Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati


III. Markazning huquq va majburiyatlari


Download 247.23 Kb.
bet9/16
Sana01.11.2023
Hajmi247.23 Kb.
#1737720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
islomjonov Muzaffar (1)

III. Markazning huquq va majburiyatlari
15. Markaz kuyidagi huquqlarga ega:
Markazning toʼliq faoliyat koʼrsatishini taʼminlash uchun sugʼurta faoliyati oid va xoʼjalik masalalarini hal qilish yuzasidan Filialga murojaatlar yoʼllash, taklif kiritish;
Jamiyat nomidan berilgan ishonchnoma asosida oʼrnatilgan tartibda bitim va shartnomalar tuzish, ularning bajarilishini taʼminlash;
Jamiyat mijozlaridan amaldagi qonunchilikka va tuzilgan shartnomalarga Muvofiq xisobotlar va maʼlumotlar, shuningdek, mijozlardan ularning toʼlovga qobiliyatliligini, beriladigan kreditlarning
ishlatilishini
tasdiqlovchi hisobotlar, balanslar va boshqa zarur boʼlgan xujjatlarni olish;
sugʼurta shartnomasi doirasida sugʼurta obʼektlarini holatini nazorat qilib
borish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʼyicha hujjatlar chiqarish;
Markazga Filial tomonidan biriktirib berilgan mol-mulk oʼrnatilgan tartibda tasarruf etish;
sugʼurta shartnomalaridagi tarif stavkalarini Jamiyat Boshqaruvi tomonidan belgilangan chegaralar doirasida oʼrnatish.

4.Lex.uz
2.2 “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati “Chilonzor” tumani sug’urta markazi paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash bo’limi faoliyati va vazifalari


Ishlab-chiqarish texnologik amaliyotni men “O’zagrosug’urta” AJ Toshkent shahri “Chilonzor” tumani sug’urta markazida o’tadim.Amaliyot rahbarim sug’urta markazi paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash bo’limi menejeri Saidahmadov Doniyor bo’ldi.Markaz ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga sug’urta xizmatlarini ko’rsatadi. Markaz ishchilari tarkibi 3 kishidan iborat. Markaz faoliyati nizomida ham ishchilar soni 4 kishidan oshmasligi ko’rsatilgan.


Amaliyot davomida turli xil poliz ekinlari sug’urta klasslari ularning shartlari, sug’urta polislarini, ekinlarni monitoringdan o’tkazish tartiblarini va nizomini o’rganib bordim.Unga ko’ra:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi 149-son hamda “Boshoqli don yetishtirishni yanada rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi 959-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlarini turli tabiiy ofatlar natijasida ko‘riladigan zararlardan sug‘urtalash orqali himoyalash tizimini amaliyotga keng joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlarning 4 foizi miqdorida sug‘urta xarajatlariga ajratish bo‘yicha har yili:
boshoqli don ekinlari hosili uchun — 1-fevralgacha;
paxta hosili uchun — 1-iyungacha bo‘lgan muddatlarda sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosili sug‘urtasining zararlilik darajasidan kelib chiqqan holda, mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan sug‘urta xarajatlari miqdoriga o‘zgartirish kiritib borish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash bo‘yicha rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomalariga asosan to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovonlari, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi xo‘jalik subyektlaridan tushgan jami sug‘urta mukofotlarining 80 foizgacha bo‘lgan qismi “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan qoplanadi;
sug‘urta tovonlarining qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “O‘zagrosug‘urta” AJga ajratiladigan budjet subsidiyasi orqali qoplanadi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirishni moliyalashtirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar hajmini tasdiqlashda kreditlashning dastlabki ikki oyida sug‘urta qilish xarajatlari uchun yetarli miqdorda mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Download 247.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling