga tortadi. 1913-yildan boshlab bu shaharlarda “Samarqand”, “Turon”, “Buxoroi sharif”, “Sadoi Farg‘ona”, Toshkentda esa “Sadoi Turkiston” gazetalari chiqa boshlaydi. Behbudiy asos solgan “Samarqand” gazetasi, masalan, mahalliy savdogarlarni tijorat ilmini bilmaslikda, rus-tuzem maktablarida o‘qigan 31 musulmonlarni esa millat qayg‘usidan uzoqlikda ayblab, mushtariylarni boyish ilmini egallashga chaqiradi. U, umuman, xalqning chor amaldorlari “poshnasi tagida” qolganligining sabablarini ilmsizlikdan, iste’dodsizlikdan ko‘rib, yozadi: “Biz Rusiya tabaasi va grajdanimiz; ruslar ila baravar huquq, madaniyat va mulkiyaga molikmiz. Ammo beiste’dodligimizga taassuf qilurmiz. Bank va savodxonalar, sud mahkamalari, notarius, temir yo‘l, xullas, zamonning paydo qilgan har bir yangi nimarsalariga muhtoj bo‘lsak, avvalgi qadamda ruscha bilmoq lozim kelur...” Turkiston jadidlari Rusiya va Qrim tatarlari bilan yaqin aloqa o‘rnatib, o‘zlarining ma’rifiy dasturlarini matbuot orqali amalga oshirishga katta kuch sarfladilar. 17 Ularning sa’y-harakatlari bilan shu yillari publitsistika ayniqsa o‘sdi. Birgina Behbudiyning o‘zi turli mavzulardagi 300 dan ziyod maqolasi e’lon qildi. Mirmuhsin Shermuhamedov esa 1914-yilning o‘zidayoq matbuotda yuzga yaqin maqola bilan chiqdi. Agar bu ro‘yxatga Munavvarqori, Avloniy, Hamza, Cho‘lpon va boshqa jadid jurnalistlarining nomlarini ham kiritsak, 10-yillarda o‘zbek publitsistikasi shakllanibgina qolmay, balki jamiyatning ijtimoiy hayotiga katta ta’sir o‘tkazgani ham ravshanlashadi. 1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug‘ullanadi. Apreldan «Samarqand» gazetasini chiqaradi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haf-tada ikki marta, dastlab ikki, so‘ng to‘rt sahifada chop etilgan. 45 ta sonidan keyin moddiy tanqislik tufayli chiqishi to‘xtagan. O‘sha yilning 20 avgustidan u «Oyna» jurnalini chiqara boshlaydi. Bu suratli haftalik majalla asosan o‘zbek tilida bo‘lib, unda ixcham forsiy she’rlar, maqolalar, ruscha e’lonlar ham berib borilardi... «Boshda haftada bir marta va ikkinchi yildan e’tiboran 15 kunda bir qatla chiqib, yigirma oy chamasi davom qildi... Kafkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi... Jadidlarning sevikli jurnallari edi. Shuning uchun ular tomonidan hurmatlandi, sevilib o‘qildi», deb yozgan edi Ziyo Said. Jurnal redakdiyasi muharrirning Yangi shahardagi uyida (Reshetnikov, 3; hozir Mirsaid 17 Bahodir Karim. Abdulla Qodiriy – T: Fan, 2006. 32 Baraka, 1) joylashgan. Behbudiy shu yillari nashr ishlari bilan qizg‘in shug‘ullandi. «Nashriyoti Behbudiya» nomi bilan o‘z xususiy nashriyotini ochdi. Fitratning «Bayonoti sayyohi hindi» asarini 1913 yilda ruschaga tarjima qildirib, nashr etdi. Turkiston haritasini tuzib bosmadan chiqardi. Kutubxonani yo‘lga qo‘ydi. O‘sha davr vaqtli matbuotida «Behbudiya kutubxonasi» haqidagi xabarlarga tez-tez duch kelasiz. Turkiston zabt etilgach, ruslar mahalliy xalqqa «sartlar» deb nom berdilar. N.Ostroumovning bir kitobi xuddi shunday nomlanganligi hammaga ma’lum. Bu so‘z, aslida turli vaqtda turli etnik qatlamga, goho sotsial qatlamga nisbatan aytilgan. 10-yillarda bu so‘z atrofida yana bahs ketdi. Chunonchi, Buxoro amirining ruschaga tarjimoni Bahrombek 1911 yilda «Sho‘ro» jurnaliga «Biz, Turkiston va Buxoro xalqining turkligi ma’lum bo‘lib turub... na uchun sart ataydurlar?» degan savol bilan mu-rojaat qiladi. Jurnalning 19-sonida Behbudiyning «Sart so‘zi majhuldur» degan javobi bosiladi. 24-sonida esa samarqandlik Baqoxo‘ja «Sart so‘zi aslsizdur» degan maqola bilan chiqadi. 1904 yilda Avloniy Mirobodda usuli jadid maktabi ochadi. 1907 yilda o‘z hovlisida «Shuhrat» gazetasini chiqara boshlaydi. Gazetaning yo‘li ayon bo‘lishi bilan do‘stidan dushmani ko‘paydi. Natijada 10-soni chiqib bekildi. So‘nggi 14 fevral 10-sonida «Dano‘si namima» (chaqmachaqarlik) sarlavhasi bilan idoraning bir xabari bosilgan. Unda shunday gaplar bor: «Eshitilmish xabarlarga qarag‘onda o‘z musulmonlarimizdan ba’zi «dano‘schi» nammomlar paydo bo‘lib, gazetamizdan «nachal-stvo»g‘a «dano‘s» qilmak fikrida yelka qilg‘on emishlar... Gazetamizning maslaki milliy, betaraf siyosiy o‘lub, «umerenno- progressivnaya politicheskaya» gazetadur. Yozgon maqolalarimiz ham ushbu maslakimiz o‘lgon e’tidol va haqqoniyat doirasida o‘lub, nozir va denzurlar tarafidan hakdik uzra tarjima qilinub, tegishli mahkamalarda ko‘rilub turilibdur. Shul sababli «nachalstvo»ning sizni(ng) «dano‘s»larga hech bir ehtiyoji yo‘qdur». Gazetaning yopilishiga qaraganda, bu «dano‘s»larga «ehtiyoj» bo‘lgan ko‘rinadi. Va, ehtimolki, ular gazetaning takdirini hal qilganlar. Avloniy gazetaning 33 yopilishini o‘z tarjimai holida «yashirin tashkilotlar» bilan aloqaga, «Rafiq Sobirov» deganning xiyonatiga bog‘laydi. Xullas, gazeta yopildi. Redakdiya asbob-ashyolari, qogozlar va materiallar hammasi musodara qilindi. Lekin Avloniy bo‘sh kelmadi. A.Bektemirov nomiga ruxsat olib «Osiyo»ni chiqara boshladi. Shoir ta’kidlaganidek, buning idorasi ham uning uyida (Sapyornaya, 26) joylashgan edi. Bu gazetalar o‘zbek milliy matbuotining dastlabki namunalari bo‘lishi bilan ham muhim edi. 1914-15 yillarda advokat Ubaydulla Xo‘jaev bilan «Sadoyi Turkiston» gazetasida hamkorlik qiladi. Gazetadagi she’r va maqolalarning aksariyati Avloniy qalamiga mansub. 18 Bu Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti hol uning tahririyatdagi mavqe’-e’tiborining ancha baland bo‘lganligini ko‘rsatadi. Lekin gazeta uzoq davom etmadi. 66 soni chiqib, moddiy ahvolning tangligidan yotib qoldi. «Oyna» jurnali faoliyatini Abdulla Avloniy ham ancha yuqori baholagan edi: «Bu jurnal «Oyna» chiqquncha chiqqan jurnallarning eng birinchi va eng yaxshisi edi. ¤zi ham inqilobqacha surgalib-surgalib davom etib keldi». Xalq erki, huquqi, mustaqilligi o‘z-o‘zidan emas, kurashda qo‘lga kiritilishi mumkinligini Behbudiy singari A.Qodiriy ham yaxshi bilar edi. “Biz jonsizlik ko‘rsatganda”, – degan edi u 1917-yilning yozida yozilgan maqolasida, – muxtoriyat agarchi yuz sana so‘ngra bo‘lsun, bizga berilmaydur. Azbaski, “Haq olinur, berilmas”. Bu fikrlardan jadidlarning qarashlari nechog‘lik jur’atli bo‘lganini sezish qiyin emas. 1913-yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug‘ullanadi. Apreldan «Samarqand» gazetasini chiqaradi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so‘ng to‘rt sahifada chop etilgan. 45 ta sonidan keyin moddiy tanqislik tufayli chiqishi to‘xtagan. O‘sha yilning 20-avgustidan u «Oyna» jurnalini chiqara boshlaydi. Bu suratli haftalik majalla asosan o‘zbek tilida bo‘lib, unda ixcham forsiy sherlar, maqolalar, ruscha e’lonlar ham berilib borilardi... «Boshda 18 Adabiy turlar va janrlar – T: Fan, 1991. 34 haftada bir marta va ikkinchi yildan e’tiboran 15 kunda bir qatla chiqib, yigirma oy chamasi davom qildi... Kafkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi... Jadidlarning sevikli jurnallari edi. Shuning uchun ular tomonidan hurmatlandi, sevilib o‘qildi», deb yozgan edi Ziyo Sayd. Jurnal redaksiyasi muharrirning Yangi shahardagi uyida (Reshetnikov, 3; hozir Mirsaid Baraka, 1) joylashgan.Behbudiy shu yillari nashr ishlari bilan qizg‘in shug‘ullandi. «Nashriyoti Behbudiya» nomi bilan o‘z xususiy nashriyotini ochdi. Fitratning «Bayonoti sayoxi hindi» asarini 1913- yilda ruschaga tarjima qildirib, nashr etdi [2]. Turkiston xaritasini tuzib bosmadan chiqardi. Kutubxonani yo‘lga qo‘ydi. O‘sha davr vaqtli matbuotda «Behbudiya kutubxonasi» haqidagi xabarlarga tez-tez duch kelasiz. Xullas, jadidchilik davri matbuoti yuqorida qayd etilganidek, o‘z davrida juda katta mohiyatga ega bo‘lib, jurnalistika sohasiga qo‘yilgan ilk qadamning guvohi bo‘ldik. Jadidlar harakati davomida ularning o‘z matbuoti shakllandi. Jadidlar Toshkentda 1905–06-yillarda «Taraqqiy» (muharriri Ismoil Obidiy), «Xurshid» (muharriri – Munavvarqori), 1907–08-yillarda «Shuhrat» (muharriri – A.Avloniy), «Osiyo» (muharriri – Ahmadjon Bektemirov), «Tujjor» (muharriri – Saidkarimboy Saidazimboy o‘g‘li), Buxoroda 1912-yilda «Buxoroyi sharif» (muharriri – Mirzo Jalol Yusufzoda), «Turon» (muharriri – G‘iyos maxsum Husayniy), Samarqandda 1913-yilda «Samarqand» (muharriri – M. Behbudiy), Toshkentda «Sadoyi Turkiston» (muharriri – Ubaydulla Xo‘jaev), Qo‘qonda «Sadoyi Farg‘ona» (muharriri – Obidjon Mahmudov) gazetalari va Samarqandda 1913– 15-yillarda «Oyina» (muharriri – M. Behbudiy), Toshkentda 1915-yil «Al-isloh» (muharriri – Abdurahmon Sodiq o‘g‘li) jurnalarini nashr qilishdi. Shuningdek, 1917–18-yillarda Toshkentda «Najot» (muharriri – Munavvarqori), «Kengash» (muharrirlari – Ahmad Zakiy Validiy va Munavvarqori), «Turon» (muharrirlari – M. Afandizoda, A. Avloniy), «Ulug‘ Turkiston» (muharriri – Kabir Bakirov), «Sho‘roi Islom» (muharriri – Abdulla Battol), «Turk so‘zi» (muharriri – Temirbek Xudoyorxonov), «Turk eli» (tahririyati), Samarqandda «Hurriyat» (muharrirlari – Mardonqul 35 Shohmuhammadzoda, Akobir Shomansurov, Fitrat), Qo‘qonda «Tirik so‘z» (muharriri – Obidjon Mahmudov), «El bayrog‘i» (muharriri – Bo‘lat Soliev) gazetalari va «Kengash» (muharriri – Hamza), «Yurt» (muharriri – Ashurali Zohiriy) jurnallari chop qilindi. Matbuot millat dilidagi gaplarni o‘z sahifalariga ko‘chirish bilan kifoyalanmay, qanday ishlarni birinchi navbatda amalga oshirish masalasini o‘rtaga qo‘ydi. 1909-yilda Toshkent yosh ziyolilari tomonidan «Jamiyati xayriya» tashkil etildi. 19 Mahalliy yoshlardan davlat mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash, kambag‘al musulmonlarga madaniy- ma’naviy yordam ko‘rsatish masalasi qo‘yildi. Bu millatning boshqa xalqlar ichiga singib ketmasligi yo‘lida ko‘rilgan tadbirlar edi. Jadid matbuoti o‘z vakillarining fikrlarini e’lon qilar ekan, xalqni «har vaqt g‘aflat uyqusidan uyg‘otuvchi» «millat ongining ochqichi» ekanligini namoyon etish bilan birga, Turkiston xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda «Erk», «Turon», «O‘qituvchilar jamiyati» kabi uyushmalar paydo bo‘ldi. Munavvarqori aytganidek, «Ularning butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy cheklash va jabrlashdan ozod qilish, ularning haq-huquqlarini ovrupoliklar bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab va matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyatlar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi». Shu tarzda, jadidlar publisistikasida matbuot 1906–16-yillarda o‘zining asosiy yo‘lini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, o‘zligini anglab, uyushishga chaqirdi. O‘lka moddiy va ma’naviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. Cho‘lpon she’r va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur advokat U.Xo‘jaev oliy o‘quv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish masalasini bayon qildi. Lev Tolstoy bilan fikrlashish chog‘ida mashhur yozuvchini yon berishga majbur etgan U. Xo‘jaev chor hukumati ma’murlarining poraxo‘rligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan 19 Adabiyot nazariyasi. 2-tom – T: Fan, 1979. 36 chetlatishga erishdi. Musulmon aholisiga amaliy tarzda yordam berib, mavjud hokimiyat qonun-qoidalarini tushuntira bordi. 1913 yilda o‘zbekcha «Sadoyi Turkiston», «Samarqand», «Oyna» gazetalari chiqa boshlag‘ach, menda shularga gap yozib yuborish fikri uyg‘ondi». Darhaqiqat, uning «Yangi masjid va maktab» nomli ilk maqolasi «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914 yil 1 aprel sonida «Abdulla Qodiriy» imzosi bilan e’lon qilindi. A. Qodiriy ijodkor sifatida o‘z adabiy faoliyatini she’riyatdan boshladi, uning «Millatimga», «Ahvolimiz» kabi she’rlari shu davr mahsulidir. Qodiriy she’rlarida Millat va Va-tanga xizmat qilish, uni g‘aflat, jaholat uyqusidan uyg‘otishga da’vat yaqqol ko‘zga tashlanadi. Aytish kerakki, publitsistika umuman o‘zbek adabiyoti uchun batamom yangi janr bo‘lib, uning ilk namunalari o‘zbek matbuotida 1900 yildan keyingina paydo bo‘lgan edi. Lekin bu sohadagi tajribalarning g‘oyat kambag‘alligiga qaramay, yangi o‘zbek publitsistikasi 20-yillarning boshida o‘z rivojining eng yuksak cho‘qqilariga ko‘tarildi. Bu davriy publitsistikaning o‘sishi, birinchi navbatda, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon nomlari bilan bog‘liq. Ular vaqtli matbuotda o‘nlab maqolalar e’lon qildilar va ularda benihoya o‘tkir ehtiros bilan, so‘nmas bir jo‘shqinlik bilan millat hayotining eng muhim masalalarini ko‘tarib chiqdilar. Bu masala, albatta, birinchi navbatda milliy ozodlik masalasi edi. Fitrat ko‘p maqolalarida xalqning milliy ongini uyg‘otishni istaydi, unga o‘zligini tanitmoqni orzu qiladi. Shu niyatda u bevosita millatga murojaat qiladi, uning o‘tmishi buyukligi haqida gapiradi va bu milliy qadriyatlardan iftixor qilish lozimligini uqtiradi. Bularning bari 18–19 yillarda yozilganini, ya’ni hali Ko‘qon jarohatlari eskimay turib, uning fojialari xira tortmay turib yozilganini hisobga olsak ularning qimmati yanada ortadi. Jadid publitsistikasining rivojini yana shu fakt bilan tasdiqlash mumkinki, inqilobdan avval unda ko‘tarilgan masalalar faqat millatning ichki hayoti bilangina chegaralanib qolgandi, endi esa tematika kengayadi, mazmun chuqurlashadi, mualliflar dadillik bilan ijtimoiy hayot hodisalariga murojaat qila boshlaydilar. Bu jihatdan yana A.Qodiriy faoliyati diqqatga sazovor – u bu yillarda «Vakillarimiz» 37 («Mushtum», 1925 yil, 10-son), «Lahmi qadid” («Mushtum», 1924 yil, 6-son), «Hoy, yer yutkur» («Mushtum, 1924 yil,№ 24), «Qavoidul umaro» («Qizil O‘zbekiston», 1927 yil, 10 fevral), «Jasorat ayb emas» («Qizil bayroq»,1922 yil, 1 iyul) kabi maqolalarini e’lon qildiki, ularda ijitimoiy hayotdagi tartibsizliklar, nodon, johil odamlarning o‘z ishiga munosabati keskin fosh qilingan. Masalan, «Jasorat ayb emas» maqolasida yozadi: “Biz jasorat so‘rar edik. Leikn...jasoratimizning qolgan-qutganini ham olmoq muddaosida edilar. Biz so‘z erkinligi so‘rar edik. 20 Lekin tilimizni tag-tugi dan kesmoqchi edilar. Jasorat bitgan edi, til kesilgan edi. Yuragimizdagi bir oz umidni istisno qilganda, boshqa narsalar yulinib-yulqingan edi”. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling