Mundarija: Kirish. I bob. “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati
Download 247.23 Kb.
|
islomjonov Muzaffar (1)
sug‘urta summasi — sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchining kelishuviga muvofiq belgilanadigan pul mablag‘lari miqdori bo‘lib, sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini undan oshmagan miqdorda to‘lash majburiyatini oladi;
sug‘urta tavakkalchiliklari — bo‘ron, do‘l, kuchli yomg‘ir (jala), qurg‘oqchilik va garmsel, tuproqning o‘ta namligi, kuchli qor yog‘ishi, qorasovuq, suv sathining past bo‘lishi, suv sathining baland bo‘lishi (suv toshqini), yashin urishi, yong‘in, zararkunandalar, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari kasalliklari; sug‘urta tovoni — sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasida kelishilgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchi ko‘rgan zararlarini sug‘urta summasidan oshmagan miqdorda to‘laydigan pul mablag‘lari miqdori; sug‘urta shartnomasi — yozma kelishuv bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urtalovchi kelishuvda shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga kelishuvda nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini oladi; sug‘urta qiymati — sug‘urta qildiruvchining butun paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari maydonidan oladigan hosil qiymati; sug‘urta qildiruvchi — sug‘urtalovchi bilan tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq ushbu shartnomada kelishilgan sug‘urta mukofotini (sug‘urta to‘lovini) to‘lovchi va sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik subyekti; sug‘urta hodisasi — sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan va u sodir bo‘lishi bilan sug‘urtalovchining sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyati kelib chiqadigan yuz bergan voqea; ekin — paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari. 4. Sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta tavakkalchiliklari oqibatida ekin hosildorligining kamayishi yoki nobud bo‘lishi natijasida sug‘urta qildiruvchining zarar ko‘rishi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari sug‘urta obyekti hisoblanadi. Download 247.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling